Money and banks


Xalqaro taraqqiyot assotsiyatsiyasi (XTA)



Yüklə 163,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix07.01.2024
ölçüsü163,26 Kb.
#201773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
(Money and Banks) week 10 -International Financial Institutions

Xalqaro taraqqiyot assotsiyatsiyasi (XTA)
yoki xalqaro rivojlanish uyushmasi 
(XRU) 1960 yilda rivojlanayotgan davlatlarga imtiyozli kreditlar (0,75 % yillik foiz 
stavkasida) berish maqsadida tashkil etilgan. Uning kreditlari asosan yalpi ichki maxsulot 
aholi jon boshiga eng kam to
’g‘ri kelayotgan mamlakatlarga to’g‘ri keladi. 1993 yilda 
shunday mamlakatlar miqdori 60 ta bo
’lgan. XTTB a‘zolari uchun XTA a‘zoligi ochik. XTA 
resurslari XTTB sof daromadidan muntazam ajratmalar hisobidan to
’ldirib turiladi. XTA 
fakat xukumatlarga qarz beradi. Qarzni o
’zish muddati 30 yildan 40 yilgacha. Bunday 
qarzlar bo
’yicha foizlar olinmaydi, lekin kreditga xizmat qilish qarzning joylashtirilgan 
qismining 0,5 foizi miqdo
rida har yili yig‘im olinadi. XTA xuquqiy va moliyaviy mustaqil 
tashkilot bo
’lsada u XTTB bilan xodimlarning umumiy shtatiga ega. XTA amalga 
oshirayotgan loyihalar XTTB qullab-quvvatlayotgan loyihalar mezonlariga javob berishi 
kerak. Aholi jon boshiga to
’g'ri keladigan yillik daromad 875 AQSh dollaridan kam bo’lgan 
mamlakatlar XTAning kreditiga da'vogarlik qilishi mumkin. Dunyo bo
’yicha bunday 
mamlakatlar soni tahminan 81 tani (2008 yil) tashkil etib, ushbu mamlakatlarda 2,5 
mlrddan ortiq aholi yashaydi. HRAning kreditlari asosan ta'lim, sog'liqni saqlash va 
qishloq ho
’jaligini rivojlantirishga yo’naltirladi. Unga XTTBga a'zo – mamlakatlar kirishga 
haqli bo
’lib, lekin ko’pchilik mamlakatlar bu imkoniyatdan foydalanmaydi, shuning uchun 
XTTBga a'zo bo
’lgan 184 ta mamlakatdan faqat 164 tasi uning a'zosi hisoblandi 
(Mardonova,2021,bb.186-187). 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956 yilda taraqqiy etayotgan mamlakatlarda 
xususiy sektorni barqaror rivojlanishini rag‘batlantirish, ularda kambag‘allik miqyosini 
qisqartirish va shu mamlakatlarda aholi turmush darajasini oshirish maqsadida AQSh 
tashabbusi bilan tashkil etilgan. XMKning harakat miqyosi jaxonning XMKga a‘zo bo’lgan 
taraqqiy etayotgan mamlakatlari bo
’lib, uning yordami shu mamlakatlarning xususiy 
sektoriga kreditlar va investitsiyalar bilan qo
’llab quvvatlash hisoblanadi. Umuman XMK 
xalqaro lizing operasiyalarida yetakchi o
’rinni egallaydi va u bugungi kunda 50 
mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirgan, 40 mamlakatning 120 
dan ortiq lizing sohasidagi investisiya loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam 
ko
’rsatgan hamda 25 mamlakatdagi lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi. 
Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) 
– jahon banki guruxida 1988 yilda 
tuzilgan eng yangi tuzilmadir. Uning asosiy vazifasi notijorat tavakkalchilikdan kelib 
chiqishi mumkin bo
’lgan zararlarda investorlarga beriladigan kafolot hisobiga, shuningdek 
sarmoya oqimini yo
’naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi qulay investisiya muhitini va axborot 
bazasini yaratishda ko
’maklashuvchi a‘zo mamlakatlarga maslaxat xizmati ko’rsatish yo’li 
bilan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini mustahkamlash maqsadida investisiyalar 


O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya academiyasi
oqimiga yordam berishdir. IKXA jahon bankidan mustaqil tashkilotdir. XMK singari u 
operativ xodimlar va xuquq maslaxatchilaridan iborat o
’z shtatiga ega, lekin bankning 
ma‘muriy va 188 boshqa xizmatlaridan foydalanadi.

Yüklə 163,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin