Money and banks


 Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki: maqsad va vazifalari



Yüklə 163,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix07.01.2024
ölçüsü163,26 Kb.
#201773
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
(Money and Banks) week 10 -International Financial Institutions

10.4. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki: maqsad va vazifalari.

Islom taraqqiyot banki: maqsad va vazifalari 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki
(
ETTB)
(The European Bank for 
Reconstrustion and Development) 
— Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, 
shuningdek, MDH ga a'zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam 
ko‘rsatuvchi xalqaro bank. 1990 yilda 42 a'zo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. 
ekyu mablag bilan tashkil etilgan.
1991 yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. YeTTB bozor 
iktisodiyotiga 
o‘tish davrida bo‘lgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar 
(davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; 
tadbirkorlikni rivojlantirish; moliya sektorlariga investisiyalarni jalb etish; kapital bozorini 
shakllantirish va h.k.)ga moliyaviy yordam 
ko‘rsatadi va ularning jahon iqtisodiy 
hamjamiyatiga tezroq 
qo‘shilishiga ko‘maklashadi. Bank kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-
quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta e'tibor beradi, transport, 
energetika, sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank 
resurslarining kamida 60% xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor 
korxonalariga, 40% infratuzilma yoki boshqa loyihalarga 
yo‘naltiriladi. 1997 yilda bank 
tomonidan Yevropa Ittifoqi b-n hamkorlikda moliyaviy ta'minlagan loyihalar qiymati 240 
mln. ekyuni tashkil etdi. 
1991 yilda tashkil etilganidan buyon Bank 6133 dan ortiq loyihani amalga oshirdi
1

O‘zbekiston 1992 yilda boshida YeTTBga a'zo bo‘ldi va shu yili Toshkent shaxrida 
uning vakolatxonasi ochildi. 1993 yildan 
O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda 
ishtirok eta boshladi. 1994 yil 10 yanvarda YeTTBning Direktorlar kengashi 
O‘zbekiston 
Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari 
bo‘yicha salbiy garov shartlarini bekor 
qildi va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik 
va 
o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni 
uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy 
ettirish kabi yetti yunalishda faoliyat yuritadi. YeTTB 
Farg‘ona neftni qayta ishlash va 
jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chikarish quvvatlarini 
oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini ta'minlashga qaratilgan 
(umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini ta'mirlash, shuningdek, 
1
https://www.ebrd.com/ru/home.html 


O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya academiyasi
xavfeizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) 
loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. 
Eng yirik aktsiyadorlar AQSh (YTTB kapitalining 10,2%), Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Italiya, Fransiya va Yaponiya (har biri 8,7%). 
Rossiya Federatsiyasi (4,1%), Ispaniya va Kanada (har biri 3,5%), EI va EIB (har 
biri 3,5%) 3,1%, Niderlandiya (2,5%), Avstriya, Belgiya, Shveytsariya va Shvetsiya (har 
birida). 2,3%, Polsha, Norvegiya va Finlyandiya (har biri 1,3%). 
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimiga kiruvchi yangi elektr uzatish 
liniyasini qurish loyihasi 
bo‘yicha kredit va loyiha shartnomasi imzolangan. AJ Xorazm va 
Buxoro viloyatlaridagi Sarimoy va Jonkeldi aholi yashash punktlari 
o‘rtasida yangi elektr 
uzatish liniyasini qurish loyihasini moliyalashtirish uchun 47,1 million dollarlik moliyaviy 
yordam berilishi 
ko’zda tutilgan. Bugungi kunga kelib bank O‘zbekistondagi 113 loyihaga 
3,6 milliard yevrodan ortiq sarmoya kiritdi . YTTB tomonidan 
“O‘zbekiston milliy elektr 
tar
moqlari”ni mamlakat milliy elektr tarmoqlarining o‘tkazuvchanligini kengaytirish va 
ishonchliligini oshirishga qaratilgan. 
YeTTB Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt 
bo‘lgan ikkita shamol elektr 
stansiyasini qurish uchun 520 million dollar miqdorida sindikatlangan kreditlar ajratdi 
(uz.event). 
Hozirgi vaqtda 
O‘zbekistonda YeTTB ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKSh 
dollaridan ortiq 
bo‘lgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita 
moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, YeTTB tomonidan 
O‘zbekistonda urta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan 
iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AKSh dollari hukumat kafolatisiz 
O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati 
bilan boshqa tijorat banklariga berilgan (nsp.gov.uz). 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.12.2022 yildagi PQ-438-sonli Qarori 
«Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida «Andijon, Namangan va Farg‘ona 
viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizasiya qilish» loyihasini amalga oshirish 
chora-
tadbirlari to‘g‘risida». 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Direktorlar kengashi tomonidan 
«Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizasiya 
qilish» loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 18 yil muddatga, 
shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 199,96 million AQSh dollari miqdorida kredit 
ajratish ma'qullangan (lex.uz
). 

Yüklə 163,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin