2.Pul tizimining shakllari va ularning evolutsiyasi: bimetallizm;
monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. Pul tizimining elementlari – pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari,
emissiya tizimi, pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida kabul kilingan metallga va pul
muomalasi bazasiga karab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga
bo’linadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va
kumush) bajargan, bu tizimda ikkala ikkala metalldan xam shgalarning erkin
muomalaga chikarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal kilingan.Parallel
valyuta tizimida ikki metall kiymati stixiyali, metallning bozor baxosiga munosib
tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar erasidagi mutanosiblikni
urnatib kuygan. Oltin va kumush tangalarning chikarilishi va ularning axoli
tomonidan kabul kilinishi ana shu mutanosiblikka muvofik amalga oshirilgan.
Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarkalgan bulib Garbiy Yevropaning
kator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya,
Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalkaro sulx - Lotin tanga
Ittifoki yordamida saklab kolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala
metalldan xam 5 frank va undan yukori kiymatli tangalarni chikarish, oltin va
kumush urtasida 1:15,5 kiymat mutanosibligini urnatish shartlari kuzda tutilgan.
Biroq, bimetallik pul tizimining kullanilishi rivojlangan kapitalistik xujalik
extiyojlariga mos kelmasdi, chunki kiymat ulchovi sifatida bir vaktning uzida ikki
metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga
to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bulib fakat birgina tovar xizmat kilishi
mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan
nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab
chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’kotishi natijasida oltin tangalar
muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning konuni
yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.
Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni
talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi.
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy
ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amalqilayotgan tanga
va boshqa qiymat belgilari qimmatbaxo metallar almashiniladi.
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847-
1875 yy. da mavjud bulgan.
Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda
o’tkazilgan pul isloxati natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan.
Keyinchalik muomalaga kredit biletlari xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan
teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu
isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi
taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan.
1853-1856 yillardagi Krim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar
emissiyasini talab qildi va natijada ular qog’oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya za Yaponiyada - 1897 yilda, AKSh da - 1900 yilda. Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab
chikarish, kredit tizimi, jaxon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga
yordam bergan.
3. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish prinsiplari Tizim deganda o’zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi.
Pul tizimi – bu bir biri bilan o’zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va pul
tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig’indisidir.
Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul
muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv
asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul
tizimining subektiv asoslariga to’lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan
foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:
1. Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul
muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir.
2. Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini
tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday
institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi
muassasalar kiradi.
Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi
1. Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining
barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini ta’minlash
tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul
mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.
2. Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik printsipi. XX asrning
70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi.
Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1
unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng.
Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-
1978- yillarda bo’lib o’tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni
demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to’lov vositasi sifatida foydalanishni
ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo’ldi, eng oxirgi
davlat Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda
muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi.
3. Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi.
4. Pul aylanmasini nazorat qilish printsipi
Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining
yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa
ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo’lgan. Tovar-pul
munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul
tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy
ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha
pul tizimlar mavjud bo’lgan.
1. Metall pul muomalasi tizimlari.2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi
tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pul-ning barcha
funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi
tizimi yuzaga kelgan.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul
muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga
bo’linadi.
4. Ba’zi xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari. Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni uz ichiga oladi: pul birligi;
valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baxolar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya
tizimi; davlat yoki kredit apparati.