12.Texnik jihatdan tartibga solishning maqsadi nima?
Javob:
mahsulot, ishlar va xizmatlarni xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy talablarni o‘rnatish,
qo‘llash
va amalga oshirish
13.Sertifikatlashtirish sohasida korxona faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga
ega bo‘lgan va attestatlangan shaxs –
Javob:
Ekspert-auditor
14.Ekspert - auditorlar qanday shaxs?
Javob:
Ekspert – auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini
baholash va nazorat qilish xuquqiga ega bo‘lgan attestatlangan
shaxsga aytiladi
15.Tegishlicha belgilangan mahsulot, jarayon yoki xizmatlarning ma`lum standartga yoki
boshqa me`yoriy hujjatga mos kelishiga ishontiradigan hujjat nima deyiladi?
Javob:
Muvofiqlik
sertifikati
16.“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul
qilingan?
Javob:
1993 yil qabul
qilingan
17.Metrologiya sohasidagi qanday hujjatlar O‘zbekiston O‘DT me`yoriy hujjatlar
majmuiga kiradi?
Javob:
O‘zstandart tomonidan
joriy qilingan halqaro, davlatlararo va milliy me`yoriy hujjatlar
Dostları ilə paylaş: