Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli va tizimi sanoat robotining


V. Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli sanoat robotining tuzilishi va boshqarish tizimining



Yüklə 229,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix01.12.2023
ölçüsü229,85 Kb.
#170957
1   2   3   4   5
L-2.Мех.аsos. 2023

V. Moslanuvchan ishlab chiqarish moduli sanoat robotining tuzilishi va boshqarish tizimining 
tuzilishi, vazifasi
va texnik xarakteristikasi
 
Mashinasozlik ishlab chiqarishida uzoq vaqtgacha ikki xil ishlab chiqarish mavjud edi.
Birinchisi – yuqori avtomatlashtirilgan ko‘plab ishlab chiqarish. Bunda ixtisoslashtirilgan 
yuqori unumli texnologik jihozlardan foydalaniladi. Bu texnologik jihozlar ayrim maxsulot ishlab 
chiqarishga moslanganligi uchun ular moslashuvchanlik, ya'ni boshqa maxsulot ishlab chiqarishga 
sozlanish xususiyatlariga ega emasdirlar. Ular ko‘plab ishlab chiqarish sharoitiga mos edilar. 
Ikkinchisi – yakka tartibdagi va mayda seriyalab ishlab chiqarishlar bo‘lib ular qo‘l bilan 
boshqariladigan universal stanoklardan tashkil topgan edilar. Bular yuqori moslashuvchanlikka ega 
bo‘lib turib kam mexanizatsiyalashtirilgan edi.
Avtomatlashtirishning eng yuqori bosqichi to‘liq avtomatlashtirish xisoblanadi. Uning 
dastlabki qadamlarida universal stanoklari asosida yaratilgan sonli dastur bilan boshqariladigan 
texnologik jihozlar yaratiladi. Bunday stanoklarni moslvashuvchan texnologik jihozlar ham 
deyiladi. 
YUqoridagi ikkita ishlab chiqarishlar o‘rniga uchinchi moslashuvchan ishlab chiqarish 
tizimlar (MICHT) keldi. Ularda texnologik jihozlarni boshqarishda EXM lardan keng foydalaniladi. 
Bunda ishlov berish jarayonigina avtomatlashtirilib qolmay, balki yangi detallarga ishlov berish 
dasturini tayyorlash, stanokni qayta sozlash, loyixalash kabi ishlar ham avtomatlashtiriladi. Bu esa 
MICHT birinchi qadamlarga kiradi.
MICHT ning ikkinchi qadami sifatida asbob va moslamalarni qidirib topish va ularni 
stanokda almashtirish, zagotovkani stanokka uzatish va tushirish hamda ularni tashish, tushirish 
kabi operatsiyalarni bajarish kiradi. Bu maqsadda avtomatlashtirishning turli vositalaridan: turli 
transport vositalari, sanoat robotlari, ishlov berish markazlari hamda xisoblash texnikasidan keng 
foydalaniladi.
Endilikda avtomatlashtirish ko‘plab ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oldi. Bundagi 
texnologik jihozlar EXMlar yordamida boshqarilib turli maxsulotlar tayyorlashga osonlik bilan 
qayta sozlanadilar, shuningdek yordamchi jarayonlarni ham avtomatlashtirishga imkon yaratildi.
Avtomatlashtirishning bu bosqichida maxsulotning sifati qo‘l bilan ishlov berilganiga 
nisbatan yaxshilanadi, texnologik jihozni ishlash unumdorligi oshadi va inson mexnati qisqaradi. 
MDT protsessor, xotira, kiritish va chiqarish qurilmalaridan iborat. Tizimning ayrim 
qisimlari shinalar vositasida biriktiriladi. Ular orqali boshqarish komanbalari va elektr signallari 
uzatiladi. Ushbu tizimning hamma qurilmalari elektron elementlar, integral mikrosxemalar 
tayyorlanadi. 


262 
Xotirada ishlash dasturi saqlanadi. Dastur buyruq(komanba) lardan iborat. MDT 
bajaradigan amal 0 va 1 raqamlardan tuzilgan elektr signallar bilan kodlanadi. 
Protsessor- tizimning asosiy qismi bo‘lib, u EHM tarkibiy qisimlarini ishini boshqaradi va 
ma'lumotlarni qayta ishlaydi. Protsessor boshqarish qurilmasi va arifmetik mantiqiy qurilmasidan 
tashkil topgan. 
Boshqarish qurilmasi (BQ) xotiradagi dastur asosida MDT tarkibiy qisimlarini ishlashini 
boshqaradi hamda axboratni qayta ishlaydi. 
Arifmetik- mantiqiy qurilma (AMQ)to‘g‘ridan to‘g‘ri BQ ta'sirida ishlab, arifmetik va 
mantiqiy amallarini bajaradi.
Kiritish qurilmasi dasturlar va kiritilayotgan ma'lumotlarni, signallarni kiritish uchun xizmat 
qiladi. Ular jumlasiga perfolentalardan yoki magnit lentalardan, magnit disklardan axboratlarni 
o‘quvchi qurilmalar; stanok ijrachi organlaridan kelayotgan signallarni kiritish qurilmasi; displey va 
qurilmalarining xarf - raqamli klaviaturalari kiradi. Kiritish qurilmasi tashqi tizimlardan kelayotgan 
kodlangan analogli signallarni ikki kodli ichki kod kurinishiga aylantiradi. 
CHiqarish qurilmalari komanbalarni va xisoblash natijalarini ichki tizim ikkili kodlardan 
tashqi kodlash tizimlarining analogli signallariga yoki o‘nli tizim kodlariga o‘zgartirish va axboratni 
berish uchun xizmat qiladi. Ular jumlasiga quydagilar kiradi: 
Raqamli- analogli o‘zgartirgichlar, elektron kalitlar, tasvirlovchi xarf- raqamli va grafik 
qurilmalari, disileylar va yozuv qurilmalaridir. 
Jihozlarni EHM bilan boshqarish tizimlarida katta integral sxemalar (KIS)dan 
foydalaniladi.KIS lar yuzlab mantiqiy vazifalarni bajaradi va AMQ va BQ lar bilan ta'minlangan 
ko‘plab protsessorlarni o‘z ichiga oladi. Bunday ko‘p funksiyali integral sxemalar 
mikroprotsessorlar deb ataladi. Mikroprotsessorlar texnologik jihozlarning o‘ziga o‘rnatiladi.
MICHTda texnologik jihozlar bilan birga ularning avtomatik tartibda (rejimda) ishlashini 
ta'minlovchi turli vositalar mavjuddir. Bu tizimda EXMdan keng foydalaniladi. MICHT yordamida 
mayda seriali va donalab ishlab chiqarishlar avtomatlashtiriladi va ularda ish unumdorligi oshadi. 
Sonli dastur yordamida boshqariladigan oltita stanokdan tashkil topgan MICHT ning bir 
qismi tasvirlangan. Unga ma'lum marshrut bo‘yicha yuradigan induksion tizimli uchta transport 
roboti xizmat qiladi. SHtabeler avtomat ombordan zagotovkani olib, qabul stoliga uzatadi. Stolda 
zagotovka universal palet (moslama) larga maxkamlanadi. Transporter zagotovkalar o‘rnatilgan 
paletlarni polda joylashgan uchta transport robotidan biriga qo‘yadi. Bu robot zagotovka 
markazlariga ishlov beruvchi stanokning stoliga uzatadi. Ishlov berilgandan so‘ng zagotovka 
qaytadan transport robotiga uzatiladi. Transport robotlari zagotovkani keyiingi operatsiyani 
bajarish uchun sonli dastur bilan boshqariladigan ko‘p maqsadli stanoklarning burilma yuklash 
stollariga uzatadi. Tayyor buyumni transport roboti nazorat qilish uchastkasiga uzatadi.
Moslashuvchan avtomatlashtirilgan sex (MATS)tuzilishida keltirilgan. MATS to‘rtta 
moslashuvchan avtomatlashtirilgan uchastkalar (MATS)dan tashkil topgan. Ularda detallarga 
mexanik va slesarlik ishlovlari beriladi. MATS qabul qiluvchi - uzatuvchi qurilma , avtomatik qavul 
qiluvchi- uzatuvchi stol, IR –50 ishlov berish yacheykasi , kran – shtabeler, avtomat- aravacha, 
stellajlararo uzatuvchi qurilma, slesarlik dastgoxi, qabul qiluvchi uzatuvchi qurilma , dispetcher 
pulti , smena boshlig‘ining ish o‘rni, asboblar tayyorlab qo‘yiladigan bo‘lim, yuvish bo‘limi, texnik 
- tekshiruv bo‘limi, texnik ta'minot bo‘limi , avtomatlashtirilgan uchastka , MAU – stellajlardan 
tashkil topgan. 
Texnik ta'minot bo‘limida moslamalar va asboblar tayyorlanadi, texnik tekshiruv bulimida 
maxsulotni nazorat qilinadi, detallar yubiladi va germetikligi sinab ko‘riladi. Tashish 
operatsiyalarini uchastkalarning tepa qisimida joylashtirilgan uzatuvchi qurilmalar yordamida 
amalga oshiriladi.

Yüklə 229,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin