Navlari. Qibray—4 navi Davlat reyestriga kiritilgan.
Sug‘oriladigan yerlarda yeryong‘oq yetishtirish texnologiyasi. Yeryong‘oq sug‘oriladigan yerlarda, yetishtirish texnologiyasiga rioya qilinganda gektaridan 30-40 s hosil berishi mumkin. Hosildorligi 20— 30 s/ga bo'lganda har gektarda 100—120 kg biologik azot qoldiradi. Shuning uchun yeryong‘oq g‘o‘za, kuzgi don ekinlari, makkajo‘xori, sabzavot ekinlari uchun yaxshi o‘tmishdosh. Yeryong‘oqni almashlab ekishlarda kuzgi bug'doy, arpa, javdar, oraliq ekinlar, g‘o‘za, kar- toshkadan keyin joylashtirish maqsadga muvofiq.
O‘g‘itlash.Yeryong‘oq organik va ma’danli o‘g‘itlarga juda ta- labchan. Organik o‘g‘itlardan chirigan go‘ng 15—20 t/ga solinishi yaxshi natija beradi. Chirimagan go‘ng yoki yarim chirigan go‘ng solinganda tuxum qo‘yuvchi qarsildoq qo‘ng‘iz g'umbagi, simqurt va lining qo‘ng‘izlari ko'payib ketib, yosh dukkaklarga zarar keltiradi.
Ma’danli o‘g‘itlarning yillik me’yori azot 10—15 kg, fosfor 60—80 kg, kaliy 40—60 kg/ga ni tashkil qiladi. Fosforli, kaliyli o‘g‘itlar yerni haydashdan oldin, azotli o‘g‘it ekish oldidan beriladi.
Urug‘lar ekish oldidan nitragin yoki rizotrofin bilan ishlanadi. Rizo- trofinni 1 ga ekiladigan urug'ga 200 g me’yorda aralashtrib ekish, dukkaklar hosilini 15—20 % oshiradi.
Tuproqni ishlash.Yeryong‘oq ekiladigan dalalar kuzda shudgor qili- nadi. Yerni haydash chuqurligi 30—32 sm, yangi o‘zlashtirilgan yerlarda haydash chuqurligi 20—22 sm bo‘ladi. Bahorda yer boronalana- di, chizellanadi, mola bosib ekishga tayyorlanadi.
Urug‘Iarni ekishga tayyorlash.Ekish uchun yirik, kasallanmagan, zararkunandalardan jarohatlanmagan urug'lardan foydalaniladi. Ekishdan oldin urugdar panoktin bilan 2 kg/t me’yorda ishlanadi. Urug‘ekiladigan kun nitragin bilan ishlanadi.
Ekish. Yeryong‘oq tuproq harorati 12 °C qiziganda aprel oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligida ekila boshlanadi. Ekish muddati ja- nubiy viloyatlarda ertaroq boshlanishi mumkin.
Ekish SPCH—6A, SUK.-24 yoki chigit ekadigan seyalkalarda o'tkaziladi. Qator oralari 60, 70, 90 sm qilib ekiladi. Ekish me’yorini belgilashda bir gektarda 100-120 ming dona o'simlik qoldirilish hisobga
olinadi. Urug‘ yirikligiga qarab ekish me’yori 60—80 kg/ga, dukkaklar ekilganda ekish me’yori 25—30 % oshiriladi. Urug‘lar mexanik tarkibi yengil tuproqlarda 6—8 sm, og‘ir tuproqlarda 4—5 sm chuqurlikka ekiladi. Keyingi yiilarda yeryong‘oqni pushtalarga, ayniqsa, zaxkash yerlarda ekish yaxshi natija bermoqda.
Parvarishi.Ekilgandan keyin qatqaloq hosil bo‘lsa, unib chiqqun- cha boronalash o'tkaziladi. Maysalar hosil bo'lgandan keyin qator oralari kultivatsiya qilinadi. Qator oralarini ishlash sug'orishlardan keyin, yer yetilishi bilan o'tkaziladi.
Yeryong'oq maysalari hosil bo'lishidan gullashgacha namlikka kam talabchan va shuning uchun bu davrda bir marta sug‘orish kifoya qila- di. Gullashdan dukkaklarni yetilishigacha tuproqda namlik CHDNS 70 % dan kam bo‘lmasligi lozim.
Sug'orish me’yori 700—1000 m3/ga. Mavsumiy sug‘orish me’yori 4000-5000 m3/ga ni tashkil qiladi.
O‘suv davrida sug'orishlar soni 4—5 martaga yetkaziladi. Yeryong'oqning o'sish davrida ekinzorni begona o'tlardan toza holda saqlash, o‘toq qilish, ginoforlar hosil boMganda qator oralarini yum- shatib, tup atrofiga tuproqni uyumlash ishlari amalga oshiriladi.