Biologik xususiyatlari. Kungaboqar yuqori ekologik plastiklikka ega. U Shimoliy Amerikaning cho‘l mintaqasida havo namligi past, ammo harorat yuqori bo'lgan kontinental iqlim sharoitida shakllangan. Shu- ning uchun O‘zbekistonda kungaboqarning o‘sishi uchun qulay sha- roit bor.
Haroratga talabi. Kungaboqar urug'lari 4—5 °C haroratda ko‘kara boshlaydi, ammo maysalarning qiyg‘os unib chiqishi uchun 10—12 °C harorat zarur. Haroratning ko‘tarilishi maysalarning unib chiqishini tezlashtiradi. Harorat 8—10 °C da urug‘larning ekishdan unib chiqish- gacha bo‘lgan davrda 15—20 kun, 20 °C bo‘lganda — 6—8 kunni tashkil qiladi. Ekishdan unib chiqishgacha davrda 140—160 °C faol harorat yig‘indisi talab qilinadi. Maysalari qisqa muddatli — 8 °C sovuqqa bardosh beradi. Shuning uchun kungaboqar urugiarini erta muddat- larda ekish tavsiya etiladi.
Maysalar hosil bo‘lgandan keyin o'simlikning haroratga talabi or- tib boradi. Gullash va undan keyingi davrda o'simlikning rivojlanishi uchun qulay harorat 25—27 °C. Gullash fazasida 1—2 °C sovuqdan gullar sezilarli zararlanadi va keyinchalik to‘la nobud bo'ladi.
Namlikka talabi — yuqori. Biomassa va urug' hosilining shaklla- nishi uchun o'stirish mintaqasiga bog'liq holda, kungaboqar 1 ga maydonda 2000—5000 m3 va undan ortiq suv sarflaydi. Transpiratsiya koeffitsienti 400—700 gacha o'zgaradi. Bitta o'simlik o'suv davrida 200 kg dan ortiq suv talab qiladi.
Kungaboqar eng ko'p suvni savatchalaming hosil bo'lishi — gullash davrida 60 %, maysalash savatchalaming hosil bo'lishida 23 %, gullash, pishishda 17 % sarflaydi.
Gullashgacha va o'suv davrining oxirida tuproqda namlik CHDNS 70 %, gullash davrida 80 % ushlansa kungaboqar eng yuqori hosil shakllantiradi (Krujilin).
Gullashning boshlanishida namlik yetishmasligi ko'p gullarning ochilmasdan qolishiga sabab bo'ladi.
Tuproqqa talabi. O‘zbekistonda kungaboqar unumdor bo‘z, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Kungaboqar og‘ir loy, qumloq, kislotali, kuchli sho'rlangan tuproqlarda yaxshi o'smaydi. Tuproq muhiti — 6—6,8 bo'lganda yaxshi rivojlanadi.