Mtt turli yosh guruhlarida matematika mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyasi va tashkil qilish Reja


MTM da turli yosh guruhlarida matematik mashǵulotlarni ótkazish metodikasi va tashkil qilish



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə7/7
tarix18.12.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#184204
1   2   3   4   5   6   7
MTT turli yosh guruhlarida matematika mashg‘ulotlarini o‘tkazish texnologiyasi va tashkil qilish

MTM da turli yosh guruhlarida matematik mashǵulotlarni ótkazish metodikasi va tashkil qilish.

Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba’zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, “teng”, “katta”, “kichik”, “butun va bo’lak” kattaliklar orasidagi bog’lanishlarni, o’lchov kattaliklari bilan son o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlay bilish ko’nikmasini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko’tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko’z bilan hamda ichida sanashga o’rgatib boriladi. Ularning ko’z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati rivojlanadi.
Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, fazoviy tasavvurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasavvurini rivojlantirish bo’yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo’yicha haftasiga 2 ta mashg’ulot, yil davomida 72 ta mashg’ulot o’tkaziladi.
Mashg’ulotlarning davom etish muddati: birinchisi – 30 daqiqa, ikkinchisi – 20-25 daqiqa.
Har bir mashg’ulot tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o’rganish, o’tilganlarni takrorlash va mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini tekshirishga xizmat qiladi.
Yangi mavzu bo’yicha birinchi mashg’ulot butunlay yangi matn ustida ishlashga doir bo’lishi kerak. Yangi matn bilan tanish bolalarning ishlash qobilyati yaxshiroq vaqtda, ya’ni mashg’ulot boshlanishining 3-5 daqiqasidan boshlab 15-18 daqiqasida yakunlanadi. O’tilgan materialni takrorlash uchun mashg’ulot boshlanishidan 3-4 daqiqa va mashg’ulot oxirida 4-8 daqiqa ajratiladi. Yangi murakkab matematik tushunchalarni o’zlashtirish bolalarni toliqtiradi. Shuning uchun iloji bo’lganda yangi materialni o’tish davomida o’tilganlarni takrorlash foydalidir. Chunki yangi bilimlarni ilgari o’zlashtirilgan bilimlar bilan bir tizimga kiritish juda muhim.
Ikkinchi va uchinchi mashg’ulotlarda o’rganilayotgan mavzuga taxminan 50% vaqt ajratiladi. Mashg’ulotning ikkinchi qismida esa bevosita oldin o’tilgan material takrorlanadi. Uchinchi qismida bolalar o’rganib qolgan material takrorlanadi.
Tayyorlov guruhida o’tkaziladigan matematik mashg’ulotda didaktik ko’rsatma materiallaridan keng foydalanilishi xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko’rgazma tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan topshiriqlar ham namuna sifatida qaralishi mumkin. Pedagog – tarbiyachi ularga o’zida bo’lgan ko’rsatma-qo’llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin. Ko’pchilik hollarda tavsiya etilayotgan og’zaki mashqlar materialini pedagog-tarbiyachi turli usullarda berishi, ba’zan esa guruhning tayyorgarligiga qarab almashtirishi mumkin. Pedagog-tarbiyachi tavsiya etilayotgan didaktik o’yinlarga ham ijodiy yaqinlashishi kerak, bunda o’yinlarni o’tkazishda foydalaniladigan qo’llamalarni imkoni boricha hisobga olib, o’zi topgan o’yinlarni sinash maqsadida mashg’ulotlarda o’yinlar tashkil qilishi mumkin.
Mashg’ulotlarda didaktik o’yinlar va ko’rgazmali materiallardan keng foydalaniladi.
Bolalar mashg’ulotlarga qiziqib qatnashishlari uchun tarbiyachi quyidagi talablarga rioya qilishi lozim:
Dastur materiallarini yaxshi o’zlashtirib olish.
Puxta material (namoyish qiluvchi va tarqatma) tayyorlash.
Bolalar faoliyatini o’zgarib turishga , qiziqishga e’tibor qilish.
Mashg’ulot o’rtasida harakatli o’yinlar o’tkazishni rejalashtirish.
Mashg’ulot davomida bolalarning mustaqil xulosa chiqarishlariga erishish.
Bolalarning xilma-xil javoblarini rag’batlantirish.
Dastur materialini mashg’ulotlarga taqsimlashda bolalarning bilim va ko’nikmalariga, ularning tayyorgarligiga e’tibor berish lozim.
Maxsus atamalarni to’g’ri qo’llay bilish katta ahamiyatga ega. Masalan, son va raqam tushunchalarini aralashtirib yubormaslik kerak. (Qaysi son katta, qaysinisi kichik deb so’raladi, qaysi raqam katta deyish mumkin emas).
Mashg’ulotda hamma bolalarning faol ishtirok etishlariga erishish maqsadida har bir bolaning oldida tarqatma materiallar bo’lishi tavsiya etiladi. Agar o’rtog’ining javobi to’g’ri bo’lsa qizil kartochka, o’rtog’ining javobi uni qoniqtirmasa, ko’k kartochka ko’tarilishi lozim.
Bunda hamma bolalar o’rtoqlarining javoblarini diqqat bilan eshitishga harakat qiladilar, intizom buzilmaydi, shu bilan birga, bolalarning test sinovlariga tayyorgarliklari ham hisobga olinishi lozim.
Matematik tasavvurlarni shakillantirish mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablar.
Matematikadan mashg’ulotlar haftaning ma’lum bir kunida o’tkazilishi kerak.Tarbiyachi mashg’ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o’rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o’zlashtira oladigan bo’lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo’linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o’rganiladi. Masalan, tayyorlov gurux bolalarini buyumlarni bo’laklarga bo’lish bilan tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalgam oshiriladi: bolalar birinchi mashg’ulotda buyumlarni ikkita teng qismga bo’lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanligini o’zlashtiradilar; ikkinchi mashg’ulotda bolalarning teng ikkiga bo’linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug’ati aktivlashtiriladi; tarbiyachi uchinchi mashg’ulotda bolalarga buyumlarni teng to’rt qismga bo’lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunni qismga munosabatini ko’rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to’rt qismga bo’lishning har xil usullarini ko’rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o’rnashtiradi.
Shunday qilib, dasturning har bir bo’limi ketma-ket o’tkaziladigan bir necha mashg’ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg’ulotdan mashg’ulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi.

Dasturning bir bo’limidan ikkinchi bo’limiga o’tishda o’tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o’zlashtirilgan bilimlar bilan bog’lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega.


Yangi materialni o’rganish jarayonida o’tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o’zlashtirilishiga imkon beradi.
Odatda yangi mavzuni uch – besh mashg’ulot davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o’rganiladi. Mavzuni ikki hafta, ba’zan uch hafta o’tganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri brogan sari dasturning har bir o’rganilgan bo’limi o’quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo’lib turishi kerak.
Shu munosabat bilan bir mashg’ulotning o’zida dasturning bir bo’limiga yoki har xil bo’limning, “Miqdor”, “Sanoq”, “Kattalik”, “Shakl” va boshqa bo’limlariga oid masalalar o’rganilishi va takrorlanishi mumkin.
O’qitishning hamma bo’limlari bo’yicha dasturni bolalar izchil o’rganishini va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni shunday qilib ta’minlash mumkin bo’ladi.
Matematika o’qitishda mashg’ulotning har xil turlaridan foydalaniladi. Mashg’ulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o’rganishga yoki o’tilganlarni takrorlashga, bir qator mashg’ulotlarning materiallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag’ishlanadi.
O’qitish tajribasida qurama mashg’ulotlar eng ko’p o’rinni oladi, ularning birinchi qismida 8 – 10 daqiqa davomida yangi material o’rganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi mashg’ulotlarda olingan bilim va ko’nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o’zlashtirilgan bilimlar 3 – 4 daqiqa takrorlatiladi.
Yangi materialni o’zlashtirish bolalardan ko’proq zo’riqishni talab qiladi. Shu sababli mashg’ulot oxirida tanish materialni kiritish biroz bo’shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg’ulotlarning birinchi qismida 5 sonining o’zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o’rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismida “Nima o’zgardi?” o’yinida buyumlar to’plamini sanash (masalan, samolyotlar zvenolari nechtaligini, har qaysi zvenoda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Mashg’ulotning tuzilishi dastur bo’limlarining hajmi, mazmuni, ko’rgamaliligi, tegishli bilim va ko’nikmalarning o’zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog’liq.
Chunonchi, kichik guruxda bir yoki ikki mavzu bo’yicha mashg’ulotlar o’tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu bo’yicha birinchi mashg’ulot, odatda, to’liq o’rganishga bag’ishlanadi, takrorlash yangi materialning o’tilishi munosabati bilan yoki mashg’ulotning oxirida o’tkaziladi.
Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashg’ulotlar berilgan mavzu bo’yicha ham materialni mustahkamlashga bag’ishlanadi.
Mashg’ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu mashqlar o’ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, “Kim qaysi o’yinchoqlarni sanadi?, O’yinchoqlar nechta?” kabi o’yin-mashqlardan boshlash mumkin. Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi ko’rsatmasiga binoan o’yinchoqlarni sanab chiqadilar, so’ngra o’yinchoqlar salfetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o’yinchoqdan nechtadan bo’lganini yoki kimda o’yinchoqlar borligini va o’yinchoqlar qancha bo’lganini topadilar).
Bolalar (o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida), buyumlarni va geometrik figuralarni har xil alomatlari bo’yicha guruhlarga ajratishni, o’yinchoqlar, figuralar, jadvallar to’plamiga tayyorlov guruhlarida “qancha” so’zi bilan savollar o’ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek, “Qo’shnilaringni top”, “Men qaysi sonni o’tkazib yubordim”, “Kim ko’p bilsa, u uzoq sanaydi” kabi o’yinlar o’tkaziladi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytganda mashg‘ulotning sifati va uning natijasi tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik ko‘rganiga va pedagogik mahoratiga bog‘liq.
Mashg‘ulotga tayyorlanish mazmuniga quyidagilar kiradi: mashg‘ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni oldindan tayyorlab qo‘yish, bolalarni mashg‘ulotga tayyorlash.
Tarbiyachi mashg‘ulotni bir bo‘limdan bitta emas, balki butun bir mashg‘ulotlar tizimini rejalashtirib olib borsa, ijobiy natijani qo‘lga kiritishi tabiiy.
Tarbiyachi mashg‘ulotlarni metodik adabiyotlardan keng foydalanilgan holda olib borishi kerak. Agar mashg‘ulotlar murakkabroq bo‘lsa, tarbiyachi, albatga, unga reja tuzadi. Rejada mashg‘ulotning mazmuni tayyorlanish uchun kerak bo‘lgan jihozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar, mashg‘ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko‘rsatiladi.
Har bir bog‘chada metodika kabinetlari mavjud, unda «Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo‘limlari bo‘yicha metodik qo‘llanmalar bo‘ladi. Yetishmaganini tarbiyachi o‘zi tayyorlaydi, ba’zan esa bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarini jalb etadi. Tarbiyachi mashg‘ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi. Tarbiyachi bolalar bog‘chasida asosiy shaxs hisoblanib, yosh avlodning tarbiyalanganligi va bilish darajasi uning g‘oyaviy, siyosiy va ilmiy pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, salohiyatiga, pedagogik mahoratiga bog‘liq. Odatda, bolaning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati ham uning tarbiyachi shaxsiga bulgan munosabati bilan belgilanadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida yangi pedagogik texnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan foydalanilsa hamda bolaning ruhiyati, yosh va o‘ziga xos ruhiy, fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiyaning samaradorligi ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 173 b.

  2. Azizxodjayeva N.N. Pedagogicheskiye texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. Izdatelsko-poligraficheskiy tvorcheskiy dom im.Chulpana.

  3. T.; 2005. -200 s 4. Levitan K.M. Lichnost pedagoga: stanovleniye i razvitiye. Izd-vo Saratovskogo universiteta. 1991. -166 s.

  4. Mavlonova R., To‘rayeva O. Holiqberdiyev K. Pedagogika. T.,

  5. O‘qituvchi. -2001. – 512 b.

Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin