Муќаддима


Atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalar



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

Atmosfera havosi va uni ifloslantiruvchi manbalar 
Atmosfera havosi 2 usul bilan ifloslanishi mumkin: 
1. Tabiiy (biologik) usulda. 
2. Sun’iy (antropogen) usulda. 
Tabiiy muhitda vujudga keladigan vulqovlar, shamol va yog’ingarchiliklar, tabiiy 
ofatlar (suv toshqini, zilzila) tufayli atmosfera havosi ifloslanadi. Bundan tashqari, 
atmosfera havosi tarkibigiga o’simliklar va hayvonot qoldiqlari, zaharli gazlar (SO
2

NO
2
, SO
2
), uglevodorodlar (metan, etan, ammiak va boshqa gazlar va suyuqliklar), 
koinotdagi gazlar va chang zarrachalari tabiiy holda kelib qo’shiladi. Atmosfera 
havosining bunday ifloslanishiga tabiiy (biologik) ifloslanishi deyiladi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, yiliga koinotdan 1 mlrd t dan ortiq turli xil gaz va 
chang zarrachalari atmosfera havosiga kelib qo’shiladi. Bundan tashqari, Er yuzida 500 
dan ziyodroq doimiy otilib turuvchi vulqonlar mavjud bo’lib, ularning har biridan yiliga 
75 mln t gacha turli xil iflosliklar va changlar atmosfera havosiga qo’shilib turadi. YOki 
Orol dengizi sohillarining chekinishi tufayli vujudga kelgan 3,5 mln gektardan ziyodroq 
dengiz tubining tuzli maydonidan yiliga 100 mln t dan ortiq chang va tuz zarrachalari 
atmoefera havosiga qo’shilmoqda. Bularning barchasi tabiiy holda vujudga keladi. 
Ammo shu erda bir narsani yodda saqlash kerakki, atmosfera havosi tarkibidagi tabiiy 
changlarniig ma’lum bir miqdori Erda sodir bo’ladigan barcha fizikaviy, kimyoviy va 
biologik jarayonlarning kechishi uchun katta ahamiyatga ega. Atmosfera havosi 


42 
tarkibidagi changlar suv bug’lari uchun kondensasiya yadrosi hisoblanadi va 
yog’ing’archiliklarni vujudga keltirib turadi. Ular Quyosh nurlarini yutib, tirik 
organizmlarni ortiqcha nurlanishidan saqlaydi, SHuning uchun, atmosfera havosi 
tarkibidagi changlar ma’lum darajada uning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi va 
atmosferada kechadigan barcha hodisa va jarayonlarni tartibga solib turadi. 
Atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchi manbalari quyidagilardan iborat: 
1. Sanoat korxonalari. 
2. Markazlashgan issiqlik va elektr tarmoqlari. 
3. Avtotransport vositalari. 
4. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari. 
5. Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari. 
Atmosfera havosining sun’iy (antropogen) usulda ifloslanishi inson faoliyati bilan 
chambarchas bog’liqdir. Sanoat korxonalari, qurilish, energetika tarmoqlari, qishloq 
xo’jaligi, konchilik va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalaridan chiqadigan zararli 
gazlar, bug’lar, changlar, bakteriya va mikroblar atmosfera havosini sun’iy 
ifloslantiradi. 
Atmosfera havosiga chiqariladigan iflos moddalarning asosiy qismini zaharli 
gazlar (SO
2
, SO
2
, NO
2
), uglevodorodlar, chang, qurum, metal birikmalari tashkil yetadi. 
Ular ko’pincha organik moddalar va yoqilg’ilarni yondirish paytida vujudga keladi. 
Har yili atmosfera havosiga 200 mln t chang, 210 mln t SO
2
, 300 mln t 
qo’rg’oshin birikmalari va qurum, 700 mln t SO
2
chiqariladi. Qurum tarkibida 1,5-2,0% 
benzoprin va dioksin kabi kanserogen moddalar mavjud bo’lib, ular nafas olish yo’llari 
orqali inson organizmiga kirib, rak kasalligini keltirib chiqaradi. 
Yoqilg’i (ko’mir yoki mazut) bilan ishlaydigan bitta elektr stansiyasi atmosfera 
havosiga sutkasiga o’rtacha 1,2 t SO
2
, 1,5 t NO
2
, 3-4 t SO
2
va 10 t dan ziyodroq kul, 
chang va qurum chiqaradi. Toshkent GRES i 60% tabiiy gaz va 40% suyuq yoqilg’i 
bilan ishlab, sutkasida 154 ming m
2
oltingugurt va 200 ming m
2
azot oksidini havoga 
chiqarmoqda. Toshkentdagi ―Kompressor‖ zavodi soatiga 400 ming m
3
turli xil gazlarni 
atmosfera havosiga chiqaradi. Ma’lumotlarga qaraganda, Fransiyaning birgina 
―Elektisitel` Frans‖ issiqlik elektr stansiyasida bir oyda 51 ming t ko’mir yoqiladi. 
Natijada kuniga stansiya dudburonlaridan 33 t sul`fit angidrid gazi va 250 t kul va 
qurum havoga chiqadi. 
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, texnologik jarayonlarning uzluksiz kechishi 
uchun kislorodning roli nihoyatda kattadir. Masalan, 1 t cho’yan olish uchun 150 m
2
, 1 t 
po’lat olish uchun 35-70 m
2
va 1t asetilen olish uchun esa 3600 m
2
kislorod sarflanadi. 
Atmosfera ifloslanishida tog’-kon sanoati, maishiy-kommunal xo’jaligi va 
qishloq xo’jaligi tarmoqlarining ulushlari ham nihoyatda kattadir. Masalan, Toshkent 
shahridan bir sugkada 20 mln m
3
ishlangan, iflos va tarkibida 4% SO
2
bo’lgan gazlar 
atmosfera havosiga chiqariladi. 
CHorvachilik korxonalari atmosfera havosini changlar, gazlar (NN
3
, SO
2
, SO
2

SN
4
), uglevodorodlar va xususan, yuqumlik kasalliklarni tarqatuvchi mikroblar va 
bakteriyalar bilan ifloslantiradi. Masalan, 100 ming bosh qora molga mo’ljallangan 
ferma atmosfera havosiga 1 sutkada 50-200 kg NH
2
, 10-15 kg gacha oltingugurtli 
vodorod (N
2
S), 0,3-2,0 t gacha chang va 1,5 mln gacha turli bakteriyalar chiqaradi. 
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, sanoati taraqqiy etgan, transnort va energetika 


43 
tarmoqlari rivojlangan, qishloq xo’jaligi kimyolashtirilgan va zamonaviy mashinalar 
bilan ta’minlangan, aholining ko’payishi va urbanizasiya jarayoni ko’chayotgan bizning 
asrimizda atmosfera havosining sun’iy ifloslanishi uning tabiiy ifloslanishidan ustunlik 
qilmoqda. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin