Муќаддима


Atmosfera havosining ifloslanishiga avtotransport vositalarining



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
Atmosfera havosining ifloslanishiga avtotransport vositalarining 
ulushlari 
Hayotimizning farovonligiga va iqtisodiyotning rivojlanishiga avtotransport 
vositalarining ahamiyati va o’rni nihoyatda kattadir. Ammo atmosfera havosining sun’iy 
ifloslanishida avtotransport vositalari birinchi o’rinni (40%) egallab turibdi. Maishiy-
kommunal xo’jaligi va qishloq xo’jaligi ikkinchi o’rinda (26%), energetika tarmoqlari 
esa, uchinchi o’rinni (20%, ishlab chiqarishda 14%) egallab kelmoqda. 
Avtomobil, samolyot, kosmik kema, teplovoz, qishloq xo’jaligi mashinalari 
nihoyatda katta miqdorda kislorodni sarflab, atmosfera havosini is gazi, azot oksidi, 
uglevodorodlar, qo’rg’oshin birikmalari, chang va boshqa kanserogen moddalar bilan 
ifloslantirmoqda. AQSH da atmosfera havvosining ifloslanishida avtotransport 
vositalarining hissasi 60%ni, sanoat esa 17% ni tashkil yetadi. Sanoati rivojlangan bir 
qator shaharlarda (N`yu-York, Los-Anjelos, Tokio, Moskva va boshqa shaharlarda) 
avtmosfera havosida ifloslanishida sanoat 60%, taransport esa 13% ―hissa‖ 
qo’shmoqda. 
Ba’zi ma’lumot.larning dalolat berishicha, ―SHatl‖ kosmik kemasini orbitaga 
chikargan raketa atmosfera havosiga 300 t alyuminiy oksidini oq kukun shaklida 
chiqargan. 
Er sharining aholisiga nisbatan avtotrnsport vositalari 3-4 marotaba ko’proq 
kislorodni sarflaydi. Ishlab chiqariladigan yoqilg’i mahsulotlarining 12-25% ni 
avtotransport vositalari iste’mol qiladi. Transport vositalariga ishlatiladigan yoqilg’ining 
90% ni benzin, kerosin, solyarka va boshqalar tashkil qiladi. YOqilg’i mahsulotlari 
tarkibida SO
2
SN
4
va NO
2
gazlari mavjud. (2-jadval), ammo ularning miqdori yoqilg’i 
turiga bog’liqdir. 
2-jadval 
YOqilg’i turi 
Gazlar, % 
SO

SN

NO

Dizel yoqilg’isi 
Benzin 
15 
55,5 
6,5 
12 
8,5 
6,8 
Hozirgi paytda atmosfera havosiga chiqariladigan zaharli moddalarning umumiy 
miqdoridan 75-85% ni avtotransport vositalari hissasiga tug’ri kelmoqda. Agar dunyoda 
1km masofada o’rtacha 5 ta avtotransport to’g’ri kelsa, hozirgi paytda bu raqam 
rivojlangan mamlakatlarda 700-800 taga teng bo’layapgi. Markaziy ko’chalarda SO
2
gazining miqdori uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyasi (RECHK) dan 5-10 
baravar va hatto 30 baravar oshib ketayapti. 
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, YAponiyada bir yilda 9,2 mln dona, AQSH da 


44 
6,8 mln dona va Janubiy Koreyada esa, 850 ming dona avtomobil ishlab chiqariladi. 
Bir km bir qatorli avtomobil yo’lini qurish uchun 56,3 ming t dizel yoqilg’isi, 4 
qatorli yo’l qurish uchun 338 ming t va 1 km yo’lni ta’mirlash uchun 3,6-6,0 ming t 
yoqilg’i sarflanadi. 
Avtotransport vositalari 200 dan ortiq kanserogen moddalar bilan ataosfera 
havosini ifloslantirmoqda. Er sharida 400 mln donadan ziyodroq avtomobillar mavjud 
bo’lib, ular har yili atmosfera havosiga 300 mln t ga yaqin zaharli moddalarni ajratib 
chiqaradi. SHundan 200 mln t sini SO
2
, 50 mln t sini uglevodorodlar, 30 mln t sini azot 
oksidi, qolgan qismi esa gazlar, chang va qattiq chiqindilar tashkil yetadi. 
O’zbekiston Respublikasida transport vositalaridan ajralib chiqadigan 
chiqindilarning miqdori 50-70% ni tashkil etmoqda. Lekin shuni alohida ta’kidlash 
joizki, transport vositalaridan ajralib chiqadigan chiqindi manbalari 2 xil bo’ladi: 
1. Ko’chmas CHiqindi manbalari. Masalan, mashina, traktor parklari, 
avtojamlanmalar va boshqa shunga o’xshash korxonalarda yig’ilib qoladigan chiqindi 
manbalari. 
2. Harakatlanuvchi chiqindi manbalari. Bu guruhda asosan harakatlanadigan 
avtotrasport vositalari kiradi. 
Umuman olganda, Respublikamizda ko’chmas va harakatlanuvchi chiqindi 
manbalaridan 4 mln t dan ziyodroq zaharli moddalar atmosfera havosiga ajralib chiqadi. 
Ularning 50% SO
2
, 15%ni uglevodorodlar, 14%ni oltingugurt oksidi, 9% ni azot oksidi, 
8%ni qattiq chiqindilar va qolgan 4%ni kanserogen moddalar tashkil etmoqda. 
Zaharli gazlar miqdorini kamaytirish maqsadida 1978 yildan buyon Toshkent 
shahridagi avtotransport vositalarida benzin o’rniga yoppasiga quyuqlashtirilgan 
propan-butan yoqilg’isi ishlatib kelinmoqda. 
Hozirgi paytda benzinda oktanlar sonini ko’paytirish maqsadida uning tarkibida 
tetraetil qo’rg’oshin (S
2
N
5
)
4
RV qo’shayaptilar. Bunday benzinlarni etillangan benzin 
deyiladi. YOqilg’i yonganda benzin tarkibidagi qo’rg’oshin gaz bilan birga divigatel 
(motor) dan chiqib, atmosfera havosini ifloslantiradi, tuproq va o’simliklarga qo’nadi. 
Bir km
2
etillangan benzin yonganda 1g qo’rg’oshin atmosfera havosiga tarqaladi. Lekin 
qo’rg’oshinning havodagi RECHK 0,0007 mg/m
2
ga teng bo’lishi kerak. Matordagi gaz 
bilan aralash bo’lib chiqqan qo’rg’oshin (1g) 1 mln 400 ming m
2
havoni RECHK 
darajasida ifloslantiradi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin