Муќаддима


Atmosfera havosi ifloslanishining iqtisodiy zararlari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
Atmosfera havosi ifloslanishining iqtisodiy zararlari 


51 
Atmosfera havosining ifloslanishi tufayli paydo bo’layotgan iqtisodiy zararlarni 
quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin. 
1. Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida juda ko’p turli og’ir kasalliklar 
vujudga kelmoqda. Achchiq tuman va tutun (smog) dan ko’plab insonlar jismoniy va 
ruxiy kasalliklarga duchor bo’lmoqda. Bu nihoyatda yirik va tiklab bo’lmaydigan 
iqtisodiy zarardir. Atmosfera havosining ifloslanishi tufayli odamlarga kasallik 
varaqalari berilayapti, ularning davolanishi uchun sihatgoxlar qurilyapti, ishga chroqsiz 
bo’lib qolganlar, uchun nafaqa pullari to’lanayapti va hayotdan tez ko’z yumganlar 
uchun turli moddiy yordamlar ko’rsatilayapti. Bu ishlar har bir mamlakat uchun katta 
iktisodiy .zarardir. 
Masalan, 1986 yil 26 aprelda CHernobl Atom Elektr Stansiyasida kutilmagan 
falokat yuz berdi. Ushbu fojianing bartaraf etishda 400 ming kishi qatnashdi. SHundan 
7 ming kishi hayotdan ko’z yumib, 30 ming kishi nogiron bo’lib qoldi. Hozirgi paytda 
yarim mln aholi fojia ro’y bergan hududlarda yashab kelmoqda. Ma’lumotlarga 
qaraganda, har bir ming kishidan faqat 11 kishigina sog’lom ekan. Bizning 
respublikamizda ham ko’pgina mutaxasislar, duxturlar va oddiy ishchilar ushbu falokat 
oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga faol fatnashganlar. SHuning uchun ularga nafaqa 
beriladi. Bu nafaqat Ukraina, Belorus va Rossiya uchun, balki bizning respublikamiz 
iqtisodiyoti uchun katta, tiklab bo’lmaydigan iqtisodiy zarardir. 2000 yil 15 dekabrda 
Ukraina radasi (parlamenti) CHernobl AES ni yopishga qaror qildi. 
2. Atmosfera havosining ifloslanishi oqibatida qishloq xo’jaligi katta iqtisodiy 
zarar ko’rmoqda. Masalan, yirik sanoat korxonalari atrofida, metallurgiya, kimyo va 
tog’-konchilik korxonalari atrofida (5 km radiusda) ekilgan qishloq xo’jalik ekinlarning 
hosildorligi 25-30% ga, ularning sifat qo’rsatgiyalari esa 40-60% kamayib bormoqda. 
Serqtnov avtomobil yo’llari atrofida etishtiriladigan poliz va sabzavot 
mahsulotlari tarkibida qo’rg’oshin birikmalarining konsentrasiyasi uning ruxsat etilgan 
chegaraviy konsentrasiyasidan 5-20 iarotaba ko’proq to’planadi. Bularning barchasi 
oqibatida iqtisodiy zararni vujudga keltiradi. 
3. Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida vujudga keladigan achchiq tutun 
va tumanlar (smog)dan avtotransport vositalari, samolyot va vertolyotlar korroziyaga 
uchrab, 
ularning 
harakatlanishi 
qiyinlashayapti. 
Ularning 
ta’mirlash katta 
mablag’larajratishni taqozo yetadi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, faqat 1962 yilda AQSHda atmosfera havosining 
ifloslanishi oqibatida 20 marta samolyotlar shakastlanishi (avariyasi) sodir bo’lgan. 
1964 yilda Buyuk Britaniyaning 3 ta magistral yo’llarida vujudga kelgan smogdan 350 
ta fojiali avtomobil halokati sodir bo’lgan. 
4. Atmosfera havosining ifloslanishi tufayli sanoat korxonalari texnologik 
jarayonlar va xususan asbob-uskunalar hamda qurilmalarning foydalanish muddati 
o’rgacha 1,5 baravariga qisqarayapti. Materiallarning tez-tez emrilishi va korroziyaga 
uchrashishi achinarli hol bo’lib qolmoqda. 
Ma’lumotlarga qaraganda, sanoat rivojlangan shaharlarda asbob-uskunalar va 
qurilmalarning korroziyaga uchrashish tezligi nisbatan kichik shaharlarga qaraganda 3 
bararvar, qishloq joylariga nisbatan 20 baravar, alyuminiyda esa 100 baravar oshmoqda. 
Bundan tashqari, chang, qurum, achchiq tuman va tutunlar va gazlar ta’sirida 
kiyim-kechaklar, lok-buyoq mahsulotlari, binolor, inshootlar va xususan, qadimiy 


52 
yodgorliklar nuyardi. Marmar, bronza va oddiy pishiq g’ishtlardan bumyod etilgan 
obidalar yemiriladi. Ularning ta’mirlash ishlari yoki yangisiga almashtirish katta 
ivtisodiy mablag’lar ajratishni taqozo yetadi. 
5. Atmosfera havosining ifloslanishi yarimo’tkazgichli nihoyatda sezgir va aniq 
elektron asbob-uskunalarning samarali ishlashiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Vaksina va 
antibiotiklar ishlab chiqarishni nihoyatda qiyinlashtirib yubormoqda. SHuning uchun 
atmosfera havosi ifloslangan bir qator mamlakatlar (AQSH, Olmoniya, YAponiya va 
boshq mamlakatlar)da vaksina va antibiotiklar shuningdek yarimo’tkazgichlar va 
elektron asbob-uskunalar ishlab chiqarish korxonalari havosi toza bo’lgan to0li 
mintaqalarda qurilmoqda. Bu ishlar, o’z navbatida, qo’shimcha iqtisodiy harajatlar (yo’l 
qurish, turar joy binolar qurish, maxalliy komunnal qulayliklar yaratish va hokazo)ni 
talab qiladi. 
6.Atmosfera havosining ifloslanishi biosqeraning tabiiy holatida salbiy 
o’zgarishlarni yuzaga keltirib chiqavrmoqda. Fotosintez jarayonida salbiy ta’sir 
etmoqda va biosferadan moddalar almashinuvining buzilishiga olib kelmoqda. Eng 
achinarli tomoni shundaki, organik moddalarning sifat ko’rsatkichlari pasayib 
atmosferadagi kislorod miqdorining kamayishiga olib kelmoqda. Ushbu nixoyatda 
global ekologik muamolarningn echilishi katta mablag’larni sarf qilish, yangi 
texnologiyalarini yaratish, chiqindisiz, kam chiqindili texnologiyalar va energiya 
tejovchi asbob-uskunalar hamda qurilmalarning yaratish va ishlab chiqarish 
korxonalarida joriy etishni taqozo yetadi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin