Муќаддима


Atmosfera havosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta’siri



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
Atmosfera havosi ifloslanishining suvga va iqlimga ta’siri 
Atmosfera havosi tarkibidagi zararli chiqindilar (changlar, tutunlar, kanserogen 
moddalar, metall birikmalari) ochiq suv havzalariga katta salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Tabiatda suvning tabiiy aylanishi (bug’lar-yog’ingarchiliklar-suv) doimiy bo’lib, 
daryo va ko’llarni, dengiz va okeanlarni, er osti suvlari va atmosfera havosini to’yintirib 
turadi. Demak, atmosfera tarkibi qancha chang va zaharli gazlar bilan ifloslangan 
bo’lsa, ular yog’ingarchiliklar tufayli erga kelib tushadi va salbsy o’zgarishlarga olib 
keladi. 
Atmosfera havosining antropogen ifloslanishi tufayli mintaqaviy iqlim 
o’zgarishlari, ya’ni iqlimning elementlari (bosim, harorat, namlik, yog’ingarchiliklar)da 
ham salbiy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Hozirgi paytda atmosfera havosining antropogen 
ifloslanishi natijasida shahar iqlimining uning atrofidagi joylardagi iqlimidan farqi 
borligi aniqlangan. Masalan, shaharlarda ularning atrofiga qaraganda havo kondensasiya 
yadrolari va zarrachalarining miqdori. 10 baravar ko’p, bulutli kunlar yozda 5-10% ga, 
qishda tumanlar 80-100% ga, yomg’ir va yog’inarchilik kunlari 10% ga, yillik o’rtacha 
harorat esa 1% dan yuqori bo’lmoqda. YAlpi Quyosh ridiasiyasi 15-20% kam, 
ul`trabivafsha nurlari yozda 5%, qishda 30% kam, quyoshli kunlar esa 5% ga kam 
bo’ladi. Masalan, Samarqand shahrida uning atrofiga nisbatan bir yilda 6 marotaba ko’p 
tuman tushgan va 11 mm yog’in ko’proq yoqqan. 
Misol tariqasida shuni ham qayd kilish kerakki, bitta reaktiv samolyot 
yoqilg’isining kariyb 4%ni atmosfera havosiga chiqaradi. Atmosfera havosi tarkibidagi 
SO
2
miqdorining ortib borishi sayyoramiz haroratini ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. 
Agar keyingi yuz yil davomida atmosfera havosiga yiliga 4 mlrd t SO
2
chiqarilgan 
bo’lsa, hozirgi paytda, yiliga 14 mlrd t SO
2
chiqariladi. Ahvol shu tarzda davom 
yetadigan bo’lsa, atmosfera havosi tarkibidagi SO
2
ning miqdori 15% dan 25% gacha 
oshadi va natijada o’rtacha harorat 0,5
0
S ga ko’tariladi. Bu esa, uz navbatida, 
muzliklarning erishiga va turli xil salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin