Atmosfera havosi ifloslanishining insonga, o’simlik va hayvonot olamiga ta’siri Atrof-muhitga qo’shiladigan kimyoviy modlalar va fizikaviy omillar orasida
kanserogen moddalar eng xavfli hisoblanadi. Kanserogen moddalar tirik organizmda
juda xavfli moddalarning rivojlanshiga katta ta’sir yetadi. Organizmda paydo bo’lgan
kanserogen moddalar (nafas olish yo’llari orqali, oziq-ovkaqlar bilan va hokazo) undan
chiqa olmaydi.
Konserogen moddalar guruhiga polisiklik aromatik uglevodorodlar (masalan,
benz(a)piren S
29
N
12
), epoksidlar, to’rt xlorli uglevodorod (SSN
4
), xloroform, metall
birikmalari (masalan, borilliy oksidi, xrom oksidi, nikel sulfidi, qo’rg’oshin birikmalari)
va boshqa moddalar kiradi. Xususan, benz(a)piren eng kuchli kanserogen modda
hisoblanadi. U ko’mir, neft mahsulotlari va slaneslarni yondirganda paydo bo’ladi.
Avtomagistral yo’llari atrofida, issiqlik elektr stansiyalarida, metallurgiya zavodlari va
sexlarida uning eng yuqori konsentrasiyasi paydo bo’ladi.
Biologik qobiq elementlari o’zaro uzviy bog’langanligi tufayli ifloslangan
atmosfera havosi tabiatning boshqa komponentlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada
suv va tuproqning tabiiy holatida, inson organizmida, o’simlik va hayvonot dunyosida
salbiy o’zgarishlar paydo bo’ladi. YUrak-qon tomirlari sistemasi shikastlanib, qon
bosimi oshadi, rak, bronxit va o’pka kasalliklarining ko’payishiga sabab bo’ladi.
Bir kishi o’rtacha bir sutkada 25 kg havo bilan nafas oladi. Natijada havo
tarkibidagi zararli changlar, qurum va gazlar organizmda to’planaveradi. Bu esa, sekii-
asta nnson organizmining zaiflashuviga olib keladi va oqibatda organizm turli
infeksiyalarga etarli darajada qarshilik ko’rsatish qobiliyatini yo’qotadi. Bularning
barchasini alohida misollarda ko’rib chiqamiz.
1. Oltingugurt oksidi SO 2 . Rangsiz, o’tkir hidli gaz bo’lib, uning ruxsat etilgan
chegaraviy konsentrasiya (RECHK o’r.sut.)si 0,05 mg/ m
3
ni tashkil yetadi. Agar uning
miqdori 0,13, 0,3 va 0,8 mg/ m
2
ni tashkil etsa, aholi o’rtasida surunkali astma kasalligi
mos ravishda 13, 18 va 26% ga oshib ketishi mumkin. Agar atmosfera havosi tarkibida
SO
2
uning RECHK sidan ko’proq to’planib qolsa, bronxit, o’pka yallig’lanishi, jigar-
qon bosimining oshishiga va ko’z kasalliklariga sabab bo’ladi. CHunki havo tarkibidagi
SO
2
suv bilan reaksiyaga kirishib kuchsiz sulfat kislotasi hosil qiladi va u ko’zlardagi
shilliq pardalarni qo’ydiradi. Natijada ko’z qizil rangli bo’lib qoladi.
2. Uglerod oksidi SO. Rangsiz va hidsiz gaz bo’lib, uning RECHKsi 3 mg/ m
3
ni
tashkil yetadi. Uglerod oksidinint havoda ko’payishi natajasida organizmda gemoglobin
kamayadi, yurak, qon tomir tizimlari buziladi, skleroz kasalligi ko’payadi, bosh
aylanadi, yurakning ishlashi tezlashib, uyqu buziladi, kishi tajang bo’lib qoladi. Uglerod
oksidi bilan zaharlanishning birinchi belgisi bosh og’rig’ining paydo bo’lishidir. Agar
havo tarkibida SO dan tashqari azot oksidi ham mavjud bo’lsa, unda SO ning zaharliligi
yanada oshadi. Bunday holatlarda SO konsentrasiyasini 1,5 marotaba kamaytirish kerak.