50
chiqarish zavodlaridan atmosfera havosiga me’yoridan ortiq chiqarilayotgan zaharli ftor
birikmalari qishloq xo’jaligi mahsulotlariga va ularning sifatiga salbiy ta’sir qilayapti.
Sanoati rivojlangan shaharlarda o’simliklarning rivojlanishi susayib, ba’zi daraxtlarning
yashash muddati keskin kamayib bormoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, qayrag’och
daraxti tabiiy sharoitda 350-400 yil umr ko’rsa, shahar hiyobonlarida 120-220 yil,
serqatnov avtomagistral yo’llar atrofida esa, 40-50 yil umr ko’rar ekan.
Atmosfera havosining ifloslanishi hayvonot olamiga ham salbiy ta’sir etib,
ularning tez-tez zaharlanishiga, ba’zan umuman nobud bo’lishiga eabab bo’lmoqda.
Atmosfera havosining turli zaharli gaz va changlar bilan ifloslanishi oqibatida
asalarining qirilib ketish xavfi tug’ilmoqda. Ekolog olimlarning orasida ―qaysi
mintaqaning ob-havosi toza bo’lsa, laylaklar va asalari o’sha erda bo’ladi!‖
degan
g’oyalar mavjud. Yirtqich qushlar zaharlangan o’ljalar bilan ovkatlanib, bepushtlik
dardiga mubtalo bo’lganlari olimlar tomonidan kuzatilgan.
Dostları ilə paylaş: