10
Tabiiy ekotizim (yoki ekosfera) hayotni rivojlanishiga imkon beradigan Yerning
tavsifi va jonsiz (anorganik) jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy ekotizim
esa insonning barcha atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo’lgan munosabatini
ifodalaydi.
Ekologik muhit muvozanatda bo’lishi mumkin, lekin ko’pincha ushbu muvozavat
buzilishi ham mumkin. Agar tirik organizmlarning hayoti o’zgarmasa yoki ularga ta’sir
eruvchi omillar barqaror holatda bo’lsa, ekologik muhit ham muvozanatda bo’ladi.
Agar er usti va yer osti suvlari haddan tashqari ifloslanib qolsa, chiqindilar
to’planib qolib, atmosfera havosi ifloslansa, oziq-ovqat mahsulotlari zaharlanib qolsa,
shovqinlar ko’payib qolsa va xususan, radioaktiv moddalar ta’siri ortib borsa, ekologik
muvozanat ham buziladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday muhit turli omillar (fizik, kimyoviy,
biologik va boshqa omillar)ning majmui bilan namoyon bo’ladi.
Ekologik omil tirik organizmlarga to’g’ridan to’g’ri ta’sir
etuvchi muhitning
ayrim bir tarkibiy qismidir. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki
birgalikda ta’sir etishi mumkin. Ular ekologik, fiziologik, genetik va hokazo omillar
tarzida ta’sir yetadi. Umuman olganda omillarni tasniflashda ularning xilma-xil ta’sir
ko’rsa
tishi emas, balki ularni kelib chiqish manbaiga qarab ajratiladi. Chunki shunday
omillar ham mavjudki (masalan, tarixiy omillar), tirik organizmlarga to’g’ridan-to’g’ri
ta’sir etmaydi. Masalan, ma’lum joyning dengiz sathidan absolyut balandligi,
tog’liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv havzasining
chuqurligi tirik
organizmlarga to’g’ridan-tug’ri ta’sir etmay, boshqa omillar (harorat, bosim,
namlik)ning ta’sir etish xususiyatlarini o’zgartirib yuborishi mumkin.
Muhit tarkibida faollik ko’rsatuvchi omillar ham bo’ladi. Ta’sir etuvchi omillar
tirik organizmlar hayotiga kuchli ta’sir etib, ularning hatto irsiy xususiyatlarini
o’zgartirib yuborishi mumkin. Masalan, nurlanish ta’sirida (mutagen omil) tirik
organizmlar boshqa bir xolatga o’tib ketishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhit unsurlari,
ekologik omil deb ataladi. Ekologik omillar, o’z navbatida, 3 guruhga bo’linadi
1. Abiotik omillar
2. Biotik omillar
3.
Antronogen omillar
Abiotik omillar – jonsiz (anorganik) muhitning tirik organizmga ta’sir shakllarini
ifodalaydi. Ushbu omillarga iqlimiy (havo, namlik, suv, yog’ingarchiliklar, qor
qoplami) topografik (relef sharoiti), gidrofizik va gidrokimyoviy omillar kiradi.
Mohiyati jihatidan ushbu omillar 2 guruhga ajraladi.
1. Fizik omillar (harorat, namlik, bosim, radiasiya darajasi va boshqa omillar)
2. Kimyoviy omillar (atmosfera havosinning kimyoviy tarkibi, suv va tuproqning
kimyoviy tarkibi va boshqa omillar).
Biotik omillar deyilganda barcha tirik organizmlarning yashash jarayonida o’zaro
bir-biriga nisbatan ma’lum munosabatda bo’lishi yoki ta’sir ko’rsatishi tushiniladi.
Ushbu organizmlar o’z hayot jarayonlari davomida normal yashash, hayot kechirish,
urchish, tarqalish uchun tashqi muhit bilan ham ma’lum munosabatda bo’ladi. Natijada
organizm o’sadi, rivojlanadi, nasl qoldiradi: va hayotning so’nggi bosqichida halok
11
bo’ladi.
Biotik omillar quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
1) o’simliklarning o’simliklarga ta’siri
2) o’simliklarning hayvonlarga ta’siri
3) hayvoyalarning o’simliklarga ta’siri
4) hayvonlarning hayvonlarga ta’siri
5) mikroorganizmlarning o’simliklarga va hayvonlarga ta’siri
6) o’simliklar, hayvonot va mikroorganizmlarning o’zaro bir-biriga ta’siri
Biotik omillarga simbioz, parazitizm, konkurensii, ―yirtqich va o’lja‖
munosabatlari misol bo’la oladi.
Ma’lumki, har bir tirik organizm ma’lum muhitda yashashga moslashgandir.
SHuning uchun
iqlimiy omillar ichida harorat, namlik, bosim va yorug’lik eng muhim
omillar hisoblanadi. Tirik organizmlarning aksariyati yorug’lik bilan uzviy bog’langan,
chunki yorug’lik ular uchun zarur quvvat va energiya manbalaridan hisoblanadi.
Tabiatdagi har bir tirik organizmni uning suvga bo’lgan ehtiyoji va yashash
joylarini inobatga olib, bir qator ekologik guruhlarga bo’lish mumkin. Masalan, faqat
suvda yashaydigan jonivorlar gidrofil guruhiga kiritilgan. Gigrofil guruhiga mansub
bo’lgan jonivorlar namlik darajasi yuqori bo’lgan joylarda yashay oladi. Mezafil
guruhiga mansub bo’lgan jonivorlar esa, suvga ehtiyoji kam bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan guruhlar (ya’ni,
gidrofil, gigrofil va mezafil) har bir ekologik muhitda indikator
vazifasini bajarishi
mumkin. Masalan, atmosfera havosi ifloslangan mintaqalarda laylaklar va asalari
yashay olmaydi.
Tuproqning tabiiy va kimyoviy xossalari (tuzilishi, kimyoviy tarkibi, tarkibidagi
suv, gaz, organik va mineral unsurlar va hokazolar) endafik omillar guruhiga kiradi.
Ular tuproqda doimo yashovchi yoki vaqtincha yashovchi tirik organizmlarning
faoliyatini belgalaydi.
Gidrofizik va gidrokimyoviy omillar bevosita suv bilan bog’liqdir. Suv turli
organizmlar uchun hayot kechiradigan muhit va makon hisoblanadi. Suvning ekologik
qiymati uning tabiiy (ta’m, mazza, hid) va kimyoviy xossalari (tarkibi, qattiqligi, rangi
va hokazolar), hamda harakatchanligi bilan belgilanadi.
Antropogen omillar deb, inson faoliyatining tabiatga yoki mazkur turga ta’siriga
aytiladi. Olamdagi ―ikkilamchi‖ (insoniylashtirilgan) tabiat antropogen omillarning
natijasidir. Shaharlar,
suv omborlari, AES lar, GRESlar, yirik zavod va fabrikalar va
hokazolar – inson mehnati tufayli yuzaga keladi. Ularni ―ikkilamchi‖ yoki
insoniylashtirilgan tabiat deyiladi.
Insonning tabiiy muhitga ta’siri (antropogen omil) yillar davomida
murakkablashib, kengayib va chuqurlashib bormoqda. Oldin bu omilning ko’lami
biosferaning funksional faoliyati bilan mutanosiblikda borgan bo’lsa, oxirgi yillarga
kelib uning tazyiqi orta bordi, bu tazyiqning shakllari o’zgardi va vositalari kuchayib
ketdi. Natijada tabiat va jamiyat o’rtasidagi mutanosiblik buzildi va alohida
mintaqalarda ekologik inqiroz vujudga keldi. Orol dengizi
muammolarining kelib
chiqishi yoki Chernobil AES dagi fojia antronogen omillarning yorqin natijasidir.
Tabiatda uchrab turadigan tabiiy hodisalarni tahlil qilish va o’rganib chiqish yo’li
bilan har xil turlarning miqdor jihatidan ko’payishiga yoki aksincha, kamayishiga tashqi
12
muhitning abiotik va biotik omillari ta’sirini hisobga olib, ularni boshqarish mumkin va
sodir bo’ladigan hodisalarni bashorat qilish mumkin. Masalan, Buxoro viloyatidagi 70
dan ortiq biolaboratoriyalarda qishloq, xo’jalik zararkunandalariga qarshi maxsus
hasharotlar va mikroorganizmlar tayyorlanadi. Ishlab chiqarish korxonalarida namlik
darajasini oshirib, havo tarkibidagi chang zarrachalari ushlab qolinadi va shu yo’l bilan
havo tozalanadi. Demak, ekologik omil ta’sirini o’zgartirib, salbiy hodisalarni oldini
olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: