Муќаддима



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
Ekologiya qonunlari 
Dunyodagi barcha ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ekologik jarayonlar 
o’zaro chambarchas bog’liqdir. Ekologiyasiz iqtisodiyot va iqtisodiyotsiz ekologiya 
bo’lmaydi. Biosfera kompronentlari orasidagi turli xil aloqalar, biogeosenoz elemetlari 
orasidagi o’zaro bog’liqliklar, tabiat taraqqiyoti va o’z-o’zini mukammalashtirishi 
ekologiyaning 4 ta qonuniga o’z aksini topgan. Ekologiya qonunlari birinchi marotaba 
1974 yilda Amerikalik olim Barri Kommoner tomonidan fanga kiritilgan edi. 
1-qonun. Tabiatdagi barcha moddalar va hodisalar o’zaro bog’liq. Ushbu qonun 
biosferadagi barcha tirik organizmlar va ularni o’rab turgan tabiiy muhit orasidagi turli 
xil va shakldagi bog’liqiliklarni o’ziga aks ettiradi. Tabiiy muhitning fizikaviy-
kimiyoviy holatining har bir o’zgarishi aloqalar orqali biogeosenozlarga beriladi, 
natijada ularning rivojlanishiga katta ta’sir yetadi. 
2-qonun. Hamma narsalar qayergadir yashirinishi kerak. Har bir narsa izsiz 
yo’qolmaydi, balki bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi mumkin, bir molekulyar 
holatdan ikkinchisiga o’tishi mumkin. Bunday o’zgarishlar tirik organizmlarning 
yashash jarayoniga ta’sir yetadi. Masalan, yog’ingarchiliklar ko’proq sodir bo’lganda, 
tabiiy iqlim o’zgarib o’simliklar rivojlanishiga katta ta’sir etishi mumkin. Yoki yer 
qa’ridan qazib olinadigan ma’danlar, neft va gazlardan yangi moddalar va birikmalar 
olinadi. Ammo texnologik jarayonlar davomida ajralib chiqadigan chiqindilar tabiatga 
yoyilib ketgan. 
3-qonun. Biron-bir narsa tekinga berilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, har bir 
narsa uchun, shu jumladan, tabiatdan foydalanish uchun ham, to’lash kerak. Global 
ekologik sistemada, ya’ni biosferada har qanday foyda ko’rishlar, albatta, talofatlar 
bilan birga qo’lga kiradi. Ushbu talofat esa boshqa joyda paydo bo’ladi. Tabiatdan 
olingan har bir narsaning joyi albatta, to’ldirilishi shart. Masalan, bug’doy, arpa, 
ko’katlar va boshqa mahsulotlar yerdan fosfor, kaliy va shunga o’xshagan elementlarni 
oladi. Agar yerga ushbu kerakli elementlarni mineral o’g’it sifatida bermasak, kelgusida 
hosildorlik pasayib kyetadi. 
4-qonun. Tabiat yaxshi ―biladi‖. Ushbu qonun Erda hayotning paydo bo’lishi va 
rivojlanishiga asoslangandir. Masalan, Orol dengizi ming yillar davomida yashab keldi, 
ammo inson yarim asr davomida uni halokatga uchratib qo’ydi. Tabiatda har bir organik 
moddaning parchalantiruvchi fermenti mavjud. Tabiatda biron-bir organik moddani 
sintez qilish nihoyatda qiyin, agar uni parchalantiruvchi vositasi bo’lmasa. Hozirgi 
paytda inson shunday kimyoviy birikmalar yaratdiki, ular tabiiy muhitda 
parchalanmaydi (masalan, plastmassa va rezina mahsulotlari), ular yig’ilib qolib tabiiy 


15 
muhitni ifloslantirmoqda. Demak, ushbu qonun bizni tabiiy sistemalarni o’zgartirish 
(suv to’g’onlarni qurish, daryo oqimini o’zgartirish va b.) uchun oqilona yo’l 
tutishimizga ogohlantiradi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin