Муќаддима



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

Ekologiya va hadislar. 
Xalqimiz qadim zamonlardan ―badanning quvvati – ovqat, aqlning quvvati – 
hikmatli so’zdir‖, deb uqtirib kelgan. Hadislar mana shunday hikmatli so’zlar va 
donishmandlik durdonalari hisoblanadi. 
Hadislar ilmi bilan shug’ullangan mashhur markaziy Osiyolik allomalar Abu 
Abdulloh, Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, 
Abu Muhammad Abdullox ibn Abu ar-Raxmon ad Daramiy as-Samarqandiylar hadis 
ilmining asrdan-asrga saqlanib borishga ulkan hissa qo’shgan buyuk tarixiy shaxslar 
hisoblanadilar. 
Hadis bandlari ekologik ta’lim va tarbiyani singdirishga katta yordam beradi. 
Ularda ayrim o’simliklar va hayvonot turlarining xossalari, ozuqada tutgan o’rni va 
inson faoliyatidagi ahamiyati haqida nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. 
Hadislarning ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab-tergashga va ularni 
muhofaza qilishga o’rgatadi. Masalan, hadislarda ―qo’y boq, zero ayni barakadur‖ 
deyiladi. Demak, bu erda foydali hayvonlar populyasiyasini ko’paytirish va ulardan turli 
maqsadlarda foydalanish mumkinligi alohida ta’kidlab o’tilgan. 
Hadislarda ba’zi yosh hayvonot turlarini qurbonlik qilmaslik, ya’ni yosh 
populyasiyaning miqdorini saqlab qolish, voyaga etgandan keyin undan samarali 
foydalanish, shuningdek, bahor paytida ularning ko’payishini nazarda tutib, aynan mana 
shu oylarda qurbonlik qilmaslikka alohida to’xtalib o’tilgan. 
Ekologiyaga oid hadislardan quyidagi namunalarni keltirish mumkin. 
1. Qo’y boq, zero u ayni barakadur. Bu tilsiz hayvonlar to’g’risida Ollohdan 
ko’rqinglar. Ularni so’yishga yaroqli qilib, ya’ni syemirtirib so’yib englar. 
2. Qo’y barakadur, tuya ahliga izzatdir (egasiga azizdur). 
3. Otning peshonasiga qiyomatgacha yaxshilik yozilgandir. Uni boqqan kishi 
yaxshilik ko’radi. 
4. Tirik hayvondan kesib olingan et harom hisoblanadi. 
5. Islom dinida hayvoning bosh bolasini qurbonlik qilish bilan irim qilish yo’qdir 
hamda rajab oyining boshida qurbonlik qilish ham yo’qdir. 
6. Yirtqichlarning go’shtlari haromdir. 
7. Beshta yomon hayvonot turi borki, ular hajda ham, tashqarida ham 
o’ldiraveriladi; ilon, olaqarg’a, sichqon, kalxat va quturgan it. 
8. Ko’z oldingda otib tushurganingni egin, qochirib yuborganingni (o’lgan holda, 
keyin topib olsang) qo’y, ema. 
9. Dehqonchilik bilan shug’ullaninglar. U muborak kasbdur. Unga qo’riqchilarni 
ko’paytiringlar. Ekmoq niyatida qo’lingizda ko’chat turgan paytda, bexosdan qiyomat-
qoyim bo’lishi aniq bo’lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo’yavering. 
10. Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o’tqazsa, so’ng uning 
mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekkanidan eyilgan narsaning har biridan unga 
sadaqa savobi yoziladi. 
11. Soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan duzaxga tashlanadi. 


16 
12. Kimki suv toshqinini to’xtatsa yoki yong’inni o’chirsa, unga shaxidlik ajri 
beriladi. 
13. Olov dushmandir, undan ehtiyot bo’linglar. 
14. Suv muqaddas unsurlardan biridir. Suvga tupurmanglar, makrux bo’ladi. 
Islom dinida ichimlik suvi bilan ekin sug’orish man etilgan. 
15. SHamolni so’kmanglar, chunki u Olloxning raxmatidandir.U raxmatni ham
azobni ham olib keladi, lekin sizlar Olloxdan uning yaxshiligini so’ranglar, 
yomonligidan panoh tilanglar. 
16. Tejab sarflangan kishi kambag’al bo’lmaydi. 
Shunday qilib, Erga, suvga, hayvonot va hasharotlarga munosabatlarimizni 
tiklashimiz orqaligina Ona – tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin. Buning uchun 
hadislar har bir inson uchun dasturamal bo’lmog’i lozim. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin