21
zarar ko’rmoqda va tuproq quvvatining kamayishiga sabab bo’lmoqda.
Ma’lumotlarga
qaraganda, tuproqning zichligi 1,20-1,35 g/sm
3
atrofida bo’lishi
kerak. Ammo og’ir traktor erni bo’yi va eni tomon bir marotaba o’tsa, 20 sm
chuqurlikdagi tuproqning zichligi 1,50 g/sm
3
ni tashkil yetadi. Agar ushbu traktor 3
marotaba erga ishlov bersa, tuproqning zichligi 1,60 g/sm
3
gacha ortishi mumkin.
Demak, tuproq zarrachalari og’irlik kuchi ta’sirida zichlashib, qumursqa va
mikraorganizmlar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Hol
buki tuproq unumdorligini
aynan mana shu jonzotlar belgilaydi. Tuproq-tirik, katta bir jonli kombinatga o’xshaydi,
unda hamma vaqt hayot qaynab turadi.
4. YAylovlarda surunkasiga bir erga chorva mollarini boqish cho’l o’simliklari
hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, tuproq qatlamini eroziyaga uchrashishiga sabab
bo’ladi.
5. O’rmonzorlarni haddan tashqari qisqartirilishi nisbiy namlikni 5-10%
kamaytiradi, atmosfera havosiga chiqariladigan kislorod (O
2
) miqdorini kamayishiga
sabab bo’ladi, karbonat angadrid (SO
2
) gazini ortishiga va iqlimning o’zgarishiga olib
keladi.
b. Daryo suvlari oqimini o’zgartirish va xususan yangi suv omborlarini qurish –
quyi mintaqalarda ekologik tanglikni keltirib chiqarmoqda. Masalan, Arnasoy ko’llari
tizimida vujudga kelgan ekologik muammolar buning yorqin misolidir.
7 .YAngi kimyoviy moddalardan keng ko’lamda qo’llanilishi ekologik
muvozanatni buzishiga olib kelmoqda. Masalan, agar 1960 yilgacha 1mln
turdagi
kimyoviy moddalar ishlatilgan bo’lsa, 1970 yilga kelib ularning turlari 1mln 200ming
gacha etdi. Ularning ko’pchiligi modda almashishiga ishtirok etmasada, ammo vaqt
o’tishi bilan salbiy oqibatlarga keltirishi mumkin. Masalan, bir qator sintetik moddalar
(plastmassa turlari, rezina, plyonka va tolalar va boshqalar) tabiiy holda zararli emas,
ammo ularmi qo’ydirib yuborish atrof-muhitga salbiy ta’sir yetadi.
SHuning uchun
ularga qayta ishlov beriladi, yoki umuman maxsus poligonlarda ko’mib tashlanadi.
8. Tabiiy resurslardan jadal va rejasiz foydalanish jon boshiga iste’mol
qilinadigan mahsulotlar miqdorini o’sishiga sabab bo’lmoqda. Masalan, 1940 yilda
iste’mol qilinadigan mahsulotlar 7,4 tonnani, 1960 yilda 14,Z t tashkil etgan bo’lsa,
2000 yilga kelib 35-40 tonnani tashkil etdi.
Yiliga 100 mlrd t boyliklarni qazib olish uchun 600 mlrd t tog’ jinslari bir joydan
ikkinchi joyga ko’chiriladi. Natijada turli chuqurlik va xandaklar, tashlandiq tog’
uyumlari va turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan chiqindilar paydo bo’lmoqda. Ular
shamol va yog’ingarchiliklar ta’sirida atrof-muhit musaffoligiga katta ta’sir
ko’rsatmoqda.
9. Urbanizasiya jarayoni, ya’ni
aholining ortib borishi, yangi shaharlar paydo
bo’lishi va yangi infratuzilmalar vujudga kelishi ham inson faoliyati bilan chambarchas
bog’liqdir.
Agar 1975 yilda dunyo aholisining 40% shaharlarda yashagan bo’lsa, xozirgi
paytda bu 45% ni tashkil etmoqda.
AQSH va YAponiyada umumiy aholining 70%i, Fransiyada 75%i, Buyuk
Britaniyada 80%i shaharlarda yashaydi. Respublikamiz umumiy aholisining 40,3%i
shaharlarda yashab kelmoqda. O’zbekistonda aholisi 100 ming kishidan ortiq bo’lgan
110 ta shaharlar mavjud. Hozirgi paytda shahar aholisining o’rtacha
odam boshiga