5-ma’ruza. Chiqidisiz texnologik jarayonlarni tashkil qilishning asosiy
prinsiplari
R e j a:
1. Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar
2. Chikindisiz texnologiyalarning asosiy prinsiplari.
Tayanch atama va iboralar.
Radioaktiv moddalar, chiqindisiz va kamchiqindili texnologiyalar, mineral
resurslar, ishlab chiqarish resurslari, istemolga yaroqsiz chiqindilar, ikkilamchi
materiallar resurslari, ikkilamchi energetik resurslar.
A d a b i y o t l a r.
1. Лаcкорин Б.Н., Барский А.Д., Персин В.З. Безотходная технология
переработки минералного сырья. М.:Недра, 1984.
2. Ишмухамедов А. Молоотходная технология и окружающая среда.
Т.:Мехнат, 1988.
3. Рoдионов А.И., Клушин В.Н., Торочешников Н.С. Техника защиты охрана
окружающей среды. М.:Химия, 1989, 512с.
4. Охрана окружающей среды. Под ред. С.Б. Белова, М.: Высшая школа, 1991,
319 с.
5. O’zbekiston Respublikasi «Er to’g’risidagi» qonuni. T.:Adolat, 1996.
Nazorat savollari.
1. CHiqindilar tarkibidan olingan sianitlar, fosfogibs, lignin va ularning
qo’llanish sohalari haqida ma’lumot bering.
2. Vujudga kelgan ekologak muammolarning yechimi nimalarga bog’liq?
3. ―CHiqindisiz texnologiya‖ atamasining shartliligini isbotlang.
4. ―CHiqindisiz texnologiya‖ deb nimaga aytiladi?
5. ―Kamchiqindili texnologiya‖ deb nimaga aytiladi?
6. Xom ashyolardan to’liq foydalanish, ishlab chiqarish chiqindilari, istemolga
yaroqsiz chiqindilar, ikkilamchi materiallari, istemolga yaroqsiz chiqindilar,
ikkilamchi materiallar resursi va ikkilamchi energetik resurslari haqida
batafsil ma’lumot bering.
Chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar.
Birinchi marotaba o`tgan asrning 50-chi yillarida rus olimlari akad. N.N. Semyonov
va I.V.Petryanovlar ―chiqindisiz texnologiya‖ atamasini fanga kiritgan edilar. Hozirgi
paytda ―chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalar‖ atamalari o`rniga ―toza yoki
birmuncha toza texnologiyalar‖ atamalari ham qo`llaniladi.
31
Chiqindisiz texnologiya – insoniyat ehtiyojini qondirish maqsadida bilimlar, usullar
va vositalarining amalda tadbiq etish, tabiiy resurslardan va energiyadan samarali
foydalanish ta`minlash va atrof – muhitni muhofazalashdir.
Chiqindisiz texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday samarali usuliki,
unda ―xom-ashyo - ishlab chiqarish – iste`mol qilish – ikkilamchi xom-ashyo resurslari‖
ciklida xom-ashyolardan va energiyadan unumli va kompleks ravishda qo`llaniladi va
tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir uning normal holatidan chiqara
olmaydi.
Ushbu ta`rifda 3 ta sharf mavjud:
1. Chiqindisiz ishlab chiqarish negizini inson tomonidan ongli ravishda tashkil
etilgan va rostlangan moddalarning texnogen aylanishi tashkil yetadi.
2. Xom-ashyo tarkibida mavjud bo`lgan barcha komponentlardan samarali
foydalanish va energiya resurslari potencialidan to`liq foydalanishning majburiyligi.
3. Chiqindisiz texnologiyaning tabiiy atrof-muhitga va uning normal ishlashiga
ta`sir etmasligi.
―Fizika‖ kursidan ma`lumki, termodinamikaning II – chi qonuniga asosan, davriy
ishlaydigan mashinalarning foydali ish koefficenti (FIK) ni quyidagi formulalar
yordamida hisoblash mumkin:
Demak, sovutgichdan olinadigan issiqlik miqdori Q
2
= 0 yoki sovutgichning harorati
T
2
= 0 bo`lgandagina, davriy ishlaydigan mashinaning FIK 100% ga teng bo`la oladi.
Ammo Nerist ko`rsatganidek, absalyut nol haroratni olish mumkin emas. Demak, davriy
ishlaydigan mashinalarning FIK 100% ga teng bo`lgan mashinani yasab bo`lmaydi,
yoki isitgichdan Q
1
issiqlik miqdorini olib, bu issiqlikni to`liq termodinamikaning II –
chi qonunini ifodalaydi. Ushbu qonunning quyidagicha ta`riflash mumkin: faqat bitta
issiqlik manbai bilan ishlaydigan mashinani yasab bo`lmaydi.
FIK 100% ga teng bo`lgan mashinalarga perpetium mobilening ikkinchi turi deb
ataydilar va termodinamikaning II – chi qonunini perpetium mobileni ikkinchi turini
yasash mumkin emas, deb ta`riflaydilar.
Termodinamikaning II – chi qonuniga asosan, nazariy jihatdan 100% chiqindisiz
texnologiyani yaratish mumkin. Ammo amalda (real hayotda) ishlab chiqarish
jarayonlarida energiya isrofi bo`ladi, ya`ni energiyaning ma`lum bir miqdori
mashinaning isib ketishiga mumkin. Shuning uchun ―chiqindisiz texnologiya‖ atamasi
shartli bo`lib, uning o`rniga ―ekologik toza texnologiya‖ yoki ―ekologiya zararsiz
texnologiya‖ atamalari qo`llaniladi.
Kam chiqindili texnologiya – mahsulot ishlab chiqarishning shunday usuliki, unda
tabiiy atrof-muhitga etkazilgan har qanday ta`sir ruxsat etilgan sanitariya – gigienik
me`yorlaridan oshmaydi. Bunda tashkiliy, texnik va iktisodiy sabablarga kura, xom
ashyoning m`lum bir kichik mikdori chikindi bulib kolishi mumkin.
Kam chikindili ishlab chikarishni tashkil etishning asosiy shartifoydalanishga
yaroksiz bulib chikindilarni, xususan, zaxarli moddalarni zararsizlantirish sistemasining
mavjudligidir. Bunda chikindilarning tabiiy atrof - muxitga etkaziladigan ta`siri
32
ularningruxsat etilgan chegaraviy koncentraciyalaridan oshib ketmasligi kerak.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, « chikindisiz va kam chikindili texnologiyalar»
atamalari «tabiiy resurslar», «xom – ashyolarga kompleks ishlov berish», «resurslardan
samarali foydalanish», «kushimcha mahsulotlar», «ishlab chikarish chikindilari»,
«foydalanishga yaroksiz chikindilar», «ikkilamchi materiallar resurslari», «ikkilamchi
energetik resurslar», «iktisodiy zarar» kabi atamlar bilan uzviy boglikdir.
Tabiiy resurslar. Suv, er, mineral resurslar, xayvonot va usimliklarresursi, Kuyosh
energiyasi, er ka`ridan olinadigan energiyalar ( masalan, minerallashgan issik suv
energiyasi ) va boshkalar tabiiyresurslar deb ataladi.
Mineral resurslar. Bu er ka`ridagi mineral xom – ashyo ( ko’mir, neft, gaz, ma`danli
va ma`dansiz kazilmalar ) zahiralarining majmundir.
Xom – ashelardan kompleks foydalanish. Bu xom – ashyo va ishlab chikarish
chikindilari tarkibida mavjud bulgan foydali komponentlardan tulik foydalanish
demakdir.
Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, xom – ashe tarkibidagi kimmatbaxo
komponentlarni ajratib olish darajasi va ulardan samarali foydalanish texnika
tarakkiyotiga va jamiyatning ularga bulgan ehtiyojiga boglikdir. Xom – ashyolardan
xama tomonlama kompleks ravishda foydalanish ishlab chikarish samaradorligini
oshiradi,mahsulot turlari va xajmining kupayishini ta`minlaydi, olingan mahsulotlarning
narxini pasaytiradi, xom – ashyo zahiralarini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlarni
kamaytiradi va, eng muximi, tabiiy atrof – muxit ifloslanishining oldini olishga kata
yordam beradi.
Shuni xam yodda tutish kerakki, amalda xom – ashyolaga fizik – kimyoviy ishlov
berish paytida asosiy ishlab chikarish mahsuloti Bilan birga kushimcha oralik yoki
yulakay mahsulotlar ( masalan, changlar, tutunlar, gazlarning aralashmasi, okova
suvlari, Bug, kalta tolalar, kukonlar, toshkollar, kuykumlar va boshkalar ) paydo bulishi
mumkin. Masalan, paxtadan tola olish paytida turli kimyoviy tarkibga ega bulgan
changlar, kalta-kalta tolagalar, lint va momiklar paydo buladi. Yoki metallurgiya
korxonalarida ma`danlardan mis, nikel, rux, kobalt va boshka kimmatbaxo metallarni
ajratib olish paytida oltin gugurt ajralib chikadi. Oltin gugurt neft va tabiiy gazlarning
tarkibida xam mavjud. Ammo oltin gugurt takibida magimush, tellur, selen
kabielementlar xam mavjud. Yoki alyuminiy ishlab chikarishda tabiiy atrof – muxitni
ifloslantiruvchi ftor birikmalari ajralib chikadi. Agar tola, mis, nikel, rux, kobalt,
alyuminiy neft va gaz asosiy mahsulot xisoblansa, ularning ishlab chikarishda paydo
bulgan changlar, kalta-kalta tolachalar, lint va momiklar, oltingugurut, margimush,
tellur, selen va ftor birikmalari kushimcha oralik yoki yulakay mahsulotlar xisoblanadi.
Ularning paydo bulishi ishlab chikarish jarayonining asosiy maksadi emas, lekin
ulardan xom-ashyo yoki tayyor mahsulot sifatida foydalanish mumkin. Masalan, 1
tonna oltingugurtda 3 tonna sulfat kislotasi, oltingugurt kush oksida (SO2) va boshka
mahsulotlar ishlab chikariladi. Bundan tashkari, oltingugurt mineral ugitlar (sulfat
kislotasi sifatida), kogoz (SO2 sifatida), rezina mahsulotlari, kir yuvish kukunlari va
kurilish materiallari ishlab chikarishda nixoyattda kimmatbaxo xom-ashyo xisoblanadi.
Tellur va selen yarimutkazgichlar ishlab chikarishda asosiy xom-ashyo xisoblanadi. Ftor
birikmalari, ftorid kislotasi ishlab chikarishda asosiy xom-ashyo xisoblanadi.
Ishlab chikarish korxonalarida esa, bunday kushimcha oralik yoki yulakay
33
mahsulotlar uchun davlat andozalari (DAVANlar), tarmok andozalari, texnik me`yorlar
va tasdiklangan narxlar buladi. Agar kushimcha oralik yoki yulakay mahsulotlarning
ajralib chikishi yoki ularga kayta ishlov berish ektisodiy nuktam nazardan maksadga
muvofik deb topilmasa, unda ulardan yonilgi sifatida foydalanish mumkin.
Ishlab chikarish chikindilari. Bu xom-ashyo koldiklari, kisman yoki tulik sifatini
yukotgan va davlat andozalariga mos kelmaydigan materiallar va yarimmahsulotlar
(polufabrikatlar) dir. Bunday chikindilarga ishlov bermasdan yoki dastlabki ishlov
berib, kayta ishlab chikarishda foydalanish mumkin. Masalan, plastmassadan
tayyorlangan mahsulotlar ( idishlar, kuvurlar, plenkalar, uy-ruzgor buyumlari va
boshkalar), rangini, andozalarini yukotgan, bir marotaba ishlatiladigan mahsulotlar
(shipriclar)ning sifat kursatgichlari davlat andozalariga mos kelmasa, ular ishlab
chikarish chikindilari xisoblanishi mumkin.
Iste`molga yaroksiz chikindilar. Bu dastlabki xossalarini tiklab bulmaydigan,
kullash muddatini utab bulgan materiallar yoki turli eskirgan buyumlardir.
Ikkilamchi materiallar resursi. Bu ishlab chikarish chikindilari va iste`molgan
yaroksiz chikindilarning majmui bulib, shu guruhga kushimcha oralik yoki yulakay
mahsulotlani xam kiritish mumkin. Ulardan mahsulot ishlab chikarishda asosiy xom-
ashyo sifatida yoki yordamchi material sifatida foydalanish mumkin. Bunday
chikindilar sanoat korxonalari uchun materiallar resursining potencial zahirasi
xisoblanadi. Masalan, eskirgan yoki kullash muddatini utab bulgan materiallar-
plenkalar, idishlar, va shunga uxshagan materiallardan ishlab chikarishda foydalanish
katta iktisodiy foyda garovidir.
Ikkilamchi energetik resurslar. Bu mahsulotlar, chikindilar, kushimcha oralik yoki
yulakay ajralib chikadigan moddalarning energetik potenciali bulib, ular texnologik
jarayonlarning kechishi paytida paydo buladi. Ularda korxonaning uzida yoki
korxonadan tashkari iste`molchilarni energiya bilan ta`minlashida kisman eki tulik
foydalaniladi.
Ikkilamchi energetik resurslar 3 xil bulishi mumkin:
1. Enilgi sifatida kullaniladigan ikkilamchi energetik resurslar.
2. Issiklik sifatida kullaniladigan ikkilamchi energetik resurslar.
3. Mexanik ikkilamchi energetik resurslar.
Yonilgi ikkilamchi energetik resurslar guruhiga shunday chikindilar,
tashlanmalar, axlatlar yoki kushimcha oralik mahsulotlar kiradiki, ulardan fakat yonilgi
sifatida foydalanish mumkin. Masalan, chikindilar, tashlanmalar va axlatlarni
zararsizlantirish maksadida, kupincha ular maxsus uchoklarda yondirilib yuboriladi.
Mana shu jarayonda xosil bulgan energiya yonilgi ikkilamchi energetik resurslarga
kiradi.
Issiklik ikkilamchi energetik resurslar guruhiga uchoklardan chikadigan tutunlar,
gazlar va ularning mexanik aralashmalarining fizik issikligi, moddalar okimining
issikligi, suvning issikligi va boshkalar kiradi. Masalan, ishlab chikarish jarayonida
paydo buladigan yukori xaroratli buglar bilan korxonadagi binolarni isitish mumkin
yoki korxonadan tashkari istimolchilarning ehtiyojini kondirish mumkin. Yoki
korxonada xosil bulgan okova suvlari yordamida kurilma va asbob-anjomlarni sovutish
mumkin. Bu esa, nafakat katta iktisodiy foyda keltiradi, balki tabiiy atrof-muxid
susaffologini ta`milashda katta yordam beradi.
34
Mexanik ikkilamchi energetik resurslar. Guruhiga texnologik jarayonlardan
paydo buladigan issikliklar yoki sikilgan gazlarning energiyasi va boshkalar kiradi.
Shuni xam aloxida eslatib utish kerakki, sanoat korxonalari orasida alyuminiy ishlab
chikarish zavodlari eng kun elektr energiyasini sarflaydi. Bir tonna alyuminiy ishlab
chikarish uchun 15-16 ming kVt. soat elektr energiyasi sarflanadi. Demak, chikindisiz
ishlab chikarishni joriy etishning yagona maksadi fakatgina xoll-ashyo va chikindilarda
samarali foydalanishdan iborat emas, balki energiya turlaridan va ikkilamchi energetik
resurslardan samarali foydalanishni, shuningdek, energiya tejovchi texnologiyalar
yaratishni xam takozo yetadi.
Dostları ilə paylaş: |