Муќаддима


-MA’RUZA. BIOSFERA HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

3-MA’RUZA. BIOSFERA HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING 
CHEGARALARI 
R e j a: 
1. Biosfera va noosfera haqida ma’lumot. 
2. Biosferaning chegaralari 
3. Biosenoz haqida ma’lumot 
Tayanch atama va iboralar 
Biosferaning fizik parametrlari, azot, suv, kislorod, bulut, karbonat angidrid, 
chang, fotosintez jarayoni biosenoz, biogiosenoz, biogen moddalar to’lqin uzunligi
freon gazlari.  
 
A d a b i y o t l a r 
1. 
Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. T.:O’qituvchi, 1997, 112 b. 
2. 
Abdullava 0.,Toshmatov 3. O’zbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T.:Fan, 
1992. 
3. 
Shodimetov YU. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.:O’qituvchi, 1994. 
4. 
Otaboev SH., Nabiev N. Inson va biosfera. T.:O’qituvchi, 1995, 320 b. 
5. 
Бекназов Р.У., Новиков Ю.В. Охрана природы. Т.:Ўқитувчи, 1995, 584 Б. 
Nazorat savollari 
1. Biosfera nima va biosfera haqidagi ta’limotning asoschisi kim
2. Gidrofil, gigrofil va mezafil guruhlari haqida ma’lumot bering. 
3. Ekologik inqiroz qaysi holatlarda vujudga kelishi mumkin? 
4. Tirik, o’lik, oraliq va biogen moddalar deb nimalarni tushunasiz? 
5. Biogeosenoz, fitosenoz, zoosenoz haqida ma’lumot bering. 
 
 Biosfera va noosfera haqida ma’lumot 
―Biosfera‖ tushunchasi fanga avstraliyalik zoolog E.Zyuss tomonidan 1875 yilda 
kiritilgan. Ammo biosfera haqidagi ta’limot akad. V.I. Vernadskiy tomonidan 
yaratilgan. 
Biosfera atmosferaning 10-25 km, gidrosferaning 11 km gacha va litosferaning 
3,5 km gacha bo’lgan qatlamini, ya’ni hayot mavjud bo’lgan qatlamini o’z ichiga oladi. 
Boshqacha qilib aytganda, biosfera atmosferaning pastki qismi (troposfera)ni, yer 
yuzasining okean, dengiz, ko’l va daryo suvlari bilan qoplangan qismi (gidrosfera)ni, 
hamda yer qobig’ining ustki qismi (litosfera)ni o’z ichiga oladi. 
Biosfera – hayot, yashash sohasi, yerning hayotga makon bo’lgan, tirik 
organizmlar tarqalgan joyidir. Gidrosfera va litosfera esa, go’yo moddalar va 
energiyalar aylanib turganidek, murakkab biokimyoviy sikllar bilan o’zaro 
bog’langandir. 
Erning tirik organizmlari va biogen chiqindi tog’ jinslari tarqalgan qismini rus 
olimi akad. V.I.Vernadskiy biosfera deb nomlagan. Biosfera sayyoramizdagi ―hayot 


24 
qobig’i‖ hisoblanib, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa va 
munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuidir. Biosfera yerning faol 
qobig’i bo’lib, undagi tirik organizmlar faoliyati asosiy geokimyoviy omil sifatida 
hamda muhit hosil qiluvchi omil sifatida xizmat qiladi. Biosfera tarkibiga tirik 
organizmlar va ularning yashash joylari kiradi. Biosferada organizmlar o’rtasida 
murakkab o’zaro aloqalar mavjud bo’lib, bir butun organik harakatidagi tizimni tashkil 
yetadi. Demak, biosfera murakkab harakatdagi tizim hisoblanadi. Biosferada moddalar 
almashinuvi natijasida energiyani qabul qilish, to’plash va o’tkazilishi kabi jarayonlar 
kechib turadi. 
Sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini V.I.Vernadskiy tirik modda 
deb atagan edi. Tirik moddaning eng muhim xususiyatlari 3 ta bo’ladi: 
1. Tirik moddaning umumiy vazni. 
2. Tirik moddaning tarkibi. 
3. Tirik moddaning energiyasi. 
Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik modda hisoblanadi. Uning hosil 
bo’lishida biosferadagi barcha moddalar yig’indisi, shuningdek tirik organizmlar 
qatnashadi. 
Biosferaning uchinchi tarkibiy qismi oraliq moddalar hisoblanadi. Ular tirik va 
o’lik moddalarning birgalikdagi faoliyati natijasida hosil bo’ladi. Tuproq, yemirilgan 
tog’ jinslari va barcha tabiiy suvlar oraliq moddalarga misol bo’la oladi. 
Biosferaning 4 chi tarkibiy qismi biogen moddalar hisoblanadi. Ular tirik 
organizmlarning hayoti davomida hosil bo’ladi va o’zgarishlarga uchrab turadi. 
Nihoyatda katta potensial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft, ohaktoshlar 
va boshqalar biogen moddalarga misol bo’la oladi. 
Biosferani oddiy birlamchi tuzilmasining birligi biogeosenoz hisoblanadi. 
Muayyan tashqi muhit sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va 
mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeosenoz deyiladi. Ushbu tushunchani 
birinchi marotaba V.L.Sukachev fanga kiritgan edi. 
Agar bir necha tur o’simliklar birgalikda yashasa fitosenoz (o’simliklar jamoasi) 
deyiladi. Agar bir necha tur hayvonlar birgalikda yashasa zoosenoz (hayvonlar jamoasi) 
deyiladi. 
Biogenozlar rang-barang bo’lib, iqlim va hududning tarixi va tabiatiga bog’liq 
holda vujudga kelgan. Masalan, tropik mintaqalaridagi o’rmonlarning biogeosenozlari 
ancha qashshoq bo’lgan Arktika tundralariga nisbatan ancha mahsuldordir. Okean 
tubidagi biogenozlar esa, dengiz va okeanlar sohillari yaqinidagi sayoz joylar 
biogenozlariga qaraganda sermahsul emas. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, populyasiya to’g’risidagi ta’limot asosida 
tabiatdagi ko’pgina murakkab va hayotiy jarayonlarni, ya’ni biogeosenozlarni 
o’rganishga imkoniyat yaratildi. Biogeosenozlarni o’rganishga biogeosenoligiya 
deyiladi. 
Tabiatdagi biogeosenozning turli tarif komponentlari yashash jarayonida birlashib 
biologik borliq, ya’ni biogeosenozni tashkil yetadi. Biosenoz (lotincha so’z bo’lib, 
―bios‖-hayot, ―senoz‖-umumiy degan ma’noni anglatadi) deyilganda, bir xil muhitga 
moslashib olgan va bir joyning o’zida birga yashaydigan barcha organizmlar tushiniladi. 
Biosenozning katta-kichikligi har xil bo’lishi mumkin. 


25 
Biosenoz barcha turdagi organizmlar populyasiyasining yig’indisi bo’lib, ma’lum 
bir geografik hududda hayot kechiradi. Bunday hududlar qo’shni hududlar yoki 
joylardan tuproq va suvlarning kimyoviy tarkibi, joyning past-balandligi, quyosh nurlari 
radiasiyasi va boshqa tabiiy ko’rsatgichlari bilan farq qiladi. Biosenozda yashaydigan 
nabotot va hayvonot turlari doimo o’zaro munosabatda bo’ladi. Biosenozning 
rivojlanish jarayoni odata nihoyat uzoq davom yetadi. Inson o’zining hayotiy 
ehtiyojlariga qarab biosenozni o’ziga ma’qul bo’lgan tomonga o’zgartirishi mumkin. 
Insoniyat jamiyati o’zining barcha xususiyatlari bilan birga yer yuzidagi hayot 
rivojlanishi (biogenoz)ning navbatdagi bosqichi hisoblanadi. Insoi eng kuchli tabiiy 
omil sifatida nafaqat sayyoramizni, balki koinotni ham o’zgartirib yubormoqda. Mana 
shu yerda mantiqiy savol tug’iladi: 
1. Kelajakda inson va biosferaning rivojlanishi qanday bo’ladi? 
2. Qanday qilib biosferani parchalanib ketishining oldini olish mumkin? 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamiyatning rivojlanish jarayonlarini to’xtatib 
bo’lmaydi. Lekin inson faoliyatining biosferaga ko’rsatayotgan ta’sirini cheklash yoki 
boshqarish mumkin. Agar biogen va geologik moddalarni aylanib turishi va ishlab 
chiqariladigan barcha energiya turlarini to’g’ri taqsimlab bilsak, biosferaning 
turg’unligini ta’minlash mumkin. Ya’ni, inson va biosferaning rivojlanishiga ta’sir 
etmagan bo’lamiz. 
Biogenez bosqichidan boshlab hozirgi davrdagi hayot evolyusiyasi aql yoki 
tafakkurning rivojlanish bosqichi, ya’ni neogenez deb qaraladi, Oxirgi yillarda 
biosferaning asta-sekin noosferaga aylanishi kuzatilmoqda, ―Noosfera‖ tushunchasini 
fransuz matematigi va faylasufi V.M.Rau fanga kiritgan edi. ―Noos‖-ong demakdir. 
Noosfera – aql – idrok ta’siridagi makondir. Noosferaning lug’aviy ma’nosi 
―fikrlovchi qobiq‖ demakdir. V.I.Vernadskiy fikricha, noosfera biosferaning qonuniy 
rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan bosqichdir. Noosfera inson va tabiat o’rtasidagi 
o’zaro ongli aloqalar va munosabatlarni o’z ichiga oladi. 


26 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin