Муќаддима


Atrof-muhitni muhofaza qilish tizimlari va qonunchiligi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

Atrof-muhitni muhofaza qilish tizimlari va qonunchiligi. 
Hozirgi paytda O’zbekistonda atrof muhitni muhofaza qilishning quyidagi 
tizimlari faoliyati ko’rsatmoqda. 
1. Respublika Oliy Majlisi (Parlamenti). U tabiatni muhofaza qilish davlat 
siyosati belgilaydi, qonuniy ekologik rasmiy hujjatlarni qabul qiladi, Tabiatni muhofaza 
qilish Davlat Qo’mitasi va boshqa muassasalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va 
yo’naltiradi. 
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti. Vujudga kelgan barcha ekologik 
muammolar bo’yicha strategik qarorlarni qabul qiladi va atrof-muhitni muhofaza qilish 
soxasida Xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga raxbarlik qiladi. 
3. Respublika Vazirlar Mahkamasi. Tabiatni muhofaza qilish davlat siyosatini 
amalga oshirish bilan shug’ullanadi, ekologik maqsadlardagi davlat dasturlarini ishlab 
chiqaradi, ularni qabul qiladi, bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslar hisob-kitobini 
olib boradi va baholashga javob beradi. Uning vakolatiga barcha vazirliklar, davlat 
qo’mitalari, korxona va muassasalar, tashkilotlar faoliyati va ekologik huquqiy 
me’yorlar, standartlarga amal qilish ustidan davlat ekologik nazorati, davlat ekologik 
ekspertizasini o’tkazish, atrof-muhit sifati me’yorlarini ishlab-chiqish, ifloslovchi 
birikmalar va chiqindilarni chiqarish va tashlashga ruxsatlar berish va bekor qilish 
kiradi. 
4. Respublika Sog’liqni Saqlash Vazirligi. Ekologo-gegienik me’yorlar va 
himoya vositalari hamda tadbirlarini ishlab chiqardi, atrof-muhit sifati me’yorlarini: 
tasdiqlaydi. Aholi yashaydigan joylarda atmosfera havosini va ichimlik suvini 
ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash usullarini ishlab chiqaradi, ifloslaitiruvchi 
moddalar uchun ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiyalarning sanitariya me’yorlarini 
tasdiqlaydi. Turar joy uylari qurilishida yo’l qo’yiladigan shovqin darajasi, infratovush 
va past chastotali shovqinlarining yo’l qo’yiladigan darajasini belgilaydi. 
5. Respublika Makroiqtisodiyot va Sitatistika Vazirligi. Atrof-muhit holatini 
qisqa muddatli va uzoq muddatli bashoratlarini tuzadi, shuningdek, harajatlar va tabiatni 
muhofaza qilish tadbirlari bo’yicha barcha axborotlarni umumlashtiradi. 
6. Respublika Gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish Davlat 
Qo’mitasi. Atmosfera havosini muhofaza qiliga chora-tadbirlarini kerakli davlat 
muassasalari bilan kelshish, ekspertizadan o’tkazish va loyiha bo’yicha atmosfera 


17 
havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishiga ruxsatnomalar beradi, iqlim 
o’zgarishini bashorat qiladi, korxona va muassasalarning atmosfera havosidagi 
chiqindilardagi zararli va zaharli moddalar konsentrasiyalarini hisoblash usullarni ishlab 
chiqadi. 
7. Respublika tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo’mitasi. Respublikada tabiatni 
muhofaza qilish, tabiiy zahiralaridan unumli foydalanish va qayta ishlab chiqarish 
masalalari bilan mana shu Davlat qo’mitasi shug’ullanadi. Qoraqaliog’iston Avtonom 
Respublikasi va barcha vnloyatlarda tabiatni muhofaza qilish qo’mitalari mavjud. 
Respublika tabiatni muhofaza qilish Davlat Qo’mitasining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
1. Atrof-muhitning holati va undan foydalanish ustidan nazorat qiladi. 
2. Tabiatni muhofaza qilish me’yorlarini buzuvchi sanoat ob’ektlarini qurish va 
ishlatishni man yetadi. 
3. Vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, tabiatdan unumli 
foydalanish sohasida yagona ilmiy-texnik siyosatni ishlab chiqib, amalga oshiradi. 
4. Ekologik me’yorlar, qoidalar va standartlarni tasdiqdaydi. 
5. YAngi texnika va texnalogiyalarni, shuningdek, yangi korxonalar qurilash 
loyihalari va rekonstruksiyasi bo’yicha davlat ekologik ekpertizasini o’tkazadi. 
6. Moddalarni atmosferaga chiqarish, chiqindilarni yo’qotish, suvdan va 
atmosfera havosidan foydalanish, Erlarni ajratish uchun ruxsatnomalar beradi. 
7. Tabiatni muhofaza kilish bo’yicha xalqaro hamkorlik, rejalarini tuzadi va 
amalga oshiradi. 
O’zbekiston Reepublikasida eski qonuniy aktlarni qayta ko’radigan va yangilarini 
yaratadigan qonunchilikning isloxoti o’tkazilmoqda. Fuqarolarning ekologik xavfsizligi 
1992 yil 8 dekabrda Respublika Oliy Majlisi XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiya 
bilan kafolatlanadi. Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha qonunlar tabiatni muhofaza qilish 
aa tabiatdan oqilona foydalanishning qabul qilingan tamoyillari asosida axoli ekologik 
xavfsizligining iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarini yaratdi. 
1. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan ―Davlat sanitar 
nazorati to’g’risida‖gi qonuni ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, turli iqtisodiy 
faoliyat uchun sanitar me’yorlarni belgilaydi, sanitar me’yorlarni buzadigan va atrof-
muhitga salbiy ta’sir ko’rsatadigan faoliyatni ta’qiqlaydi. 
2. Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy akt O’zbekiston 
Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan ―Tabiatni muhofaza qilish 
to’g’risida‖gi qonuni hisoblanadi. 
3. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan. ―Suv va 
suvdan foydalanish to’g’risida‖gi qonuni suv munosabatlarini, axoli va xalq xo’jaligi 
ehtiyojlari uchun suvdan oqilona foydalanishni tartibga soladi, sheningdek, suv 
munosabatlari sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va 
fuqarolarning huquqlarini himoya qiladi. 
4. O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan ―Alohida 
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar to’g’risida»gi qonuni hozirgi va kelgusi avlodlar 
ehtiyojlarini ko’zlab, milliy boylik va umumxalq mulki hisoblangan noyob tabiiy 
komplekslarni tashkil qilish, boshqarish va muhofaza qilishning umumiy huquqiy, 
ekologik, iqtisodiy, tashkiliy asoslarini belgilaydi. 


18 
5. O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekbrda qabul qilingan ―Atmosfera 
havosni muhofaza qilish to’g’risida‖gi qonuni davlat organlari, korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlar, jamoat uyushmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish 
sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solishni belgalaydi. 
6. Zarur huquqiy asosni yaratish uchun hozirdayoq atrof-muhitni muhofaza qilish, 
tabiatdan foydalanish va energiyadan foydalanish O’zbekiston Respublikasining 1997 
yil 25 aprelida qabul qilingan ―Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida‖gi qonuni 
bilan to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita bog’langan 100 yakin qonuniy hujjatlar qabul 
qilingan. 
7. O’zbekiston Respublikasining ―O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va 
undan foydalanish to’g’risida‖gi qonuni 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan. Tabiiy 
o’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish sohasidagi 
munosabatlarni tartibga soladi. 
8. O’zbekiston Respublikasining ―Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan 
foydalanish to’g’risida‖gi qonuni 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan. Hayvonot 
dunyosini muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish va qayta tiklash sohasidagi 
munosabatlarni tartibga soladi. 
9. O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan ―O’rmon 
to’g’risida‖gi qonuni o’rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. 
10. Tabiatni muhofaza qilish qonunlarini bueganligi uchun jinoiy, ma’muriy, 
fuqorolik-huquqiy (moddiy), intizomiy va mulkiy javobgarlik belgilangan va bu 
O’zbekiston Respublikasining ―Jinoiy javobgarlik‖ kodeksida, ―Ma’muriy javobgarlik‖ 
kodeksida, ―Fuqoroviy‖ va ―Mehnat‖ kodeksilarida o’z aksini tongan. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi respublika ekologik siyosatining 
ajralmas qismiga aylandi, O’zbekiston 10 ta konvensiyaga qo’shildi va atrof-muhitni 
muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish to’g’risidagi 12 Xalqaro shartnomalarni 
imzoladi va ularning shart va talablarini bajarish bo’yicha Jahon Hamjamiyati oldida 
ma’lum majburiyatlarini qabul qildi. Masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish, 
cho’llashishga qarshi kurash, biologik xilma-xillikni saqlash, Ozon qobig’ini 
yemirtiruvchi ozon (Oz), metan (SN
4
) va shunga o’xshagan zaharli g’azlar (freon, xlor 
birikmalari va 6oshqalar)ning atmosfera havosiga chiqarib tashlash miqdorini 
kamaytirish buyicha milliy strategiya va harakat dasturlarini ishlab chiqish zaruratini 
yuzaga. keltirdi va ushbu masalalar CHegaralararo loyihalar doirasida bajarilib 
kelinmoqda. 
Bundan tashqari, Orol fojiasi hozirgi vaqtda davlatlararo ahamiyat kasb etgan 
yirik ekologik falokat hisoblanadi. Ekologik sharoitlarni yaxshilash maqsadida 1994 yil 
yanvar oyida Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari tomonidan ―Orol dengizi 
havzasida ekologik sharoitni yaxshilash uchun konkret harakatlarning dasturi‖ qabul 
qilindi. Dastur Orol inqirozini yumshatishiga qaratilgan loyihalar mujmuasidan iborat 
bo’lib, 1997 yiddan boshlab loyixalarni amalga oshirish ishlari boshlangan. Eng yirik 
loyihalardan biri – ―Orol dengazi havzasida suv zahiralari va atrof-muhit holatini 
boshqarish‖ loyihasi hisoblanadi. Ushbu loyiha Orolni suv bilan ta’minlash ishlarini 
yo’lga qo’yish, ko’l tizimlarini tiklash, chegaralararo suvlar miqdorini hisobga olish va 
sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan. Albatta, ushbu loyihalarni amalga oshirish Orol 


19 
bo’yidagi ijtimoiy-ekologik vaziyatni sog’lomlashtirishga katta ko’mak beradi. 
O’zbekiston ushbu loyihalarni amalga oshirishga katta hissa qo’shib kelmoqda. 
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, ekologik qonunchilik aktlarida ekologik 
huquqiy javobgarlikni maxsus me’yorlari mavjuddir. Barcha sanoat korxonalari uchun 
yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan tashlamalar va ifloslovchi moddalarni chiqarishning 
individual me’yorlari belgilangan. Amaldagi qonunlarga ko’ra, limitdan ortiq tashlama 
va chiqindilar uchun to’lov to’lash zarurdir. Bu mablag’lar asosan Respublika va 
mahalliy tabiatni muhofaza qilish fondlariga tushadi. Ularning ma’lum qismi tabiatni 
muhofaza qilish loyihalarini amalga oshirishga sarflanadi. 
SHuni ham yodda tutish kerakki, qabul qilingan qonunlar orqali har bir ishlab 
chiqaruvchi korxonaga tabiatni saqlash qonunchiligiga rioya qilish, tabiat zahiralardan 
samarali foydalanish, atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash, energiya tejovchi, hamda 
chiqindisiz va kam chiqindili texnologiyalarni joriy etish tabiiy xom ashyolarni 
kompleks qayta ishlash atrof-muhit holatlarini nazorat qiladigan avtomatlashtirilgan 
sistemalar va asbob-uskunalar ishlab chiqarish vazifalari yuklatilgan. 
Atmosfera havosining musaffoligi hamda atrof-muhitni tozaligi yangi zamonaviy 
texnologiyalarni, asbob-uskunalarni yaratuvchi muxandis-texnologlardan, avvalambor, 
ekologik vaziyatlarni e’tiborga olishlarini talab qiladi. Har qanday texnik echim faqat 
texnika va iqtisodiy shartlarni bajarishgina emas, balki ekologik muammolarni inobatga 
olgan holda qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, har qanday loyixaviy echimlar, 
albatta, ekologik ekspertizadan o’tkazilishi shart: yangi yaratilayotgan texnologik 
jarayonlar, mashinalar, qurilmalar, asbob-uskunalar, shuningdek, yangi materiallar, 
ularni xalq xo’jaligida joriy etishdan oladigan iqtisodiy daromad bilan bir qatorda, 
yuqori ekologik xavfsizlik darajasi ta’minlanishi kerak. 
SHuni alohida ta’kidlash joizki, atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy 
me’yorlari faqatgina qabul qilingan qonunlar bilan emas, balki qonun kuchiga ega 
bo’lgan texnik me’yorlar va davlat andozalari (standartlari) bilan ham belgilanadi. 
Masalan, DAVAN 17.2.3.01-86. Atmoefera. Aholi yashaydigan punktlarda havo sifatini 
nazorat qilish qoidalari; DAVAN 17.0.0.04-90. Sanoat korxonasining ekologik pasporti; 
DAVAN 17.2.1.04-87. Tabiatni muhofazalash. CHiqindilarni tarkibi bo’yicha 
tavsiflash; DAVAN 28.74-82. Ichimlik suvi; DAVAN 27.61-84. Markazlashgan 
xo’jalik ichimlik suv ta’minoti manbalari. Tanlash qoidalari va gigienik-texnik talablari 
va shunga o’xshash bir qator davlat andozalari qabul qilingan va ular har bir ishlab 
chiqarish korxonasida qo’llanib kelinmoqda. 
Tabiatni muhofaza qilish qonunini bueganlik uchun aybdorlarga quyidagi 
choralarni qo’llash nazarda tutilgan. 
1. Intizomiy jazo. Hayfsan e’lon qilish, o’rtacha oylik ish haqining 20%dan ortiq 
bo’lmagan miqdorda jarima solish ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o’rtacha 
oylik ish haqining 40%dan ortiq bo’lmagan miqdorda jarima solish. 
2. Ma’muriy javobgarlik. Davlat nazorat tashkilotlari tomonidan aybdor 
shaxslarga jarima solish. 
3. Moddiy javobgarlik. Mansabdor shaxslar yoki alohida fuqorolar tomonidan 
etkazilgan moddiy zararni undirib olish. 
4. Jinoiy javobgarlik. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi asosida tartibga 
solinadi va 1, 4 va 8 oygacha ozodlikdan maxrum etish nazarda tutilgan. 


20 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin