Муќаддима


―Ekologiya‖ fani, uning tarkibi, maqsadi, vazifalari va boshqa



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
―Ekologiya‖ fani, uning tarkibi, maqsadi, vazifalari va boshqa 
fanlar bilan bog’liqligi 
Ma’lumki, keyinga 80 yil davomida fan va texnika keskin rivojlandi, sanoat, 
transnort, qurilish, energetika tarmoqlari tez sur’atlar bilan o’sdi, tabiiy boyliklar (neft 
va gaz, ko’mir, rangli metallar) dan haddan tashqari foydalanildi, quriq yerlar-yaylovlar, 
to’qayzorlar, botqoqliklar o’zlashtirildi, sanoatda va qishloq xo’jaliga tarmoqlarida turli 
zaharli kimyoviy moddalardan qo’llanib kelindi. Natijada tabiiy muhitda ekologik 
muvozanat buzildi, tuproq, suv va atmosfera havosining tabiiy tarkibi o’zgaradi, turli 
ifloslanishlar paydo bo’ldi. Bular nafaqat iqtisodiy - ijtimoiy tangliklarni, balki ekologik 
tangliklarni kelib chiqishiga asosiy sabab bo’ldi va tabiiy boyliklarni kun sayin 
kamayishiga olib keldi. Masalan, Jarqoq va Gazli yer osti boyliklari yildan yilga 
kamayib borishi ko’pchilikka ma’lum bo’lib qoldi. 
Bundan tashqari, ba’zi-bir mintaqalarda suv muammolarining kelib chiqishi 
(masalan, Orol dengizining qurib borishi, Zarafshon daryosining qurib borishi, Arnasay 
ko’llari atrofidagi ekologik muammolar va hokazolar), o’simlik va hayvonot turlarining 
qirilib ketishiga sabab bo’ldi. Agar 17 - 18 asrlar davomida hammasi bo’lib 32 turlari 
yo’qolib ketgan bo’lsa, 20 asr oxirlariga kelib 235 hayvonot turlari va 400 dan ortiq 
o’simlik turlari yo’qolib ketdi. 
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko’rsatayotgan ta’siri bilan 
bog’liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning hayotida, iqtisodiyotida xo’jalik 
ahamiyatiga molik bo’lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq har qanday hodisa 
tushuniladi. Masalan, iqlimning o’zgarishi yoki suv toshqini natijasida paydo bo’ladigan 
muammolar, ishlab chiqarish korxonalarida vujudga keladigan ba’zi bir favqulodda 
vaziyatlar va hodisalar, ba’zi bir hayvonot turlarining bir joydan ikkinchi joyga. ko’chib 
borishi va hokazolar, ekologik muammo bo’la oladi. 
Ekologik muammolarni ko’lami va dolzarbligiga qarab 3 guruhga ajratish 
mumkin. 
1. Umumbashariy (global) ekologik muammolar. Bu guruhga ozon qatlamining 
siyraklanishi, ―Atmosferaning dimiqishi‖, chuchuk suv muammolari misol bo’la 
oladi. 
2. Mintaqaviy (regional) ekologik muammolar. Bu guruhga Orol dengizining qurib 
borishi, Arnasoy ko’llari atrofidagi ekologik muammolar, Sarez ko’li muammosi va 
boshqalar misol bo’la oladi. 
3. Mahalliy (lokal) ekologik muammolar. Bu guruhga sanoat korxonalari joylashgan 
mintaqalarda (masalan, Navoiy, Angren, Olmaliq, Chirchiq va b.) tabiatni muhofaza 
qilish muammolari, suv tanqisligi muammolari, chiqindilar, pestisidlar, gerisidlar va 
boshqa kimyoviy moddalar bilan bog’liq agrosanoat ekologik muammolari misol 
bo’la oladi. 



―Ekologiya‖ yunoncha so’z bo’lib, ―oykos‖–uy va ―logos‖–fan, ta’limot degan 
ma’nolarni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis biolog-darvinist olimi Ernest 
Gekkel ―Organizmlar marfologiyasining umumiy prinsiplari‖ asarida izohlab bergan 
edi. E.Gekkel ―umumiy ekologiya‖ ni tirik organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro 
aloqalarini va ta’sirini o’rganadigan fan deb, ta’riflagan edi. 
Umumiy ekologiya biologiya fanining bir bo’lagi bo’lsa-da, ammo botanika
zoologiya nisbatan yangi fan bo’lib, u XX asrning boshlarida rivojlana boshladi. 
Ekologiya tirik organizmlarning yashash sharoiti va ulariing o’zi yashab turgan 
muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari, hamda shu asosda vujudga keladigan 
qonuniyatlarni o’rganadi. Ya’ni tirik mavjudot va uning ma’lum hududiga mos 
keladigan muhitlaridan iborat tizimlar tabiatini tadqiq yetadi. Bu esa ekologik tizimlar 
yoki ekotizimlar deb ataladi. 
Populyasiyalar, turlar, biosenozlar, biogeosenozlar va biosfera kabi tushunchalar 
ekologiya fanining asosiy tushunchalari va manbalari hisoblanadi. Shuning uchun 
umumiy ekologiya 4 bo’limga bo’lib o’rganiladi. 
1. Autekologiya 
2. Populyasiyalar ekologiyasi 
3. Sinekologiya 
4. Biosfera 
1. Autekologiya (―autos‖– yunoncha so’z bo’lib, ―o’zi‖ degan ma’noni bildiradi) 
ayrim turlarning yashab turgan muhiti bilan o’zaro munosabatini, turlarning qanday 
muhitga ko’proq va uzviy moslashganini o’rganadi. 
2. Populyasiyalar ekologiyasi (―populyasion‖– fransuzcha so’z bo’lib, ―aholi‖ 
degan ma’noni bildiradi) populyasiyalar tuzilmasi va dinamikasi. ma’lum sharoitda turli 
organizmlar sonining o’zgarishi (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi. 
3. Sinekologiya ("sin"– yunoncha so’z bo’lib, ―birgalikda‖ degan ma’noni 
bildiradi) biogeosenozning tuzilishi va xossalarini, ayrim o’simliklar va hayvonot 
turlarining o’zaro aloqalarini, hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini 
o’rganadi. 
4. Ekotizmlarni tadqiq qilish va ularning rivojlanishi biosfera (yunoncha ―bios‖–
hayot, ―sfera‖–shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltirdi. Sayyoramizda tarqalgan 
organizmlar, ya’ni Er qobig’idagi barcha mavjudotlar tizimi biosfera deb ataladi. Ushbu 
ta’limotning asoschisi akademik V.I.Vernadskiy (1863-1945) hisoblanadi. 
Ekologiya 
fanining 
rivojlanishiga 
taniqli 
olimlar 
YA.N.Pavlovskiy, 
V.L.Sukachev, S.I.Vavilov, K.A.Timiryazev va xususan V.I.Vernadskiy salmoqli hissa 
qo’shganlar. 
Ingliz olimi Ch.Darvin (1809-1885)ning ―Tirik organizmlarning yashash uchun 
kurash" qonuni ekologiya fanining negizini tashkil yetadi. 
Tabiiy muhitda tirik organizmlarning issiqlikka, namlikka, bosim va qurg’oqlikka 
moslanishi va turlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatlari asosida vujudga keladigan 
o’zgarishlar ushbu qonunning negizi (asosi) hisoblanadi. 
Rus olimi, Moskva Davlat Universiteti professori K.F.Rul`e (1814-1858) tirik 
organizmlarning tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini ―tabiat qonuni‖ yoki 
―munosabat qonuni‖ deb atagan edi. 
Markaziy Osiyo xalqlari qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega. Markaziy 



Osiyo, shuningdek O’zbekiston tabiatini, o’simliklar va hayvonot dunyosini o’rgangan 
olimlar 
D.N.Kashkarov, 
E.P.Korovin, 
T.Z.Zohidov, 
A.M.Muhammadiev 
va 
boshqalarning ilmiy maktablari, shogirdlari bilan birga olib borilgan ilmiy-tadqiqot 
ishlarining natijalari ekologiyaning yanada rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ―ekologiya‖ va ―ekonomika‖ atamalari bir 
ildizli yunoncha so’zlardir. Agar ―oykos‖-uy, ro’zg’or, xo’jalik bo’lsa, ―nomos‖-qoida, 
qonun demakdir. ―Ekonomika‖ (iqtisodiyot fani)–uy–ro’zg’or xo’jaligini boshqarish 
san’atidir. Demak, ―ekologiya‖ fani ―iqtisodiyot‖ faniga chambarchas bog’liqdir. 
Bundan tashqari, ekologiya fani fizika, matematika, kimyo, biologiya, fiziologiya
mineralogiya, geografiya, metrologiya, tibbiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlar bilan 
chambarchas bog’liq fandir. 
Oxirgi 20-25 yil davomida insonning atrof-muhitga bevosita ta’siri tufayli 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tubdan o’zgarib, sohalar ekologiyasi (ijtimoiy ekologiya, 
iqtisodiy ekologiya, suv ekologiyasi, energetika ekologiyasi, qurilish ekologiyasi, sanoat 
ekologiyasi va hokazolar) vujudga keladi. Lekin ekologiya fanini o’rganmasdan, sanoat 
ekologiyasini o’rganib bo’lmaydi. 
―Ekologiya‖ fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
1. Hayot jarayoni qonuniyatini o’rganish, shuningdek, insonning tabiiy tizimlarga 
va biosferaga ko’rsatayotgan ta’sirini bir butun holda o’rganish. 
2. Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqarish, 
inson faoliyati tufayli o’zgargan tabiatdagi jarayonlar va o’zgarishlarni oldindan 
bashorat qilish, ularni boshqarish va inson uchun eng qulay muhitni saqlash. 
Z. Populyasiyalar sonini boshqarish, ya’ni kimyoviy moddalardan oqilona 
foydalanish. 
4. Ekologik-huquqiy qonun-qoidalarni o’rganish va ularga qat’iy rioya qilish. 
5. Zararli chiqindilar, ularni zararsizlantirish yoki qayta ishlov berish yo’llarini 
ko’rsatish. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin