Муќаддима


Tuproqning suv ta’sirida eroziyaga uchrashishi va unga qarshi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

Tuproqning suv ta’sirida eroziyaga uchrashishi va unga qarshi 
kurashish yo’llari 
YOg’ingarchiliklar (yomg’ir, jala, do’l va qor) ta’sirida tuproqning unumdor ustki 
qatlamining yuvilishiga tuproqning eroziyasi deyiladi. Natijada er yuzasida chuqurlik va 
jarlik paydo bo’ladi. 
Tuproqning suv ta’siridagi eroziyasining quyidagi shakllari mavjud: 
1. YUzlama eroziya. 
2. CHiziqli yoki jarli eroziya. 
3. Surilish eroziya. 
4. Qulash eroziya. 
Tuproqning suv ta’sirida yuvilishi yuzlama eroziya deyiladi. Bunda qor suvlari, 
yomg’ir tomchilari avvalo tuproqqa urilib, uning donalarini ivitib yumshatadi, so’ngra 
vujudga kelgan oqim tuproqni o’sha chirindili ivigan ustki qismini yuvib kyetadi. Bu 
hodisa o’simliklarning o’sishiga salbiy ta’sir yetadi va hosildorlikni 2-3 marotaba 
kamaytiradi. Xususan, qordan erigan suvlar har gektar erdan 25 t gacha tuproqning 
unumdor qatlamini yuvib ketishi mumkin. 
Tuproq eroziyasining ikkinchi turi suv ta’sirida chiziqli yoki jarli eroziyadir. 
Nishab erlarda, vodiy bo’ylarida qor, yomg’ir, jala suvlari birga qo’shilib shiddatli 
oqimlar hosil qiladi. Jarliklarning o’rtacha o’sish tezligi tuproq tarkibiga bog’liq bo’lib, 
bir yilda 3 m dan 8-26 m gacha bo’lishi mumkin. Jarliklar tufayli erlar ishga yaroqsiz 
bo’lib qoladi, ekin maydonlari qisqaradi, qishloq xo’jalik mashinalaridan va transport 
vositalaridan foydalanish uchun noqulayliklar paydo bo’ladi. Eng achinarlisi, mintaqalar 
xududidan oqadigan daryolar juda ham loyqalanib qoladi. Masalan, Orol dengiziga 
Amudaryodan yiliga 100 mln t turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan oqiziqlar kelib 
tushadi. 
Sel ta’sirida ham tuproq eroziyaga uchrashishi mumkin. Sel – kuchli jala 
natijasida vujudga kelgan oqim bo’lib, u tuproqni yuvishdan tashqari, o’z yo’lida 
uchragan barcha narsalar (toshlar, daraxtlar, qum, loy va boshqalar)ni uzoq erlarga olib 
kyetadi va nihoyatda ko’p erlarni ishdan chiqaradi. 
Ma’lumotlarga qaraganda, Markaziy Osiyoda 1872-1967 yillar davomida 2917 
marotaba, O’zbekistonda esa, 1969 marotaba sel bo’lgan. Ular xalq xo’jaligiga katta 
iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik zarar etkazgan. Masalan, 1921 yilda hozirgi Almati 
shahri yaqinida kuchli sel bo’lib, suv oqimining qaliyaligi ikki qavatli bivoga teng, 
tezliga 5 m/s bo’lgan va 4 soat davomida shaharga 1800 ming m
3
loyqa, tosh-
shag’allarni keltirgan. Natijada fojiali hodisalar yuz bergan, 1963 yil 7 iyulda Talgar 
vodiysida bo’lib o’tgan sel natijasida Almati shahridan 60 km uzoqlikda joylashgan 
Esik ko’li yo’q bo’lib ketgan. 
Tuproq eroziyasining yana bir turi – irrgasiya eroziyasidir. Bu dehqonchilik 
qilinadigan nishab erlarni noto’g’ri sug’orishidan ko’proq sodir bo’ladi, bunda kichik 
jarliklar vujudga kelib, tuproq suv ta’sirida yuviladi. Masalan, Toshkent viloyatining 


114 
ba’zi-bir xo’jaliklarida irrigasiya eroziyasi tufayli har bir gektar erdan o’rtacha 100 t 
tuproq yuvilib ketmoqda. Buning oqibatida yil davomida har gektar erdan 100 kg azot 
va 115 kg fosfor yuvilib ketayapti. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tuproqning eroziyadan saqlab qolish uchun bir 
qator chora-tadbirlar mavjud. 
1. Past-balandliklardan iborat bo’lgan erlarda ko’p yillik ekinlar ekish, 
bog’dorchilik va uzumchilik sohalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Qiyaligi 5-
10° tashkil yetadigan erlarning yon bag’irlari ko’ndalang haydalsa, yog’ingarchilik 
suvlari jo’yaklar hosil qila olmaydi. Erning qiyaligi 10-15° tik bo’lgan erlarda ko’p 
yillik em-xashak o’simliklari ekish yoki pushtalar olib mevali daraxtlar va tokzorlar 
barpo qilish respublikamiz miqyosida keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. 
2. Yo’llar qurilishi paytida yog’ingirchilik suvlarini oqib ketishi uchun yo’l 
bo’ylab ariqlar qazish va daraxtzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir. Suv havzalari, 
to’g’onlar, kanallar va suv omborlari qurilishi paytida tuproq olingan handaklarii 
tekislab, daraxtzorlar barpo etish kerak. Masllan, Samarqand viloyati Pastdargom 
tumanida kichik jar va soylarni tekislash hisobiga 200 gektar yangi erlar ochib xo’jalik 
hisobiga o’tkazilgan. 
3. Qirg’oqlarni yuvadigan daryo bo’ylarida damba va ko’tarmalar o’rnatish, 
jarliklarga suv tushmaydigan ariqlar qazish, yumshoq va engil tez yuviladigal tuproqli 
joylarda ariq o’rniga tyemir-beton lotoklar qurish, jarlarda va soyliklarda suv oqimini 
to’suvchi to’g’onlar qurish, selga qarshi kurashish uchun quruq hovuzlar va suv 
omborlari barpo etish, zinapoyasimon ariqlar qazish katta ekologik ahamiyatga ega. 
Masalan, Toshkent viloiti Bo’stonliq tumanidagi sel ko’p bo’ladigan Oqtosh soyligida 
tog’ yonbag’irlarida zinapoyasimon ariqlar qazilib, daraxtzorlar barpo qilingan. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin