81
urilib filtrlanish jarayoni ruy beradi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, chang cho’ktirish kameralarning aerodinamik
qarshiligi 100 Pa ni tashkil yetadi. Ammo ularda changli havo oqimining tezligi 0,6-0,8
m/s dan oshmasligi kerak. Aks holda chang cho’ktirish kamerada yig’ilgan chang
zarrachalari toza havo bilan aralashib tozalash qurilmasidan chiqib kyetadi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan chang cho’ktirish kameralari changli havoni chang
zarrachalaridan tozalashning quruq usuliga mansub bo’lib, ular paxta tozalash
zavodlarida, to’qimachilik va ip yigiruv fabrikalarda (havoni, qum, barg, kalta
tolalardan tozalashda),yog’ochni qayta ishlash korxonalarida (havoni yog’och
qipiqlaridan tozalashda), sement, ohak, marmar, granit va boshqa qurilish materiallar
ishlab chiqarish korxonalarida (ularning changlaridan havoni tozalashda) keng
ishlatiladi. Ushbu qurilmalar dag’al tozalash qurilmalar guruhiga mansub bo’lib, havoni
yirik chang zarrachalaridan tozalashda birinchi bosqichda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: