83
3. Katta diametrli siklonlarning balandligi katta bo’lganliga uchun ularni
joylashtirish ancha qiyin, kichik diametrli siklonlarni joylashtirish esa ancha oson.
Siklonlarning diametri 400 mm dan 2500 mm gacha, batareyali siklonlarning
diametri 400 mm dan 1600 mm gacha va multisiklonlarning diametri esa 160 mm dan
600 mm gacha bo’lishi mumkin.
Siklonlarning asosiy kamchiligi shundan iboratki, ular yordamida o’lchami kichik
(5 mkm dan kichik) qattik chang zarrachalarni atmosfera havosi tarkibidan ajratib olish
qiyin. CHang zarrachalarining o’lchamlari kichiklashgan sari, siklon yordamida havoni
tozalash darajasi kamayib boradi.
Siklonlarning chang cho’ktirshi kameralardan afzalliklari shundan iboratki, ularni
yuqori bosim va haroratlarda ishdatish mumkin. Bundan tashqari, changli havo
oqimining tezligidan qat’iy nazar, snklonlarda cho’ktirilgan chang zarrachalari qayta
harakatlanmaydi, ya’ni ikkilamchi ifloslanish yuz bermaydi. Siklonlar ham chang
cho’ktirish kamaeralarga o’xshagan quruq tozalash usuliga mansubdir.
Dostları ilə paylaş: