82
5-rasm. Cilindrli ciklon.
6- rasm. Konusli ciklonlar
Silikdrli siklonlar
yuqori ish unumdorlikka ega, konusli siklonlar esa yuq,ori
tozalash darajasiga ega.
Siklonlar tarkibida 400 g/m
3
gacha qattiq chang zarrachalari tutgan changli
havoni tozalash uchun ishlatiladi. Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan siklonlarning
diametri 10 sm dan 2
m gacha yetadi, changli havoni tozalash darajasi esa 30-85%
atrofida bo’lishi mumkin. CHangli havodagi qattiq zarrachalarning o’lchami
kattalashgan sari havoni tozalash darajasi ortib boradi. Masalan,
changli havo
tarkibidagi qattik, zarrachalarning o’lchami 5 m.km dan kichik bo’lsa, havoni tozalash
darajasi 60% dan oshmaydi, o’lchamlari 5-10 mkm li zarrachalar 80%, 20-30 mkm li
zarrachalar 90% va zarrachalarning o’lchami 30-40 mkm bo’lsa,
havoni tozalash
darajasi 95% ni tashkil etishi mumkin.
Kichik diametri siklonlarni, odatda multisiklonlar deb ataladi. Ularning
afzalliklari batareyali siklonlarda yaxshi namoyon bo’ladi. Agar siklonning radiusi
kichik bo’lsa, uning ish unumdorligi pasayadi . SHuning uchun katta hajmdagi changli
havoni tozalash va chang zarrachalarini havo tarkibidan ajratish tezligini oshirish uchun
parallel ishlaydigan siklonlardan yoki batareyali siklonlardan qo’llaniladi.
Batareyali siklonlar diametri 10-30 sm bo’lgan bir necha yuz parallel ishlaydigan
siklon elementlaridan tarkib tongan bo’ladi. Batareyali siklonlarda 792
dona element
bo’lib, ular soatiga 650 ming m
3
changli havoni tozalash qobiliyatiga ega.
Sanoatda ko’pincha diametri 1 m bo’lgan syaklonlar ishlatiladi. Agar katta
hajmdagi changli havoni tozalash zarur bo’lsa, unda siklonlardan yoki batareyali
siklonlardan foydalaniladi.
Bitta katta siklon o’rniga bir necha kichik diametrli siklonlardan parallel
foydalanish bir qator afzalliklarga ega:
1. Parallel ishlaydigan siklonlar bitta umumiy chang yig’uvchi bunkerga, changli
havo kiruvchi va toza havo chiquvchi kollektorlarga ega bo’ladi.
2. Parallel ishlaydigan siklonlarda changli havo oqimining tezligi bir xil bo’lsa,
unda kichik diametrli siklonlarda kuchli markazdan qochma kuchlar paydo bo’lib,
havoni changdan tozalash darajasi yuqori bo’ladi.
83
3. Katta diametrli siklonlarning balandligi katta bo’lganliga
uchun ularni
joylashtirish ancha qiyin, kichik diametrli siklonlarni joylashtirish esa ancha oson.
Siklonlarning diametri 400 mm dan 2500 mm gacha, batareyali siklonlarning
diametri 400 mm dan 1600 mm gacha va multisiklonlarning diametri esa 160 mm dan
600 mm gacha bo’lishi mumkin.
Siklonlarning asosiy kamchiligi shundan iboratki, ular yordamida o’lchami kichik
(5 mkm dan kichik) qattik chang zarrachalarni atmosfera havosi tarkibidan ajratib olish
qiyin. CHang zarrachalarining o’lchamlari kichiklashgan sari, siklon yordamida havoni
tozalash darajasi kamayib boradi.
Siklonlarning chang cho’ktirshi kameralardan afzalliklari shundan iboratki, ularni
yuqori bosim va haroratlarda ishdatish mumkin. Bundan tashqari, changli havo
oqimining tezligidan qat’iy nazar, snklonlarda cho’ktirilgan chang zarrachalari qayta
harakatlanmaydi, ya’ni ikkilamchi ifloslanish yuz bermaydi. Siklonlar ham chang
cho’ktirish kamaeralarga o’xshagan quruq tozalash usuliga mansubdir.
Dostları ilə paylaş: