Муќаддима


Suvning tavsiflovchi ko’rsatgichlar haqida umumiy ma`lumot



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
Suvning tavsiflovchi ko’rsatgichlar haqida umumiy ma`lumot 
Toza suvni tavsiflovchi asosiy ko’rsatgichlar quyidagi 2 ta davlat andozalarida 
ko’rsatilgan: 
1. DAVAN 28-74-82. Ichimlik suv. 
2. DAVAN 27-61-84. Markazlashgan xo’jalik ichimlik suv ta`minoti manbalari. 
Umuman olganda, chiqindi suvlardagi iflosliklarning 60 % i organik 
moddalarning quyidagi 2 ta ko’rsatgichi bilan aniqlanadi:
1. Suvning kislorodga bo’lgan biokimyoviy talabi (ehtiyoji).
2. Organik moddalarni kimyoviy yo’l bilan oksidlash uchun sarflangan kislorod 
miqdori. 
Bir litr suvda 1 g dan kam tuz bo’lsa, uni chuchuk suv, undan ko’p bo’lsa, shur 
suv deb ataladi. 
Suvning tiniqligi suv tubida maxsus quyilgan krest yoki shrift aniq ko’rinadigan 
suv qatlami (balandligi)ning qalinligi bilan o’lchanadi. Suvning tiniqligi tarkibidagi 
qo’shimchalarning o’lchamiga va miqdoriga bog’liqdir. Agar zarrachalarning o’lchami 
100 nm dan katta bo’lsa, dag’al dispersli suv va 1-100 nm atrofida bo’lsa, chin eritmalar 
deb ataladi. Dag’al dispersli va chin eritmalar quvurlar ichini ifloslantirib, ishlash 
samaradorligini pasaytiradi va shikastlanishlarga olib keladi. 
Suvni tafsivlovchi kattaliklardan yana biri-bu suvning qattiqligidir. 
Suvning qattiqligi vaqtincha, doimiy va umumiy qattiqliklarga bo’linadi.
Suvning vaqtinchalik qattiqligi suv tarkibida kalsiy va magniy gidrokarbonatlar 
miqdori bilan belgilanadi, ular qaynatilganda erimaydigan karbonatlarga aylanadi va 
cho’kma hosil qiladi. 
Sa (NSO
3
)
2
С
0
100
SaSO

+
N
2
O + SO

2 Mg (HCO
3
)

С
0
100
MgCO + Mg (OH)

+ N
2
O + 3 CO
2
Suvning doimiy qattiqligi deganda, uni qaynatilganda yuqolmaydigan kalsiy va 
magniy tuzlarining mavjudligi tushuniladi.
Suvning vaqtinchalik va doimiy qattiqliklarining yig’indisi uning umumiy 
qattiqligi deb ataladi.
Suvning qattiqligi 1 litr suv tarkibida kalsiy va magniy ionlari mg ekvivalenti 
bilan ifodalanadi. Agar 1 litr suvda 20,04 mg kalsiy ionlari yoki 12,16 mg magniy 
ionlari mavjud bo’lsa, tabiiy suvlar qattiqligi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi: 


96 
Suvning qattiqligi, mg 
ekv/litr 
Suvning xossasi 
0,5 – 1,5 
1,5 – 3,0
3 – 6 
6 – 10 
10 dan ko’p bo’lsa
Juda yumshoq suv 
Yumshoq suv
Mo’tadil qattiq suv 
Qattiq suv 
Nihoyatda qattiq suv 
Agar suv bilan ishlaydigan asbob-uskunalarning devorida qalinligi 1 mm bo’lgan 
cho’kma (nakip) mavjud bo’lsa, yonilgining sarflanishi 5 % ga oshadi.
Odatda qattiq suvda sovun ishlatganda yaxshi ko’pirmaydi, suv qaynatilgan 
idishda tuz qatlamlari (nakip) paydo bo’ladi.
Suv xavzalariga yer sho’rini yuvishda ishlatilgan oqova suvlarning kelib tushishi, 
zax suvlari, sanoat korxonalarining chiqindi suvlari daryo suvining kimyoviy tarkibini 
buzib, uning qattiqligini oshirib yuboradi. Suvning qattiqligi bilan organizmda toshlar 
paydo qiladigan kasalliklar o’rtasida bog’lanish mavjudligi aniqlangan. Xorazm 
viloyati va Qoraqalpog’iston Avtonom Respublikasida olingan natijalarga qaraganda
odamlarning o’t va najas (siydik) qopida, shuningdek, buyragida toshlar paydo 
bo’lishiga asosan Amudaryo xavzasidagi suvlar qattiqligining ortib borishi sabab 
bo’lmoqda. Najas yo’lida paydo bo’ladigan toshlarning hosil bo’lishiga suv 
qattiqligining oshib borishi sabab bo’ladi. 
Ma`lumotlarga qaraganda, suvning qattiqligini oshiruvchi kalsiy va magniy 
elementlardan tashqari, yana 12 ta element (berilliy, bor, kadmiy, kaliy, natriy va 
boshqalar) mavjud. Hozirgi paytda suvning qattiqligi bilan ayrim yurak kasalliklari 
o’rtasida bog’liklik mavjud ekanligi aniqlangan. Suvning qattiqligi pasayib borganda 
esa, yurak-qon tomir kasalliklari paydo bo’lar ekan.
Ma`lumotlarning guvohlik berishicha, suv tarkibida 65 ga yaqin mikroelementlar 
mavjud bo’lib, shundan 20 dan ortig’i organizm ehtiyoji uchun nihoyat zarurdir 
(masalan, yod, xlor, ftor, temir va hokazolar). Kishi organizmi sutkasiga 120-200 mg 
yod mikroelementi olib turmasa, bo’qoq kasalligiga yo’liqishi mumkin. Shuning uchun 
istemol qilinadigan suv va oziq-ovqatlarda yod elementi kam bo’lsa, kasallikni oldini 
olish uchun taomga, ayniqsa, osh tuziga yod qo’shib beriladi, ya`ni yodlangan tuz 
beriladi. 
Suvning sho’rligi ham uning tavsiflovchi ko’rsatgichlaridan biridir. Suv 
tarkibidagi umumiy tuz miqdorini aniqlash uchun, suvni 105-110

S da qaynatilib, 
tagida qolgan quruq moddalar, ya`ni suvga oldin qo’shilgan mineral va organik 
moddalar tarozi yordamida o’lchanadi va mg/l o’lchov birligi bilan ifodalanadi. 
Suvning oksidlanishi. Tarkibida organik qo’shilmalarning 1 litr suvda 10 daqiqa 
ichida qaynatilganda sarflangan kaliy permanganati (KMnO
4
) miqdorida o’lchanadi. 


97 
Suv reaksiyasi - uning ishqoriyligi yoki kislotaliligi (PH) bilan ifodalanadi 
PH=6,5-7,5 bo’lsa, bunday suv neytral suv hisoblanadi. PH<6,5 bo’lsa, nordon suv va 
agar PH >7,5 bo’lsa, ishqor suv hisoblanadi. 
Suv tarkibida eritilgan kislorod va uglerod qo’sh oksidi metallni zanglanishiga 
olib keladi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin