98
6. Suvdan (suv ob`ektlaridan chiqarib yoki ajratib olingan suvdan) xo’jasizlik
bilan foydalanish;
7. Suv xavzalarida suvni muhofaza qilishni buzib, uning bulg’anishiga, tuproqni
suv yuvib ketishiga va boshqa zararli hodisalar ro’y berishiga sabab bo’lish;
8. Suv xo’jaligi inshootlari va qurilmalariga shikast etkazish va ularni vayron
qilish;
9. Suv xo’jaligi inshootlarini va qurilmalarini ishlatish qoidalarini buzish;
10. Suvning holatiga ta`sir qiluvchi to’siqlar, nasos
stanciyalari va boshqa
inshootlarni o’zboshimchalik bilan qurish;
11. Suv haqi va suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun solinadigan
jarimalarini o’z vaqtida to’lamaslik;
12. Rejalarda ko’zda tutilib, suvga bulg’anish, ifloslanish va kamayib ketishidan
saqlashni, shuningdek, suv holati va rejimini yaxshilashni ta`minlovchi texnologiya,
gidrotexnika, o’rmon-melioraciya, sanitariya-texnika tadbirlari va boshqa tadbirlarni
amalga oshirmaslik;
13. Suvni vodoprovod va kanalizasiya tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulash;
14. Foydalanish va kuzatish quduqlarini yuk qilib
tashlash yoki ularga zarar
etkazish;
15. Suv quduqlarini burg’ilashning belgilangan qoidalari va texnologiyasini buzish;
16. Suvni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalarini qurishning me`yoriy
muddatlarini barbod qilish;
17. Qurilishi tugatilmagan suvni muhofaza qilish inshootlarini ularning samarali
ishlashiga salbiy ta`sir etuvchi kam–ko’stini bitirmay va loyihadan chetga chiqishlar
bilan foydalanishga topshirish;
18. Suvni muhofaza qilish tegralariga rioya etmaslik;
19. Suvdan foydalanganlik haqidagi davlat hisobotlarni taqdim etmaslik yoki ushbu
ma`lumotlarni buzib ko’rsatish;
20. Tabiatni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlarning
ko’rsatmalarini bajarmaslik;
21. Alohida qo’riqlanadigan suv ob`ektlari rejimini buzish.
O’zbekiston Respublikasi ―Ma`muriy javobgarlik to’g’risida‖gi kodeksning 72-
moddasiga asosan, suvlarni ifloslantirish yoki bulg’atish, suv yig’uvchi
inshootlarda
suvni muhofaza qilish rejimini buzish-fuqarolarga eng kam ish haqqining 1/3 qismidan
bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa-bir baravaridan 3 baravarigacha miqdorda
jarima solishga sabab bo’ladi.
Korxonalarni, kommunal va boshqa ob`ektlarni suvlarining ifloslanishi va
bulg’anishi yoki ularning zararli oqibatlarini oldini oluvchi inshootlarsiz va
qurilmalarsiz va foydalanishga topshirish, shuningdek, suv ob`ektlarining tabiiy holatini
buzuvchi boshqa harakatlar qilish-mansabdor shaxslarga, eng kam ish haqining bir
baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzish,
ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yuk qilib
yuborish yoki shikastlantirish, suv
yuziga chiqadigan quduqlarni tartibga solinadigan qurilmalar bilan jixozlash,
shuningdek, ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservasiyalash yoki yuk qilish
choralarini qurmaslik, sifatli er osti suvlari hosil bo’ladigan tegrada suvning ifloslanishi
99
yoki sifati yomonlashishi manbai bo’lib qolishi mumkin bo’lgan sanoat, qishloq xo’jalik
inshootlari va boshqa ob`ektlarni joylashtirish - fuqarolarga eng kam ish haqining ½
qismi dan 1 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa-1 baravaridan 3 baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi
qismlarida nazarda tutilgan
huquqbuzarliklar ma`muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror
sodir etilsa - fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan 3 baravarigacha,
mansabdor shaxslarga esa – 3 baravaridan 7 baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo’ladi.
―Ma`muriy javobgarlik tug’risida‖gi kodeksning 74-moddasiga asosan, suvdan
xo’jasizlarcha foydalanish, gidrotexnika ishlarni uzboshimchalik bilan bajarish, suvdan
foydalanish limitlari va rejalarini buzgan holda suv olish, shuningdek, loyihada nazarda
tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo’lmagan suv
manbalaridan suv olish – fuqarolarga eng kam ish haqining 1/3 qismidan bir
baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa –1 baravaridan 3 baravarigacha miqdordan
jarima solishga sabab bo’ladi.
Xuddi shunday xuquqbuzarliklar ma`muriy jazo chorasi qo’llanilganida, keyin 1
yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa,- fuqarolarga eng kam ish haqining 1
baravaridan 3 baravarigacha mansabdor shaxslarga esa 3 baravaridan 7 baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Suv ob`ektlaridan olinadigan va quyiladigan suv miqdorining
dastlabki hisobini
yuritish va kelib qo’shilayotgan suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek,
davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish - mansabdor shaxslarga eng
kam ish haqining 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab
bo’ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin 1
yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa, - mansabdor shaxslarga 3 baravaridan 7
baravarigacha miqdorda jarima solishga majbur bo’ladi. (Qonunning 75 moddasi).
"Ma`muriy javobgarlik tug’risida"gi kodeksning 76-moddasiga muvofiq, suv xo’jaligi
inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish, - eng kam ish haqining 1/3 qismidan 1
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Suv xo’jaligi inshootlari va
qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish,-mansabdor shaxslarga eng kam ish
haqining bir baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Suv yoki suv xavzalaridan foydalanish shartlarini buzish og’ir oqibatlarga sabab
bo’lsa, jinoyat hisoblanadi. "Jinoyat kodeksi"ning 203-moddasiga asosan - eng kam ish
haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi yoki 3
yilgacha
axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq, yoki 3 yilgacha ozodlikdan maxrum
qilish bilan jazolanadi.
Dostları ilə paylaş: