Муќаддима


Gidrosfera va suv zahiralari haqida umumiy ma`lumot



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

Gidrosfera va suv zahiralari haqida umumiy ma`lumot 
Suvning biosfera va xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi ahamiyati 
 
Yer kurrasida suvlardan iborat bo’lgan qobiq, gidrosfera deb ataladi. Unga 
biosferadagi barcha suvlar-okean, dengiz, ko’l, daryo, muzliklar, yer osti suvlari va 
atmosfera havosi tarkibidagi suv bug’lari kiradi.
Gidrosferaning umumiy suv miqdori taxminan, 1403 mln km
3
bo’lib, shundan okean 
suvlari 1370 mln km
3
, muzliklar 24 mln km
3
, yer osti suvlari 8 mln km
3
, ko’l suvlari 
0,23 mln km
3
, tuproq tarkibidagi suvlar 0,007 mln km
3
, atmosfera tarkibidagi suv 0,014 
mln km
3
, daryo suvlari 0,002 mln km
3
suvni tashkil etadi.
«Biz tiriklikni suvda yaratdik», deyiladi Qur`oni Karimda. Darhaqiqat, suvsiz 
hayot yo’q! Suv kundalik hayotimizning barcha sohalarida qo’llanilishi bilan boshqa 
tabiiy resurslaridan tubdan farq qiladi. Ko’mir, neft, gaz va boshqa yoqilg’ilar biri 
ikkinchisining o’rnini bosishi mumkin, yoki issiqlik energiyasi, elektr energiyasi, atom 
energiyasi va quyosh energiyasidan foydalanish mumkin. Ammo kundalik hayotimizda 
suvning o’rnini bosadigan boshqa tabiiy resurs yo’q.
Suvning kundalik hayotimizdagi ahamiyati quyidagilardan iborat:
1.Suv biosferadagi barcha jarayonlarda va, xususan, fotosintez jarayonlarining 
kechishiga, modda va energiya almashinishiga faol qatnashadi. Masalan, fotosintez 
jarayonida yiliga 225 mlrd tonna kislorod ajralib chiqadi, qariyb 300 mlrd tonna organik 
moddalar vujudga keladi.
2.Yer kurrasidagi barcha suv manbalari (okean, daryo, dengiz, ko’l, muzliklar, 
suv havzalari va boshqalar) sayyoramizda issiqlik rejimini, ya`ni iqlimni tartibga solib 
turadi.
Gidrosferadagi suv yozda quyosh energiyasini yutib, qishda atrof-muhitni sovib 
ketishdan muhofaza qiladi. Atmosfera havosi tarkibidagi suv bug’lari esa, quyosh 
radiasiyasining filtri hisoblanadi.
3. Suv barcha tirik organizmlar uchun yashash vositasidir. Chunki har qanday 
tirik organizm to’qimalarida ma`lum miqdorda suv mavjud. Masalan, voyaga etgan 
kishining tanasida 70 % gacha suv bo’ladi, yosh chaqaloqlarda esa, 97 % suv bo’ladi.
O’simliklar va hayvonot to’qimalarida 50-90 % atrofida, go’sht tarkibida 50 %, sutda 
esa, 85-90 % atrofida suv bo’ladi.
4. Suvsiz kimyoviy va biokimyoviy jarayonlar amalga oshmaydi.
5.Suv tirik organizmlar tanasida haroratni boshqaruvchi modda, ya`ni 
termoregulyator vazifasini ham bajaradi. Shuning uchun inson atrof-muhit haroratiga va 
jismoniy mehnat ko’lamiga qarab, bir sutkada 2,4- 6,5 litr suv iste`mol qiladi. 
Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo, Surxandaryo, Ohangaron va Chirchiq
daryolari respublikamizning asosiy suv manbalari hisoblanadi.
Respublikamizda hammasi bo’lib 10-12 mlrd m

oqar suv mavjud bo’lib, qolgan 85-90 
mlrd m
3
suv kishni mamlakatlar (xususan, Tojikiston va Kirgiziston) dan oqib keladi.
Amudaryo suv yigish maydoni va yillik suv hajmi jihatidan boshka daryolardan yuqori 
turadi. Amudaryoning uzunligi 1900 km, faqatgina tog’larda suv yig’ish maydoni 2770 
km
2
ga tengdir. Amudaryoning qariyb 83% suvlari Tojikiston xududida, faqatgina 6% 


91 
suvi O’zbekiston hududida shakllanadi. 
Sirdaryoning uzunligi 2140 km bo’lib, suv yig’ish maydoni 150 ming km
2
va yillik suv 
hajmi 37,1 km
3
ni tashkil yetadi. Sirdaryoning qariyb 80% suvlari Qirg’iziston 
hududida, faqatgina 13% suvi respublikamiz xududida shakllanadi. 
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Orol dengizi xavzasining suv resurslarining 
shakllanishiga Tojikiston Respublikasi alohida o’rin tutadi. Tojikiston hududida daryo 
suvlarining hajmi 52,7 km
3
ni tashkil yetadi yoki Orol dengizi havzasiga quyiladigan 
suvlarning qariyb 44% tashkil yetadi. 
Bir kishi o’rtacha bir sutkada shaxsiy gigiena va maishiy kommunal zaruriyatlari 
uchun 150-450 litr suv ishlatadi. Ammo bu ko’rsatkich xizmat turiga va yaratilgan shart
sharoitlarga bog’likdir. Agar suv quvurlari va kanalizatsiya quvurlari mavjud bo’lmasa, 
unda 30-50 litr suv sarflanadi. Agar suv quvurlari va kanalizatsiya quvurlari mavjud 
bo’lsa, 180-230 litr suv sarflanadi. Markaziy isitish tizimida esa, bir kishi uchun 
sutkasida 275- 400 litr suv sarflanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda bir kishi uchun bir sutkada o’rtacha 500-600 litr suv 
sarflanadi. Ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu ko’rsatkich 2-3 marotaba 
kichik bo’lib, 200-250 litr suv sarflanadi. 
Maishiy xo’jalik ehtiyojlari uchun bir kishiga bir sutkada shaharlarda 150 litr suv (bir 
yilda 55m

suv), qishloq joylarida esa, 50 litr suv (bir yilda 18-20m

suv) sarflanadi. 
Hozirgi paytda dunyoda 200 mln gektar yerlarni sug’orish uchun yiliga yer osti 
manbalaridan va daryolardan 2800 km
3
suv olinmoqda. Bu esa daryo suvlarini 7 % ni 
tashkil yetadi. Sug’orish uchun olingan suvning 80 % yoki 2300 km
3
suv ishlatilsa, 
uning 20 % yoki 470-480 km
3
suv daryo va ko’llarga oqava suv sifatida oqizilib 
yuboriladi. 
Bir tonna don etishtirish uchun 3 ming m
3
suv, bir tonna sholi yetishtirish uchun 7 
ming m
3
, bir tonna makkajo’xori yetishtirish uchun esa, 1500 m
3
suv sarflanadi. 1 kg 
o’simlik massasi hosil bo’lishi uchun o’simlik turiga qarab 150 m
3
dan 1000 m

gacha 
suv sarf bo’ladi. Bir gektar g’o’zani sugorish uchun 12000-20000m
3
suv sarflanadi. 
Respublikamizning yillik suv sarfi 62-65 km

bo’lib, shuning 25km
3
Amudaryodan, 
11km
3
Sirdaryodan, qolgan qismi daryochalardan va yer osti suv manbalaridan olinadi. 
Olinadigan umumiy suv miqdoridan 85 % yoki 53-55 km

ni qishloq xo’jaligi 
tarmoqlari ehtiyojlarini qondirish uchun, 12-16 km

suv sanoat tarmoqlariga va atigi
3 % yoki 1,7 km
3
suv kommunal xo’jaligi korxonalarning ehtiyojini qondirish uchun 
sarflanadi. 
Xalq xo’jaligining barcha tarmoqlari uchun olinadigan yillik suv miqdoridan (62-
65km

suvdan) 23-25 km

suv zovurlar orqali ochiq suv havzalariga qaytariladi. 
Shundan 5km

suv Amudaryoga, 10 km
3
dan ziyodroq Sirdaryoga, qolgan 8-10 km
3
suv 
kichik daryolarga va ko’llarga oqizilmoqda. 
Respublikamiz hududidan oqib o’tadigan suvlar 4,8 mln gektar yerlarni 
o’zlashtirib, ularni sug’orishga kifoyadir. Ammo hozirgi paytda 4,4 mln gektar yerlar 
o’zlashtirilgan bo’lib, suvdan foydalanish koeffisienti 95-98 % ni tashkil etmoqda. 
Shuning uchun respublikamizda ichimlik suviga va sug’orishga yaroqli bo’lgan 
suvlarga ehtiyoj nihoyatda oshib bormoqda. Suv tanqisligi, chiqindi suvlarni tozalash va 
ulardan qayta foydalanish muammolari vujudga kelmoqda.


92 
Mutaxassislar Markaziy Osiyo sharoitini inobatga olib, ekinlarni sug’orishga o’rta 
hisobda bir gektar yerga salkam 10 ming m
3
suv sarflanishi maqsadga muvofiq 
ekanligini asoslab berganlar. Amalda esa O’zbekiston xo’jaliklarida 1960-1990 yillar 
mobaynida sug’oriladigan har bir gektar ekin maydoniga 17,2 ming m
3
suv sarflangan, 
ya`ni 7,2 ming m
3
suv ortiqcha suv sarflanib kelingan. 
1993 yilda har bir gektar sug’oriladigan yerga 13,2 ming m

, 1994 yilda 12,6 ming m
3
va 1995 yilda 11,2 ming m
3
suv sarflangan. Bu har yili qo’shimcha m
3
suvni tejab, uni 
Orol dengiziga quyishga imkon beradi.
Shuni ham eslatib o’tish kerakki, yerlarni meliorativ holati viloyatimizda bir xil emas. 
Shuning uchun 1 gektar yerni sug’orish uchun o’rtacha 5-20 ming m
3
suv sarflanadi. 
Yer osti suv manbalari respublikamizning tabiiy boyligi bo’lib, undan ichimlik suv 
sifatida, sug’orish, sanoatda va chorvachilik fermalarida keng foydalaniladi. 
Yer osti suvlari asosan yog’ingarchiliklar va sug’orish suvlarining tuproq orqali 
filtrlanishi tufayli tabiiy holda paydo bo’ladi. Hozirgi paytda yiliga 5,5 km
3
suv yer osti 
suv manbalaridan olinmoqda. Agar bu ko’rsatkich 17,6 km
3
ga yetkazilsa, birinchidan, 
yer osti suvlarining umumiy zahirasiga ziyon yetmaydi, ikkinchidan, yer osti suvlari 
hisobiga Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari qishloq aholisining 
ichimlik suvga bo’lgan ehtiyojlari qondirilgan bo’lar edi. Chunki respublikamizda 
shahar aholisi 85-95 %, qishloq aholisi esa 10-15% markazlashtirilgan ichimlik suv 
ta`minotiga ega, xolos. 
Bir tonna ko’mir qazib olish uchun 2-4 m
3
suv, 1 tonna neft mahsulotlarini qayta 
ishlashga 30-40 m
3
suv, 1 tonna shoyi ishlab chiqarishga 400 m
3
, 1 tonna mis, karton 
va qog’oz ishlab chiqarishga 500 m
3
suv, 1 tonna azotli o’g’itlar ishlab chiqarishga 600 
m
3
suv, 1 tonna ip gazlamaga 1000-1500 m
3
suv, 1 tonna sintetik tola olish uchun 3500 
m
3
1 tonna sintetik tola olish uchun esa 2500-5000m
3
suv sarflanadi. 
Ishlab chiqarilgan bitta mahsulot birligiga sarflangan suv miqdorini suv sarflash 
koeffisenti deb ataladi va m
3
/t o’lchov birligida o’lchanadi. Masalan, 1 tonna nikel 
ishlab chiqarishda 400 m

suv, 1 tonna ammiak ishlab chiqarish uchun 1500 m

suv, 1 
tonna azot kislotasi ishlab chiqarish uchun 100 m

suv sarflanadi.
Kimyo sanoatida suv xom ashyo va reagent, isituvchi va sovutuvchi, erituvchi, 
katalizator, xom ashyolarni texnologik jarayoniga tayyorlab beruvchi modda sifatida 
qo’llaniladi. 
Kimyo sanoati suvni eng ko’p sarflaydi, shuning uchun bunday korxonalar suv 
manbaiga yaqin joylarga quriladi.
Kapron tola ishlab chiqaradigan korxona, aholisi 120 mingga teng bo’lgan bitta 
shahar suvini sarflaydi. Yirik elektr kimyo kombinatlari, 800 ming nafar axoliga 
yetadigan suvni sarflaydi. 
Shuni ham yodda tutish kerakki, suv yer yuzasining 70 % ni qoplaydi, uning 
umumiy hajmi 1345 mln. km
3
bo’lib, chuchuk suv esa uning 2 % ni tashkil yetadi
xolos. Hozirgi paytda suv miqdorining atigi 12-15 % ishlatilib, ifloslangan holda ochiq 
suv havzalariga oqizilmoqda. Suvning iste`moli esa, har 12 yilda 2 baravar 
ko’paymoqda. Demak, aholining chuchuk suvga bo’lgan ehtiyoji kundan kunga oshib 
bormoqda. Hozirgi paytda dunyo aholisining 1/3 qismi ichimlik suvini tanqisligiga 
uchragan.
Xalk xujaligining turli soxalarida suvdan foydalanish dunyo mamlakatlari 


93 
o’rtasida turli ko’rsakichlariga ega. Masalan, agar Evropa mamlakatlarida sanoat 
tarmoqlarida 48 % suv, qishloq xo’jaligida esa 39% suv sarflansa, Osiyo mamlakatlarda 
bu ko’rsatkichlar mos ravishda 5 % va 88 % ni tashkil etadi. Agar Afrika 
mamlakatlarida sanoat tarmoqlarida 4 % suv va qishloq xo’jaligida 72 % suv sarflansa, 
Shimoliy Amerikada bu ko’rsatkichlar mos ravishda 36 % va 36 % suvni tashkil yetadi. 
Agar Avstraliyada sanoat tarmoklarida 36 % suv va qishloq xo’jaligida 50 % suv 
sarflansa, Mustaqil Davlatlar Xamdo’stligida bu ko’rsatkichlar mos ravishda 28 % va 62 
% suvni tashkil etadi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin