Муќаддима



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

12-rasm. Faollashtirilgan ko`mirga uglerod qo`sh oksidi (SO
2
)
adsorbsiyalanish izotermalari. 
Misol tariqasida 12-rasmda faollashtirilgan ko’mirga dioksid uglerod gazining 
adsorbsiya bo’lish izotermalari ko’rsatilgan. Ushbu rasmdan ko’rinadiki, gaz tarkibidagi 
zaharli moddaning parsial bosimi ortishi bilan (ya’ni, R ni ortishi bilan), adsorbsiya 
kattaligi a ortib boradi. Ammo harorat oshgan sari a ning qiymati kamayib, desorbsiya 
jarayoni (ko’mirning ―terlashi‖) boshlanadi. 
Erituvchi moddalarni ushlab qolish rekuperasion qurilmalarda amalga oshiriladi. 
Adsorbent sifatida bunday qolatlarda faqat faollashtirilgan ko’mirdan foydalaniladi. 
Rekuperasion qurilmalarining ishlash samaradorligi, (ya’ni erituvchi moddalarni ajratib 
olish darajasi) 85-95% ni tashkil yetadi. Erituvchining adsorberdan chiqib ketayotgan 


87 
gaz tarkibidagi qoldiqlari 0,5 g/m
3
ni tashkil etishi mumkin. 
Adsorbentlar orasida faollashtirilgan ko’mir bir qator afzalliklarga ega: 
1. Faollashtirilgan ko’mir gidrofob materialdir, ya’ni namlikni uziga shimib 
olmaydi. 
2. U organik suyuqliklar bug’ini yuqori darajada yutib olib qobiliyatiga ega. 
3. Faollashtirilgan ko’mir nihoyatda mustahkam bo’lib, tarkibida modda 
qoldiqlarini ushlab qolmaydi. 
4. Desorbsiya jarayonlari o’tib bo’ltandan keyin, faollashtirilgan ko’mirni quritish 
va atmosfera havosiga sovutish mumkin. 
5. Adsorbsiya rekuperasion qurilmalarida shilatiladigan bunday ko’mirni 10 ming 
marotabagacha qayta ishlatish mumkin. 
Konsentrasiyasi 10 g/m
3
ga teng bo’lgan 1 tonna erituvchi moddaning 
faollashtirilgan ko’mir yordamida ushlab qolish uchun quyidagilar sarflanadi: 
Bug’ (bosimi 0,3-0,5 MPa), tonna 2,0-3,5 
Sovutilgan (15
0
S) suv.m
3
30-50 
Elektr energiyasi, kVt.soat 100-250 
Faollashtirilgan ko’mir, kg 0,5-1,0 
Ushbu ko’rsatgichlardan xulosa shuki, adsorbsiya rekuperasion kurilmalarda 
ishlatiladigan ko’mirning miqdori kichik (hammasi bo’lib 0,5-1,0 kg atrofida) bo’lsa 
ham, ammo boshqa sarflar nihoyatda ko’pdir. Masalan, 1t erituvchi moddani ajratib 
olish uchun 30-50 tonna sovutilgan suv va 100-250 kVt soat elektr energiyasi sarf 
bo’lishi mumkin. SHuning uchun hozirgi paytda bunday qurilmalar faqat qimmatbaho 
moddalarni va yuqori zaharli moddalarni yutib olish va rekuperasiya qilish uchun 
ishlatiladi. 
Adsorbsiya rekuperasion kurilmalari yordamida soatiga 10 m
3
dan 150 ming m
3
gacha gaz yoki havoni tozalab olish mumkin. 
Adsorbsiya usuli nafaqat erituvchi moddalarni ajratib olish uchun, balki gaz yoki 
havo tarkibidan zaharli moddalar (uglerod sulfidi, xlororganik birikmalarni, oltingugurt 
dioksidi (SO
2
)ni, simob bug’larini va boshqa metallar) ni ajratib olishga qo’llaniladi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin