Муќаддима



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

Tabiatda suv 
Suv tabiatda sodir bo`ladigan juda ko`p jarayonlarda va shuning bilan birga 
insoniyatning hayotini ta`minlashda asosiy hal qiluvchi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Sanoatda suvni xomashyo va energiya manbai sifatida, sovitguvchi yoki isituvchi agent, 
erituvchi, ekstragent sifatida, xom ashyolar vа materiallarni tashuvchi transport vositasi 
va boshqa qator ehtiyojlar uchun ishlatiladi. 
Suv resurslari kurrai zaminimizda tabiiy suvning umumiy hajmi 1386 mln.km3 ni 
tashkil qilinadi. Ko`rsatilgan hajmning 97,5 % dan ko`proqini esa sho`r - ya`ni dengiz 


101 
va okean suvlaridir. Ammo aksariyat qolgan 2,3 % yaqin bo`lgan chuchuk suvning 
asosiy qismi inson uchun ishlatishga imkoniyat yo`q darajada chunki u asosiy qutb 
zonasidagi muzliklarda va yer ostidagi suvli qatlamlarga joylashgan. UXM (avvalgi 
SSSR) hududidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 40,5 ming km3 tashkil etadi. 
O`zbekiston jumhuriyatida. 
Dunyodagi barcha mamlakatlarning chuchuk suvga bo`lgan ehtiyoji va o`z navbatida 
uni ishlatilishi 3900 mlrd. m3/yilni tashkil etadi. Shu ko`rsatgichning taxminan yarmi 
ishlatilib qaytarilmaydi, qolgan yarmisi esa oqova suvlarga aylanadi. 
Tabiiy suv, bu suvni, antropogen o`zgarishlar bo`lmay turib tabiiy jarayonlarning 
ta`sirida sifat va miqdor jihatdan etilgan suvni tushiniladi. Uning sifat ko`rsatkichlari 
tabiiy ko`p yillik o`rtalashtirilgan miqdorda bo`ladi. Suvlar minerallashish darajasiga 
qarab (g/l. da); chuchuk (tuzlarning umumiy miqdori - 1), sho`rroq (1-10), sho`r (10-50) 
va rassollar (-50). O`z navbatida chuchuk suvlar kam mineral aralashmali (200 mg/l 
gacha), o`rtacha minerallashgan )200-500 mg/l) va yuqori minerallashgan guruhlarga 
bo`linadi. Tarkibida miqdor jihatdan anionlar kationlarga nisbatan ko`p bo`lganligi 
sababli barcha suvlar gidrokarbonatli, sul'fatli va xloridli suvlarga bo`linadi. 
Tabiiy suvlarning qattiqligi, ularning tarkibida kal'tsiy va magniy tuzlarining ishtirok 
etishi bilan belgilanadi va Sa2+ , Mg2+ ionlarining kontsentratsiyasi mmol' ekv/l bilan 
ifodalanadi. Shuning bilan birga umumiy karbonatli va karbonatsiz qattiqlik bilan 
farqlanadi (ajratiladi). Umumiy qattiqlik keyingi ikkala miqdorni, karbonatli - suvda 
kal'tsiy va magniy bikarbonatlarining ishtirok etishi bilan bog’liq, karbonatsiz esa 
kal'tsiy va magniyning sul'fatlari, xloridlari va nitratlari bo`lishi bilan bog’liq. 
Suvning fizik xossalari. Toza suvning zichligi 15 oS va atmosfera bosimida 999 kg/m3 
ga tengdir. Suv tarkibidagi aralashmaning kontsentratsiya ortishi bilan uning zichligi 
ham o’zgarib boradi. Tuzlarning kontsentratsiyasi 35 kg/m3 bo`lgan dengiz suvining 
o`rtacha zichligi O oS da 1028 kg/m3 ga ega. Tuzlarning miqdori 1 kg/m3 ga o`zgarsa 
zichlik 0,8 kg/m3 ga o`zgaradi. 
Harorat ortishi bilan suvning qovushqoqligi quyidagi holatda kamayib boradi: 
T, 
0
C 0 5 10 15 20 25 30 35 
η, mPa S 1,797 1,523 1,301 1,138 1,007 0,895 0,800 0,723 
Tuz miqdori ortishi bilan suvning qovushqoqligi xam o`sib boradi. SHuningdek suvning 
sirt tarangligi 18 °C da 73 mN/m ni tashkil etsa, qarorat 100 °C bo`lganda 52,5 mN/m 
ga tushadi. Harorat O °C da issiqlik siqimi 4180 Dj (kg x °C) bo’lsa, 35 °С da eng kam 
miqdorni ko`rsatadi. Muzning suyuq holatga o`tish vaqtidagi erish issiqligi 330 kDj/kg, 
bug’ hosil qilishdagi issiqlik esa atmosfera bosimida va qarorat 100 °C 2250 kDj/kg ni 
tashkil qiladi. 
Suvning elektr xossalari. Suv - kuchsiz elektr o`tkazgichdir: 18 °C da solishtirma elektr 
o`tkazuvchanligi 4,9 Sm/m (4,41 . 10-8 Om . sm); dielektrik doimiysi 80 ga teng. Suvda 
eriydigan tuzlarning bo`lishi uning elektr o`tkazuvchanligini oshiradi. Suvning bu 
xossasi qaroratning o`zgarishiga to`qridan to`qri boqlik bo`ladi. 
ONO +SL-----+S2NSOON
Suvning optik xossasi. Suvning tiniqligi va loyqaligi, uning tarkibidagi muallaq qolatda 
turuvchi mexanik aralashmalarning miqdoridan boqliq. Suvdagi aralashmalar miqdori 
qancha ko`п bo`lsa, uning loyqalik darajasi shuncha ortib boradi va bunga qarshi 


102 
o`laroq tiniqlik kamayib boradi. Tiniqlik o`lchanayotgан suvning ichki qatlamiga kirib 
boruvchi nur yo`lining masofasi, ya`ni uzunligiga boqliq bo`ladi. Bunda ul'trabinafsha 
nurlar suvdan oson o`tadi, ul'trakizil nurlar esa qiyin, ya`ni yomon o`tadi. Tiniqlik 
ko`rsatkichini suvdagi kir aralashmalarning miqdorini aniqlashda va suvning sifatini 
baqolashda foydalaniladi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin