Муќаддима


Suv resurslarini ifloslanishidan muhofaza qilishga qaratilgan chora tadbirlar



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
Suv resurslarini ifloslanishidan muhofaza qilishga qaratilgan chora tadbirlar 
 
1. Suv resurslarini ifloslanishdan muxofaza qilish va uning dastlabki xossalarini 
tiklash uchun, avvalombor, 1993 yil 6 mayda qabul qilingan. «Suv va suvdan 
foydalanish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining konuni talablariga qat`iy rioya 
qilish zarur. 
2. Sanoat korxonalarida ilg’or texnologiyalarni joriy etish, oqova suvlar mikdorini 
kamaytirishga erishish, suvdan qayta foydalanishning berk tizimiga o’tish nafaqat 
iqtisodiy, balki yuksak ekologik ahamiyatga ega. Shuni eslatib o’tish kerakki, hozirgi 
paytda neft va gaz sanoati 60-70%, energetika 50 % va oziq-ovqat sanoati 30-40 % 
aylanma (berk) suv ta`minoti tizimiga ega. Suvdan aylanma uslubda foydalanish 
hisobiga Olmalik kimyo kombinati yiliga 10 mln. m
3
toza suvni tejashga erishmoqda.
3. Suvdan samarali foydalanish va uning dastlabki xossalarini qayta tiklashning 
birdan bir yo’li – sanoat korxonalarini bir biriga yaqin joylarga ko’rish va suvdan 
xamkorlikda foydalanishdir. Bu esa suvni tejashga katta yordam beradi. Suvni tozalash 
va zararsizlantirishga ixtisoslashtirilgan inshootlardan samarali foydalanish uning 
dastlabki xossalarini tiklashga nihoyatda katta yordam beradi.
4. Sanoat korxonalaridagi asbob uskunalar va texnologik jarayonlarni suv bilan 
emas, balki havo yordamida sovutish suvni tejashga katta yordam beradi. Bu esa 
faqatgina sovutish tizimida ishlatiladigan suvlarning 60-70 % tejash imkonini beradi.
5. Suvdan samarali foydalanish va kanalizatsiyaga oqizishning iqtisodiy 
me`yorlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Ya`ni, ishlatilgan suv uchun to’lov 
joriy etish, oqova suv miqdorini kamaytirishga imkon beradi va suvdan samarasiz 
foydalanishga chek qo’yadi. Hozirgi paytda ko’pgina shaharlarda, shu jumladan, 
Buxoro shahrida maxsus suv o’lchagich asboblari o’rnatilgan.
6. Suvning minerologik tarkibi va tuproq xususiyatlarini hisobga olib, oqava 
suvlardan sug’orish tizimida foydalanish katta iqtisodiy daromad garovidir. Shahar 
oqova suvlari bilan sug’orilgan yerlarning hosildorligi oddiy suv bilan sug’orilgan 
yerlarga nisbatan 5-6 marotaba, chorvachilik oqovalari bilan sug’orilgan ozuqa 
ekinlarining hosildorligi esa, 4 marotaba oshganligi aniqlangan. Oqova suvlaridan 
sug’orish tizimida qullanishning yana bir afzallik tomoni shundaki, xar bir gektar yerga 
kiritiladigan mineral o’gitlar hamda 2-3 ming m
3
toza suv tejaladi. Hozirgi paytda 
respublikamiz miqiyosida sutkasida 4 mln. m
3
, viloyatimizga esa 200 ming m
3
oqava 
suvlari paydo bo’ladi. Yaqin kelajakda oqova suvlarining yillik miqdori 6 km
3
ni tashkil 
etilishi kutilmoqda. Agar ushbu oqova suvlaridan sug’orish sistemasida foydalanilsa, 


94 
600 ming gektar yerlarni sug’orish imkoniyati tug’iladi. Buxoro viloyatidagi oqova 
suvlaridan sug’orish sistemasida deyarli foydalanilmaydi. 
Chorvachilik korxonalarida paydo bo’ladigan har 1 m
3
oqovalarning tarkibida 1 
kg fosfor, 2,5 kg kaliy va 3 kg azot mavjud ekanligi aniqlangan. 
Respublikamiz hududida 50 dan ortiq parrandachilik korxonalari mavjud bo’lib, 
ulardan yiliga 7 mln. m
3
turli kimyoviy tarkibga ega bo’lgan chikindilar paydo buladi. 
Ularni 1:1 yoki 1:2 mikdorda toza suv bilan qo’shib yem-xashak ekinzorlarni sug’orilsa, 
yer hosildorligini 15-20% ga oshirishga imkon beradi. 
O’zbekiston Respublikasida 1993- yil 6 mayda «Suv va suvdan foydalanish 
to’g’risida»gi qonun qabul qilingan. 
Suvga doir munosabatlarni tartibga solish, axoli va xalq xo’jaligi ehtiyojlari uchun 
suvdan oqilona foydalanishdan, suvni bug’lanish, ifloslanish va kamayib ketishdan 
saqlash, suvning zararli ta`sirining oldini olish va uni bartaraf etish, suv ob`ektlarining 
xolatini yaxshilash, shuningdek, suvga doir munosabatlar soxasida korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlar, dehqon xo’jaliklari va fuqarolarning xuquqlarini himoya 
qilish ana shu qonunning vazifasidir. 
Suvning ifloslanishi deganda, sanoat korxonalari, maishiy kommunal xo’jaligi, 
chorvachilik va qishloq xo’jaligi korxonalaridan chiqariladigan chiqindilar, neft va 
moylovchi mahsulotlar, o’simlik va hayvonot qoldiqlarining suvga aralashuvi natijasida 
uning kimyoviy tarkibi, organoleptik xossalari (ta`mi, mazasi, hidi), fizik xossalari 
(suvning qattikligi, sho’rlanish darajasi va b.) ning uzgarishi tushuniladi. 
Dunyo okeanlariga yiliga 10 mln. tonna neft va 71 % dan ko’proq ifloslantiruvchi 
moddalar daryo suvlari bilan birga kelib qo’shiladi. Shundan 2 mln. tonnasini marganes, 
2-3 mln. tonnasini qo’rgoshin birikmalari, 6,5 mln. tonnasini fosforli birikmalar va 320 
mln. tonnasini esa temir birikmalari tashkil etadi. 
O’rtacha quvvatga ega bo’lgan bitta qog’oz kombinati 2 mln. nafar aholiga ega 
bo’lgan shahar oqava suvlari miqdoriga teng chiqindiga ega.
Avtotransport korxonalari, neft va gaz mahsulotlarni qayta ishlash korxonalari 
ochiq suv havzalarini neft mahsulotlari (benzin, kerosin, avtol, nigrol va b.) bilan 
ifloslantiradi. Bir tonna neft mahsuloti okean suviga tushganda suv yuzasida 12 km
2
maydonda moy pardasini hosil qiladi. Natijada suv tarkibida kislorod miqdori keskin 
kamayib, suvdagi tirik organizmlarning qirilib ketishiga sabab bo’ladi. 
Agar 2 sutka davomida ochiq suv havzalariga oqizilayotgan oqova suvlarning 
miqdori belgilangan me`yorlarga nisbatan 20-29 baravar oshib ketsa yoki 8 soat vaqt 
davomida zaharli moddalarning miqdori 30-45 baravar oshib ketsa, korxonada 
favqulodda holat e`lon qilinishi mumkin. Bunday holatlarda korxonada ish faoliyati 
to’xtatiladi, zudlik bilan favqulodda holatni bartaraf etish uchun ekologik, epidemologik 
va boshqa chora-tadbirlari belgilanib, amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari, suv havzalari uchun favqulodda holat ballar orqali belgilanadi. 
Agar suv havzalarining ifloslanishi 4 balldan oshib ketsa, u yuqori darajada ifloslangan 
hisoblanadi.
Agar suv tarkibida erigan kislorodning miqdori 2 mg/l dan kam bo’lsa, erigan 
organik moddalarning miqdori 60 mg/l ni tashkil etsa va suv manbalariga oqizilgan neft 
mahsulotlari qoplangan parda maydoni 2-6 km
2
tashkil etganda, favqulodda holat e`lon 
qilinadi. 


95 
Iflos oqova suv tarkibida erigan moddalar konserogen zaharli moddalar 
(margimush, sianid, xrom, kaliy, mis, qo’rgoshin, simob va b.), radioaktiv elementlar 
(uran, seziy, kobalt va b.), ifekciya tarqatuvchi bakteriyalar va muallaq moddalar 
bo’lishi mumkin. Bir litr oqova suv tarkibida bunday moddalarning miqdori 100-1150 
mg bo’lishi mumkin.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin