84
7-rasm. Forsunkali skrubber.
Suyuqlikni purkab beruvchi qurilmalar (forsunkalar) 0,3-0,4 MPa bosim bilan
ishlaydi. Agar changli havo oqimining tezligi 5 m/s dan yuqori bo’lsa, forsunkalarning
yuqori qismida tomchilarning tozalangan havo bilan
birga skrubberdan chiqib
ketmasligi uchun tomchi ushlagich moslama o’rnatiladi.
Changli havo oqimini yuvish yo’li bilan nihoyatda kichik (0,1 mkm dan kichik)
chang zarrachalarini ushlab qolish mumkin. Natijada havoni 99% gacha tozalash
mumkin.
Skrubberning balanligi uning diametriga nisbatan 2,5
marotabagacha katta
bo’lishi mumkin. Har 1 m
3
changli havoni chang zarrachalaridan tozalash uchun 0,5 l
dan 8 l gacha suv sarflanishi mumkin. Bir tonna suyuqlikni o’lchami 0,001 mm dan 3
mm gacha bo’lgan tomchilar shaklida purkab berish uchun 2-20 kVt elektr energiyasi
sarf bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, changli havoni yuvuvchi qurilmalar yordamida
nafaqat changlardan tozalash mumkin, balki bir vaqtning o’zida
ulardan quyidagi
vazifalarni bajarishda foydalanish mumkni:
1. Havo yoki gazlarni namlash orqali ularni sovutish
2. Chang zarrachalari bilan birga suv tomchilari va tumanlarni ushlab qolish.
3. Changli havo tarkibidaga chang zarrachalarni suyuqlikka shimdirish
(absorbsiyalash).
Ammo changli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalar
kamchiliklardan holi
emas:
1. Changli havoni yuvuvchi qurilmalarida chang zarrachalari yopishib qoladi.
2. Changli havoni, ayiiqsa tajovuzkor (agressiv) gazlarni tozalash uchun, tozalash
qurilmalarni korroziya (yemirilish)dan himoya qilish talab qilinadi.
3. Suyuqlik (odatda suv)ning changli havoni yuvishdagi sarfi ancha kattadir.
4. Changli havo yoki gazlarni yuvuvchi qurilmalarni past (0° S dan kichik)
haroratlarda ishlatib bo’lmaydi, chunki suv muzlab qoladi.
5. Yuqori tezlik bilan ishlaydigan tozalash qurilmalarida ko’shimcha tomchi
ushlagichlar (tuman ushlagichlar)ni o’rnatish talab qilinadi.