Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
10
10
da’vo qiladilar . Bu nazariya ham qadimiy bo‘lib, uning asosida ham
hayvonlarning
baqiriq-chaqiriqlari
yotadi.
Mazkur
nazariya
asoschilarining fikricha, ibtidoiy odamlar hayvonlarning baqiriq-
chaqiriqlarini o‘rganib , ular orqali o‘zlarining ichki kechinmalari ,
g‘am-alamlarini ifodalashgan:
oh , uh, joy, ing
kabi so‘zlar bunga
misol qilib ko‘rsatiladi. Tildagi boshqa so‘zlar esa ana shunday
so‘zlarning birikuvidan kelib chiqqan , deb tushuntiriladi . Taniqli
faransuz olimi J.J.Russo ham shu fikrni quvvatlagan.
Dunyodagi barcha tillarda bunday birliklar mavjud, lekin bunday
so‘zlarning miqdori shu qadar kamki , tildek murakkab hodisa ana
shu yo‘l bilan paydo bo‘lgan , deyish bu masalani juda soddalashtirib
yuborgan bo‘lar edi .
Ma’lumki , tilning asosiy vazifasi kishilar orasida fikr
almashinuvini ta’minlashdir . Binobarin , mazkur nazariyani qabul
qilish tilning asosiy vazifasini , tilning ijtimoiy hodisa ekanligini rad
etishga olib keladi . Ichki kechinmalarni izhor qilish doimo ham
jamiyatning bo‘lishini taqozo qilmaydi . Tilning yashashi va
rivojlanishi esa jamiyat bilan uzviy bog‘liq : jamiyat bor joydagina til
bor , til bor joyda jamiyat bor .
Demak , bu nazariya ham tilning kelib chiqish masalasini to‘g‘ri
yoritishga ojizlik qiladi .
Dostları ilə paylaş: