Muallifdan


-§. TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 
2-§. TILLARNING SHAKLLANISHI VA TARAQQIY 
QILISHI 
Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib , 
jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umum insoniy 
manfaatlarni ifoda etadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq . Til insoniyat tarixi 
qadar qadimiydir . 
Xalq qardosh qabilalar ittifoqi sifatida shakllangan murakkab 
tarixiy uyushmadir. Xalqning asosiy belgilari: umumiy til , umumiy 
hudud , madaniyat va ma’naviyat muhitning umumiyligidir . 
Xalqning asosiy belgilaridan biri bo‘lgan milliy til o‘zaro 
farqlanuvchi , yetakchi , iqtisodiy va madaniy markaz tili sifatida 
namoyon bo‘ladi . 
Tilning paydo bo‘lishi masalasi insoniyatni qadimdanoq 
qiziqtirib keladi . Tilning paydo bo‘lishi juda murakkabdir . Bu 
masala faqat tilshunoslikning emas , boshqa ko‘p fanlarning: 
antropologiya , psixologiya va etnografiya kabi fanlarning ham 
o‘rganish obyektidir. Tilning paydo bo‘lishi masalasi – til qachon va 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 

6
qayerda paydo bo‘lgan , dastlab nechta til bo‘lgan , u yoki bu tillar 
qanday tuzilishda bolgan va shu kabi savollarga hali ilmiy asoslangan 
mukammal javob topilgan emas. Ba’zi olimlarning fikricha, til 
taxminan besh yuz ming yillar ilgari paydo bo‘lgan . 
Ma’lumki, til boshqa narsa va hodisalar singari o‘zgaruvchandir. 
Shunday ekan , besh yuz ming yil ichida tillarda qanday o‘zgarish 
sodir bo‘lganini tasavvur qilish , uni ilmiy , ham amaliy , ham 
nazariy nuqtayi nazardan o‘rganish mumkin emas . Til 
taraqqiyotining yozuv paydo bo‘lishidan avvalgi holati biz uchun 
qorong‘idir . Biz faqat yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrda ro‘y 
bergan til taraqqiyoti to‘g‘risida yozma yodgorliklardan foydalanib , 
fikr yuritishimiz mumkin . Lekin yozuv tilni o‘rganish, tilning paydo 
bo‘lishi to‘g‘risidagi muammoni yoritishga to‘liq imkon bermaydi. 
Shunday bo‘lsa ham , ba’zi olimlar bu masalaga o‘z munosabatlarini 
, fikrlarini bildirib o‘tishgan. 
Qadimgi Yunonistonda faylasuflar tilning qay tarzda kelib 
chiqqanligi ustida uzoq davr qizg‘in bahs olib borganlar. Tilshunoslik 
tarixidan ma’lumki , bu masalada grek faylasuflari bir-biriga zid ikki 
xil farazni o‘rtaga tashlashgan. Demokrit va boshqalar tilda narsa 
nomi bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q , bu nomlar 
mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan , demak , til 
inson tomonidan yaratilgan, degan fikrni ilgari surishgan . Bu guruh 
olimlar 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin