Pijin tillar
ham Yevropa tillari bilan mahalliy tillarning
aralashuvidan yuzaga keladi. Lekin pijin tillarida so‘zlashadigan
jamiyat yo‘q (kreol til jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi
sifatida xizmat qiladi). Pijin tillardan port shaharlarida ikkinchi til
sifatida foydalaniladi.
Sun’iy tillar
maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi L.
Zamengof tomonidan yaratilgan
esperanto tili
sun’iy til hisoblanadi.
Bu tilning lug‘aviy asosi Yevropa tillaridan olingan, grammatikasi
agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin yozuvi asosida. Bu tilda
mashhur asarlar tarjima qilingan. Radio eshittirishlar ham tashkil
qilingan. Bu tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq.
Sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini tahlil qilar ekan,
umumiy va xususiy qonuniyatlarga tayanadi.
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
27
27
XIX asrning o‘rtalarida tabiiy fanlarning rivojlanishi, Charlz
Darvin ta’limotining vujudga kelishi bilan tilni tirik organizm deb
tushunish kuchayadi.
Chunonchi, nemis tilshunoslari M. Myuller va A. Shleyxerlar shu
nazariya tarafdori edilar. To‘g‘ri, fiziologik jihatdan til umurtqali
hayvonlarning, shu jumladan, kishilarning og‘iz bo‘shlig‘ida
joylashgan harakatchan bir qismi. Lekin hayvonlar tili faqat ovqat
yeyish, uning ta’mini aniqlash kabi ishlar uchun xizmat qiladi.
Kishilar tili esa hayvonlarga xos xususiyatlardan tashqari, nihoyatda
muhim vazifalarni, ya’ni kishilik jamiyatining aloqa vositasi—
kommunikativ ijtimoiy vazifani bajaradi.
Shuni
uqtirib
o‘tish kerakki, insonning tabiiy-biologik
xususiyatlari kishilik jamiyatidan tashqari, jamiyatga bog‘liq
bo‘lmagan holda, masalan, yangi tug‘ilgan go‘dak hayotining
takomili (nafas olishi, korishi, ovqat yeyishi, asta-sekin yurib ketishi
va hokazolar) tabiat qonunlariga muvofiq holda taraqqiy etaveradi,
o‘saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas. So‘zlashish,
fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo‘lishi shart. Demak, aytilgan
fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin:
birinchidan
, til tabiiy
biologik hodisa emas;
ikkinchidan
, tilning mavjud bo‘lishi va uning
taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bog‘liq emas;
uchinchidan,
til
kishilarning tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy
belgilariga) bog‘liq emas;
to‘rtinchidan,
faqat jamiyat bo‘lib
uyushgan insonlargina aloqa vositasi bo‘lgan tilga ega. Binobarin, til
tabiiy-biologik hodisa bo‘lmay, kishilik jamiyatining eng muhim
aloqa vositasi sifatida jamiyatga xizmat qiladigan, subyektga bog‘liq
bo‘lmagan ijtimoiy hodisadir.
Dastlabki davrlarda, jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga
bo‘linishiga qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun
xizmat qilmadi, u jamiyat a’zolarining hammasiga bab- baravar
xizmat qildi. Ishlab chiqarish jarayoni jamiyatdagi turli guruh
odamlari bir-biri bilan aloqada bo‘ladilar, til esa ishlab chiqarishni
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
28
uyushtirishda jamiyatning hamma sohalari rivojlanishida muhim
aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Til kishilik jamiyatining asrlar davomidagi butun tarixiy
jarayonida ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat va
jamiyatning a’zolari tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy hodisadir.
Shu bilan birga, til biror davrning, biror ijtimoiy-iqtisodiy
jamiyatning mahsuli bo‘lmay, balki butun jamiyat tarixi jarayonidagi
bir qancha davrlarning mahsuli bo‘lib, jamiyatdagi turli tabaqa
vakillari uchun bab-baravar xizmat qiladi.
Faqat bir sinfga yoki bir guruhga xizmat qiluvchi til bo‘lmagan va
bo‘lishi ham mumkin emas.
Shunday qilib, til guruh va tabaqalardan qat’i nazar, butun
jamiyatga xizmat qiladi.
Til fikr ifodalashning muhim vositasidir. Tafakkur bilan tilning
munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z
navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon. Til
ham tafakkur ham mehnat jarayonida kishilik jamiyatida
shakllangan.
Til birliklari – fonema, morfema, so‘z, gap bir butun holda,
mantiqiy tushunchalar (his-tuyg‘u, idrok, tafakkur) bilan uzviy
bog‘liqdir.
Til alohida tizim sifatida quidagi vazifalarni bajaradi :
1 .
Aloqa – munosabat vazifasi
. Tilning mazkur vazifasi
jamiyatda aloqa – munosabat vositasi sifatida xizmat qilishdan iborat.
Bu tilning asosiy ijtimoiy vazifasi hisoblanadi. Til belgilari uni aloqa
- munosabatning boshqa vositalaridan farqlash, tilni ijtimoiy hodisa
sifatida talqin etish imkonini beradi . Til aloqa – munosabatning
muhim vositasi sifatida jamiyat bilan, uning madaniyati, turmush
tarzi va mehnat faoliyatidagi har bir jarayon bilan muntazam bog‘liq.
Kishilar o‘z fikrlarini, sezgi va ruhiy kechinmalarini ifoda qilib, bir –
birlariga ta’sir ko‘rsatadilar.
2.
Tilning hissiy ta’sir vazifasi.
Tilning muayyan ma’lumotni
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish
www.ziyouz.com
kutubxonasi
29
29
ifoda etib, tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi uning hissiy - ta’siriy
vazifasi hisoblanadi . Xabar, sezgi va hayajon, xohish ifoda qilish
hissiy ta’sir vazifasining asosini tashkil etadi. Bunda turli tasviriy til
vositalaridan, jumladan, modal so‘zlar, javob talab qilmaydigan
so‘roq, tartibni o‘zgartirish kabilardan foydalaniladi.
3.
Tilning to‘plash vazifasi
. Til aloqa – munosabat vositasi, hissiy
ta’sir ifodasi bo‘lib qolmay , to‘plash vazifasini bajaruvchi muhim
manba hamdir . Til millatlararo aloqa - munosabat vositasi,
to‘plangan bilim va tajribalarni avloddan avlodga yetkazish vositasi
hisoblanadi. Tilning ushbu vazifasi bilish jarayonidagi asosiy
vositalardan hisoblanadi . Bevosita aloqa - munosabat davomida
tilning nomlash va fikr ifodalash vazifalari namoyon bo‘ladi.
Mustaqil so‘zlar, qo‘shma nomlar , iboralar ,atama nomlovchi
birliklar hisoblansa, turli gap ko‘rinishlari fikr fodalovchi birlik
hisoblanadi.
Tilning kishilik jamiyatidagi o‘rnini , madaniy – ma’naviy soha
taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilash tilning asosiy vazifalarini
to‘g‘ri ta’riflashga asoslanadi .
Bevosita aloqa – munosabat davomida tilning nomlash va fikr
ifodalash vazifalari namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |