Bulardan tashqari alohida so‘zlar turkumi ham mavjud: modal so‘zlar, undov so‘zlar, taqlid so‘zlar. Bu so‘z turkumlari o‘ziga xos jihatlari bilan yuqoridagi so‘z turkumlaridan ajralib turadi.
Ot
Narsa-buyum, mavhumlik ma’nosini bildiruvchi so‘zlar ot deyiladi. Ot quyidagi xususiyatlarga ega.
Ot turkumi son, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga, turli ma’no hamda vazifa uchun xizmat qiluvchi vazifaviy shakllarga (funksional forma), shuningdek o‘ziga xos yasalish tizimiga ega.
Ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish (barcha mustaqil so‘zlar) bilan birika oladi.
Ot barcha gap bo‘laklari vazifasida kela oladi (ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklar, undalma).
Otlarda son tushunchasi birlik va ko‘plik orqali namoyon bo‘ladi. Ko‘plikning grammatik ko‘rsatkichi:-lar; birlik esa nol ko‘rsatkichli formadir (shakldir). Otlarda ko‘plik 3 xil usulda ifodalanadi:
morfologik usul:-lar orqali: bolalar;
leksik usul: bir qancha do‘kon, bir to‘da bola;
v) semantik usul: xalq, armiya, to‘da, olomon, poda. Ba’zi takrorlar ham (grammatik usul) ko‘plikni ifodalaydi: Kimkim keldi? Nima-nima berdi? Dadamlar keldilar kabi o‘rinlarda -lar ko‘plik qo‘shimchasi hisoblanmaydi.
Ayrim otlar -lar affiksini olmaydi:
Planeta, yulduz nomlari (Quyosh, Mars..). Atoqli otlarga -lar affiksi qo‘shilganda grammatik ko‘plik ifodalanmaydi.
Ayrim so‘zlar ma’nosiga ko‘ra -lar qo‘shimchasini olmaydi: xaloyiq, dada, ona.
Ba’zan otlarga -lar qo‘shimchasi qo‘shilsa ham ko‘plik ifodalanmaydi, balki turlicha modal ma’nolar anglashiladi.
Atoqli otlarga: Muhayyo, Nodira, Akmal kabilarga -lar qo‘shilganda kishilar guruhi tushuniladi.
Ma’lum kasb-hunar, fan, shu kasb-hunarga, fanga oid sohani bildiruvchi otlar ko‘plik shaklida qo‘llanmaydi: o‘qituvchilik, dehqonchilik, olimlik, matematika, ximiya, tilshunoslik.
Quyidagi hollarda otlar doimo birlik shaklida bo‘ladi:
Izohlovchi-izohlanmish munosabatidagi birinchi so‘z: qiz bola, oshpaz kampir, injener Qodirov.
Sifatlovchi son bilan ifodalansa, har ikki qism ham birlikda bo‘ladi:beshta kitob, o‘ntacha sayyoh, uchala bola, bir-ikkita gap, besh kun.
Otlar nutqda har doim birlik yoki ko‘plik shaklida bo‘ladi. O‘zbek tilida otning son shakli (birlik va ko‘plik) sintaktik munosabat bildirmaydi.