Muallifdan


Hisob so‘zlari (numerativlar)



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə61/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Hisob so‘zlari (numerativlar)


Hisob so‘zlari narsa-buyumning aniq miqdorini ko‘rsatmay, shu narsani hisoblashda uning qaysi guruhga oidligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Hisob so‘zlari asosan ot turkumidagi so‘zlardan iborat bo‘ladi: dona, nusxa, tup.
Qadimda ishlatilgan hisob so‘zlari: qadoq, jon, tanob, gaz, savjin, paysa, taxta, enlik, so‘lkavoy, tosh, pud, mahal (vaqt), yumaloq.
Keyingi davrlarda kirib kelgan (boshqa tillardan) hisob so‘zlari: mehnat kuni, gektar, kubometr, kilovatt-soat, sotix, pachka, metr, kilo minut, gradus, sentr, par, ekzemplyar.
O‘zbek tilidagi hisob so‘zlari qo‘llanishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Predmetlarni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar: dona, nusxa, bosh, tub, nafar.

  2. Butunning, guruhning yoki to‘daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar: burda, parcha, varaq (sahifa), og‘iz, luqma, siqim, tilim, (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq, nimta, to‘g‘ram, poy, bo‘lak, shingil.

  3. To‘dalar, guruhlarni ko‘rsatuvchi hisob so‘zlari: gala, to‘p, guruh, to‘da, dasta, bog‘ (bog‘lam), quchoq, shoda, nafar, gruppa, hovuch.

  4. Juft narsa-buyumlar hisobini ko‘rsatuvchi so‘zlar: juft, par (a).

  5. Og‘irlikni o‘lchash uchun ishlatiladigan hisob so‘zlari: gramm, kilogramm, metr, pud, sentr, tonna, misqol, qadoq, botmon.

Hisob so‘zi vazifasini bajaruvchi so‘zlar miqdor o‘lchovini ifodalash uchun ishlatiladi: piyola, qoshiq, kosa, choynak, qop (xalta), quti, chamadon.

  1. Uzunlik o‘lchovi uchun ishlatiladigan hisob so‘zlari: quloch, qadam, qarich.

  2. Yosh hisobi uchun qo‘llanadigan so‘zlar: yosh, yashar, yoshdagi, yoshli.

  3. Vaqt o‘lchovi uchun ishlatiladigan so‘zlar: asr, yil, oy, hafta.

  4. Qiymat (pul) hisobi uchun ishlatiladigan so‘zlar: so‘m, tiyin, tanga, chaqa, tilla.

Sonlarning hisob so‘zlari bilan birgalikda qo‘llanishi o‘zbek tili tabiatiga xos jihatlardan biridir.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin