Sifat quyidagi xususiyatlarga ega:
Predmet, narsa-buyumning belgisini bildiradi, qanday, qanaqa so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni qabul qiladi, lekin sifat o‘zgarmaydi: ulug‘vor tabiatni. Ko‘rinadiki, sifat otga bog‘langanda hech qanday o‘zgarishga uchramaydi, ya’ni o‘zgartuvchi qo‘shimchalarni olmaydi.
Sifatlar darajalanadi. Belgining me’yoridan, ortiq yoki kam darajada ekanligini ko‘rsatish sifat darajalari deyiladi. Sifat darajalari 3 xil: oddiy, qiyosiy, orttirma daraja. oddiy darajada belgining ortiq yoki kamligi ko‘rsatilmaydi: go‘zal, katta.
qiyosiy daraja: -roq: go‘zalroq, kattaroq. Qiyosiy daraja ozaytirma daraja deb ham yuritiladi. Ozaytirma daraja -(i) mtir, -ish; sal, bir oz kabi vositalar orqali hosil qilinadi: ko‘kimtir, sal yaxshi, qizg‘ish.