noma,-xona,-ch,-inch (quvon-ch, sevin-ch, ishon-ch, suyun-ch,
yupan-ch, qo‘rq-inch).
indi: yig‘-indi,qir-indi; yuv-undi, oq-indi, supur-indi, chiq-indi. in,-un: ekin, yig‘in, yog‘in, tugun, bo‘g‘in, quyun (quy-un).
mak,-moq: emak, chertmak, topishmoq, quymoq, chaqmoq, ilmoq.
dak,-doq: kekir-dak, yugur-dak, qovur-doq, qo‘ndoq. ildoq: shaqildoq, chirildoq, shilpildoq, xiqildoq. sh: uylanish, qurilish, o‘pirilish, yig‘ilish; o‘tirish. it,-at: chiq-it, qur-it, ko‘ch-at. chiq: yopin-chiq, suyan-chiq: diq: xordiq, qoldiq, topildiq. a: quyq-a, jizz-a, qahqah-a, sharshar-a, do‘mbir-a, dag‘dag‘-a. ak; xurr-ak, qars-ak, varr-ak, bizbiz-ak, dardar-ak.
So‘zlarni qo‘shish yoki ularni qisqartib qo‘shish bilan qo‘shma otlar yasaladi. Qo‘shma otlarning tarkibi quyidagicha bo‘ladi:
Ot bilan otdan: otquloq, qo‘larra.
Sifat bilan otdan: ko‘ksulton
Ot bilan sifatdan: gulbeor
Son bilan otdan: mingoyoq
Ot bilan fe’ldan: o‘rinbosar
Quyidagi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi:
a) qismlari turdosh otlardan iborat bo‘lib, bir urg‘u bilan aytiladigan narsa-buyum nomlari ( gulko‘rpa, o‘qilon, tutmayiz, oshqozon, oshko‘k);
c) ot bilan -ar qo‘shimchali fe’ldan yasalgan qo‘shma otlar (
beshiktebratar, otboqar);
v) ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan joy nomlari (Yangiyo‘l).
Ikkinchi qismi e, yo, yu, ya harfi bilan boshlangan qo‘shma otlar ajratib yoziladi: er yong‘oq, eshak emi, qozon yuvg‘ich. Juft otlar quyidagicha hosil qilinadi:
bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlardan: uy-joy, oyoq-qo‘l, daftarkitob;
sinonim so‘zlardan; kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat, or-
nomus;.
v) antonimlardan: yosh-qari, ost-ust.
Takror otlar: kosa-kosa . Tildagi choy-poy, bug‘doy-mug‘doy, osh- posh, ot- pot kabi so‘zlar ham takror hisoblanadi.
Otlar qisqartirish yo‘li bilan ham hosil qilinadi. Qisqartirish orqali ot yasalishi abbreviatsiya usuli deyiladi: SamDU, BMT, MDH, ATS, GES, filfak, avtomashina, dramteatr, texnikum.
Dostları ilə paylaş: |