Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə64/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Fe’l


Ish-harakatni bildirgan so‘zlar turkumi fe’l deyiladi. Fe’l quyidagi xususiyatlarga ega.
Fe’l tuslanadi. Fe’l turkumidagi so‘zlarning shaxs-son qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi tuslanish deyiladi. Shaxs-son qo‘shimchalari tuslovchi qo‘shimchalar deyiladi. Tuslanish fe’lning mayl, zamon va shaxs-son formalarini olib o‘zgarishidir.

Shaxs-son tushunchasi (kategoriyasi)


Shaxs-son tushunchasi fe’l anglatgan harakat-holatning bajaruvchiga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. I shaxs-so‘zlovchi;
II shaxs-tinglovchi, III shaxs-nutq jarayonida ishtirok etmayotgan shaxs.

  1. shaxs: bordim bordik, boryapmiz

  2. shaxs: bording, boryapsan bordingiz, boryapsiz

  3. shaxs: bordi, boryapti bordilar, boryapti(lar)

Zamon tushunchasi


Zamon tushunchasi harakat-holatning nutq vaziyatiga munasabatini ifodalaydi. Fe’lning uch zamoni farqlanadi: o‘tgan zamon(nutq jarayonigacha bo‘lgan harakat); hozirgi zamon (nutq jarayonida sodir bo‘layotgan harakat), kelasi zamon (nutq jarayonidan keyin sodir bo‘ladigan harakat).
1. O‘tgan zamon fe’llari quyidagicha:

  1. aniq o‘tgan zamon shakli-di: yozdik, ko‘rdik.

  2. uzoq o‘tgan zamon shakli –gan: yozgandingiz, ko‘rgandingiz.

v) o‘tgan zamon hikoya shakli-(i) b: yozibsiz, ko‘ribmiz; yozib
edik, ko‘rib edik.
g) o‘tgan zamon davom fe’li-a(r)-edi, (-mas-edi): ko‘rinar edi,
ko‘rinmas edi.
2. Hozirgi zamon fe’llari quyidagicha:

  1. aniq hozirgi zamon shakli -yap-shaxs-son affiksi: -yotir,-yotib;

boryapman, borayotirman, borayotibman; -moqda: bormoqda.

  1. hozirgi- kelasi zamon shakli: kelasi zamon aniq shakli:-a, -y; yozadi; ishlaymiz; kelasi zamon gumon shakli; -(a)r, (-mas); yozarman, yozmasman.

3.Kelasi zamon shakllari quyidagicha:

  1. aniq kelasi zamon shakli -ajak(-yajak): borajakmiz,

o‘qiyajakmiz; -gu(-g‘u,-ku,-qu): kelgum(dir), kelgumiz, kelgusi;

  1. kelasi zamon maqsad shakli-moqchi: kelmoqchiman,

aytmoqchisan;
v) kelasi zamon gumon shakli:-r,-ar: o‘qirman, boraman.
Ba’zi hollarda bir zamon shaklining boshqasi o‘rnida qo‘llanishi uchrab turadi. Harakatning qaysi zamonga oidligi esa umumiy holatdan anglashilib turadi. Masalan: Hozir qorong‘ida qayoqqa bordigu, nimayam qildik-kelasi zamon. Shundan so‘ng bilmadim, qancha vaqt shirin xayollar osmonida qanot qoqib yurdim-hozirgi zamon. Bugun kechqurungi poezd bilan jo‘nab ketyapmiz-kelasi zamon.
Fe’llar ma’no va leksik- grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar.


  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin