Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə77/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Ot-kesimlar tarkibida bog‘lama ishtirok etadi. Fe’l bo‘lmagan kesimni ega bilan bog‘lashda ishtirok etuvchi so‘zlar bog‘lama deyiladi. Bo‘l, qil, edi, ekan, emish, -dir( kesimlik qo‘shimchasi) bog‘lama deyiladi. Birovlarni qarg‘ash yoki so‘kish gunohdir. Odam mehnat bilan odam bo‘ladi. ( odamdir). Sanamoq, hisoblamoq so‘zlari ham ba’zan bog‘lama sifatida qo‘llanadi:
O‘g‘lim a’lochi hisoblanadi. 8 dekabr Konstitutsiya kuni hisoblanadi.
Ega va kesim shaxsda hamma vaqt o‘zaro mos bo‘ladi. Juda kam hollarda “ Shularni ko‘rib hayron qolasan kishi” tarzidagi ega va kesim shaxsda moslashmagan gaplar uchraydi: ega (kishi) III shaxsda, kesim esa II shaxsda.
Fe’l - kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo‘ladi: men bordim, biz keldik. Fe’l kesim III shaxsdagi ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi:

  1. shaxsni bildirgan lll shaxsdagi ega bilan fe’l-kesim sonda mos

bo‘ladi: Nodir o‘rnidan turdi.Dehqonlar chigit ekdilar.

  1. ko‘plikdagi ega shaxs ( kimsa) ni emas, jonsiz voqelikni, narsa-buyumni bildirsa, fe’l-kesim ega bilan sonda moslashmaydi:

O‘t-o‘lanlar bahor kelishi bilan ko‘karadi;
v) ot-kesim ko‘pincha ko‘plikdagi ega bilan moslashmaydi: Majlisda Nazira aya, Salima opa va Alijon akalar bor edi.
Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari ( to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol) bosh bo‘laklarga tobe bo‘lib, ularni to‘ldirib, aniqlab, izohlab keladi.
Gapdagi biror bo‘lakni to‘ldirib, unga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi.To‘ldiruvchi asosan kesimga bog‘lanadi. To‘ldiruvchi ikki xil bo‘ladi:1. Vositasiz to‘ldiruvchi. 2. Vositali to‘ldiruvchi.
Vositasiz to‘ldiruvchi tushum kelishigidagi so‘z bilan ifodalanib, kimni?, nimani?, qaerni? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Vositasiz to‘ldiruvchi ish-harakatga aloqador bo‘lgan narsa-buyum, kimsani bildiradi (ish-harakatni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tgan narsa-buyum yoki kimsani bildiradi). Kechagi yig‘inda Abdullani ko‘rdim. To‘ldiruvchi turdosh ot bilan ifodalanganda kelishik qo‘shimchasi ba’zan tushib qoladi. Talabalar paxta terishdi.
Vositali to‘ldiruvchi jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olib, kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kimda?, nimada?; ko‘makchilar bilan kelib, kim bilan?, nima bilan?, kim haqda?, nima haqda? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Farzandidan umidi katta edi. Yaxshiga yondash, yomondan qoch.Do‘stlik haqida insho yozdik.
Gapdagi biror bo‘lakning belgisini yoki bir narsa-buyumning boshqasiga qarashli ekanligini bildirgan bo‘lak aniqlovchi deyiladi: Qattiq sovuq, mayda qor yog‘ib turgan edi.( A.Q), Qalandarovning hovlisi kattagina ekan.(A.Q.).
Aniqlovchi ikki xil bo‘ladi: 1. Sifatlovchi-aniqlovchi. 2.Qaratqich aniqlovchi.
Sifatlovchi-aniqlovchi qanday? qaysi? qancha? nechanchi? necha? qaerdagi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Sifatlovchi tomonidan aniqlangan bo‘lak sifatlanmish deyiladi: qizil olma. Sifatlovchi va sifatlanmish bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi: Notanish kishi boshini ko‘tarib unga qaradi. (S. A.).
Ba’zan sifatlovchi birikma holida kelishi mumkin: Erta bahorda sepilgan bug‘doy ham maysa bo‘ldi. Erta bahorda sepilgan sifatdoshli birikmasi sifatlovchi vazifasida kelgan.
Qaratqich-aniqlovchi kimning? nimaning? qaerning? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Qaratqich tomonidan aniqlangan bo‘lak qaralmish deyiladi. qaralmish qaratqich bilan moslashuv yo‘li orqali birikadi.
Uyning ichi bo‘m-bo‘sh edi. Qaratqich ba’zan belgisiz(kelishik qo‘shimchasisiz) kelishi mumkin: maktab kutubxonasi. Qaratqichaniqlovchi qo‘llanmasligi ham mumkin: Bizning maqsadimiz ulug‘dir. Maqsadimiz ulug‘dir.
Izohlovchi aniqlovchining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda izohlovchi ot boshqa bir otni izohlaydi. Ya’ni izohlovchi ot bilan ifodalanadi. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish deyiladi.
Izohlovchi-izohlanmish ko‘pincha chiziqcha bilan yoziladi: mexanik-haydovchi, xipchin-soch,ona-Vatan. Ayrim hollarda chiziqcha qo‘yilmaydi: shifokor Muslimov, ”Turkiston” gazetasi,” «Farhod va Shirin” dostoni. Bunday izohlovchi shaxs oti bilan ifodalansa, qo‘shtirnoqqa olinmay, nomidagi, nomli so‘zlari bilan birga qo‘llanadi: Oybek nomidagi jamoa xo‘jaligi.
Kesimga bog‘lanib, uning belgisini bildirgan bo‘lak hol deyiladi. Hol ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.


  1. Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin