Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə78/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

O‘rin holi qaerda? qayoqqa? qaerdan? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Ot turkumidagi so‘z, o‘rin ravishi ko‘p hollarda gapda o‘rin holi vazifasida keladi: Sakson ota orqadan qarab qoldi. (O.)

  • Payt holi qachon?, qachongacha?, qachondan beri?, qachondan buyon?, qayvaqt? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi. Payt holi asosan ot, payt ravishi, payt ravishdoshi bilan ifodalanadi. Bugun konsertga boramiz. Bir ozdan keyin dahliz eshigi ochildi. (M.Sh)

  • Miqdor holi qancha?, qanchalab?, nechalab?, necha marta? so‘roqlariga javob bo‘ladi: Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur.

    Miqdor holi asosan miqdor-daraja ravishi, son hamda hisob so‘zlari bilan ifodalanadi. Onasi ishdan ancha kech qaytdi. Choydan bir qultum ho‘pladi. (O)

    1. Vaziyat (tarz, ravish) holi qanday?, qay holda?, qay vaziyatda?, qay tarzda? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Vaziyat holi asosan ravish, ravishdosh, ot, sifat, taqlid so‘zlar, ibora bilan ifodalanadi: Saida xayrlashib, orqasiga qaramay jo‘nab ketdi. (A.Q).

    Vaziyat holi ba’zan ish-harakatning bajarilishini o‘xshatish yo‘li bilan anglatib,-dek,-day,-larcha qo‘shimchalarini olgan so‘zlar bilan ifodalanadi. Shaftolilar egilgan, go‘yo salom berganday. (P.M)
    Ba’zan vaziyat holi yoyiq holda keladi. To‘la singlisining shartiga rioya qilib, to‘g‘ri uyga jo‘nadi. (M.Sh). Bu gapda singlisining shartiga rioya qilib ravishdoshli so‘z birikmasi yoyiq vaziyat holi vazifasida kelgan.

    1. Sabab holi nima sababdan?, nima sababli?, nima uchun?, nimaga?, nega? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Odil uyalganidan qizarib ketdi. (O.). Sabab holi -lik,-sizlik,-ganlik qo‘shimchali chiqish kelishigidagi otlar, shuningdek, sifatdoshdan keyin -dan qo‘shimchasini keltirish bilan;

    -gani, -ganligi qo‘shimchali so‘zlardan keyin sababli, tufayli, uchun so‘zlaridan birini keltirish bilan ifodalanadi: Shodligidan qul Tarlon, To‘xtamadi yig‘idan.(H.O); Majolsizlikdan kiyimlari joylangan sumkani ham tashlab, yuqori qavatga ko‘tarildi. Qizi kelmaganidan ancha ranjidi.

    1. Maqsad holi jo‘nalish kelishikdagi so‘z yoki harakat nomidan keyin uchun ko‘makchisini keltirish bilan; fe’ldan so‘ng uchun,deb so‘zlarini keltirish bilan, maqsad ravishdoshi bilan ifodalanadi.


    Yüklə 0,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin