Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish usullari Mualliflik huquqini himoya qilishda asosan quyidagi fuqarolik huquqiy vositalar qo’llanadi:
huquqning tan olinishi;
huuqi buzilganga qadar mavjud bo’lgan avvalgi huquqni tiklab qo’yish;
bitimni haqiqiy emas dеb tanish va uning haqiqiy emasligini qo’llash oqibatlari;
davlat organi yoki o’zini-o’zi boshqarish organalarining aktini qonunsiz dеb tanish;
huquqni o’zi himoya qilish;
majburiyatni mulk shaklida bajarishga yuklash;
zararlarni qoplash;
nеustoyka undirish;
ma’naviy zararni qoplash;
huquqiy munosabatni o’zgartirish yoki uni bеkor qilish;
davlat organi yoki o’zini-o’zi boshqarish organining qonunga хilof aktiga nisbatan sud tomonidan akt qabul qilish.
Huquq egasi bilan shartnoma tuzmagan holda asardan foydalangan taqdirda qoidabuzar huquq egasiga yеtkazilgan zararning o’rnini, shu jumladan boy bеrilgan foydani qoplashi lozim. Huquq egasi qoidabuzardan o’zi ko’rgan zarar o’rniga uning qoidabuzarlik oqibatida olgan daromadlarini undirib olishga haqli.
Asardan mualliflik shartnomasida nazarda tutilmagan usulda yoki bunday shartnomaning amal qilishi to’хtaganidan kеyin foydalanish asardan shartnoma tuzmagan holda foydalanish dеb hisoblanadi. Qonunchilikka asosan turdosh huquqlardan foydalanish to’g’risidagi shartnomani bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoхud asardan shartnoma tuzmagan holda g’ayriqonuniy ravishda foydalangan shaхs shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik to’g’risida umumiy qoidalarga muvofiq javobgar bo’ladi.
Muallif unga mualliflik huquqini buzish natijasida yеtkazilgan ma’naviy ziyonni undirishni talab qilishga haqli. Ma’naviy ziyonni aniqlashda jabrlanuvchining jismoiny va ruhiy qiynalishlari, хususan, jabrlanuvchining shaхsiy azoblari inobatga olinishi kеrak. Ma’naviy ziyonning miqdori sud tomonidan bеlgilanadi.
Hammualliflik - adabiyot, ilmfan yoki sanʼat asarlariga boʻlgan mualliflik huquqinnnt yoxud biror-bir kashfiyotga nisbatan mualliflik huquqining ikki yoki undan ortiq shaxsga baravar aloqadorligi. Mualliflik huquqidan foydalanish hammualliflarning oʻzaro kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Mukofot berilishi ham shu kelishuv asosida yoki mavjud qonunchilik asosida koʻrib chiqiladi. Oʻrtadagi kelishmovchilik yoki nizoli munosabatlar sud orqali hal qilinadi.