18
kattik disk (vinchester) bilan turli ishlarni amalga oshirish uchun maxsus
dasturlar zarur.
Vinchesterni bўlaklarga bўlish, uning ma‘lum bўlaklarini
parol bilan
ximoyalash uchun Disk Manager deb ataluvchi dastur ishlatiladi.
Diskning xolatini tekshirish uchun esa NDD (Norton disk doctor)
dastursi ishlatiladi. Bu dastur yordamida disk segmentlari tekshirilib,
undagi xatoliklar topiladi va bartaraf etiladi.
Diskdagi ma‘lumotlarni optimizatsiya қilish, ya‘ni bir tartib bilan
joylashtirib chiқishga xizmat қiluvchi SD (Speed Disk) dastursi
mavjuddir. Uning yordamida diskdagi ma‘lumotlar tartibga keltiriladi,
bu esa diskdagi ma‘lumotlarga murojaat қilishni yengillashtirib,
kompyuter ishini tezlatadi.
Yuқorida sanab ўtilgan dasturlarni ishlatish қulay bўlib, dialog
darchasida ҳosil bўladigan menyu punktlaridan mosini
tanlash va
ishlatishdan iboratdir. Utilitlar guruxlarga birlashtirilib, ularning eng kўp
ishlatiladiganlari
Norton Utilities
, PC Tools Deluxe, Mace Utilities lar
bўlib xisoblanadi. Utilitlarni қuyidagi tartibda guruxlarga bўlib chiқish
mumkin:
• Siqadigan dasturlar maxsus usullarni қўllagan xolda ma‘lumotlarni
siқilgan xolda joylashtirib, ularning arxiv nusxalarini xosil қilishga
yordam beradilar. Masalan, PKZIP, PKUNZIP
va ARJ dasturlari
bularga misol bўla oladi.
19
• Disklardagi ma‘lumotlarning rezerv nusxalarini xosil қiladigan
dasturlar қattiқ u1076 diskka yozilgan ma‘lumotlarni tezlik bilan
disketlarga yoki strimmerlarga nusxalash uchun yordam beradilar.
Masalan, Norton Backup, Fast Back Plus.
• Antivirus dasturlari, ular xilma-xil turdagi viruslarga қarshi samarali
kurashish uchun xizmat қiladilar
• Kommuniktsion dasturlar kompyuterlararo ma‘lumotlarni almashinish
uchun ishlatiladilar. Masalan, Brooklin Bridge, DeskLink, LapLink, Fast
Link. Telemate, Procomm, Dataline dasturlari
kompyuterlarning telefon
kanallari orқali muloқot қilinishiga yordam bersa, WinFax Pro, Bit Fax,
Fax It dasturlari telefon ma‘lumotlarini faks modem orқali uzatish
imkoniyatini yaratadilar.
• Kompyuterni diagnostika қilish dasturlari uning konfiguratsiyasini va
ishga layoқatliligini tekshirishga imkon beradi. Masalan, Cheeck It, ND
lags, Control Room, System Sleuth dasturlarini
shu dasturlar turkumiga
kiritish mumkin. Disklarni tekshirish uchun Disk Technician Advance,
Calibrate dasturlari қўllanilishi mumkin.
• Disk uchun mўljallanilgan dastur-kesh diskdan ma‘lumot ўқishni
ancha tezlashtirishga imkon beradi, chunki ushbu xolda operativ
xotirada diskning tez-tez ishlatilib turadigavn bўlaklarini ўz ichiga olgan
kesh-bufer xosil қilinadi. Masalan,
Smart Drive
, NKache, Super PC
Kwik.
20
• Disklarni optimizatsiya қilish dasturlari disklarda saқlanadigan
ma‘lumotlar xajmini ancha oshirishga va ma‘lumotlarni tezroқ topishga
yordam beradi. Masalan, Speed Disk yoki Fast Trax dasturlari.
• Disklarni dinamik siқishtirishga imkon beruvchi dasturlar disklarda
saқlanilishi mumkin bўlgan informatsiya
xajmini ancha oshirishga
yordam beradi. Masalan, Stacker, Double Space, Super Stir dasturlari.
• Avtonom ravishda chop қilish dasturlari (skulerlar) fayllarni chop
қilishni boshқa ishlar bilan bir vaқtda amalga oshirishga imkon beradi.
Masalan, Print Cashe dasturi.
• Xotirani boshқarish uchun mўljallanilgan operativ xotirani yaxshiroқ
boshқarish uchun ishlatiladi. Masalan, Software Carousel va Switch It
dasturlari xotiraga bir қancha dasturlarni yuklashga va biridan
ikkinchisiga osonlik bilan ўtishga yordam beradi.
Boshqa ko’p tarqalgan tizimli dasturlardan biri bu
drayver
dasturlari va
dastur-koplamalar. Drayverlar-dasturlar bu operatsion
tizimga tashki va ichki kurilmalar bilan ishlashda qulayliklar yaratuvchi
dasturlar. Bu dasturlar asosan shu kurilmalar chiqaruvchi firmalarda
yaratiladi va kurilmalar bilan birga tarkalinadi. Masalan: monitorlar
drayverlari, СD-ROM lar drayverlari va xokazo.
Dastur koplamalar bu
operatsion tizimning imkoniyatlardan chiroliy va qulay holda
foydalanishni taminlovchi dasturlar. Shulardan eng taniqliysi bu
NORTON
COMMANDER dasturi, bu dastur bilan biz 4-bobda
tanishamiz.