Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnoligiyalar universiteti qarshi filliali t. T va kt fakulteti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta`lim guruh talabasi tilakov javohirning kiberxavfsizlik asoslari fanidan mustaqil ish 1


Mavzu: Yuz tasviriga asoslangan autentifikatsiya usuli va uning xususiyatlari



Yüklə 102,98 Kb.
səhifə3/10
tarix01.12.2023
ölçüsü102,98 Kb.
#170942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kiberxavfsizlik mustaqil ish 1.

Mavzu: Yuz tasviriga asoslangan autentifikatsiya usuli va uning xususiyatlari
Yuz tasviri tizimlari arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompyuterlar video va audio vositalariga ega. Bu biometrik tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida masofadagi foydalanuvchi subyektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to‘g‘ri keladi. Bu holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko‘z, burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikatsiyalashda xususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada takomillashtirishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo‘yicha tebranishi natijasidagi yorug‘lik o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladilar. Yuz holatining o‘zgarishi ham aniqlash natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining 90° ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz bo‘lishiga olib keladi. Yuz shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash usullari turli ko‘rinishda bo‘lib quyida ulardan asosiylari keltirib o‘tilgan:
neyron tarmoqli usul (bir va ko‘p qatlamli); elastik grafiklarni taqqoslash usuli;chiziqli diskreminant tahlil usuli;yuzning geometrik xarakteristikalari asosidagi usul;empirik aniqlash usuli.neyron tarmoqli usul (bir va ko‘p qatlamli)
Neyron tarmoqli usul tasvirni aniqlashda foydalanilib, bir necha neyron tarmoqlarini qo‘llashga asoslanadi Elastik grafiklarni taqqoslash usuli;
Bu usul (Elastic Bunch Graph Matching)da –yuzning kalit nuqtalari: bosh, burun, lab va ko‘z chegarasi va oxirgi nuqtalari grafik ko‘rinishda ifodalanadi. Chiziqli diskreminant tahlil usuli;
Xususiy yuz usuli kabi holatlarni ideallashtirish uchun qo‘llanilib, shuningdek, yorug‘likning yagona parametrda bo‘lishi, ko‘zoynak taqib kirishda xalaqitlar va soqqolning paydo bo‘lishi. Bu holatlar umumiy tasodiflarda hech qachon dastlabki qayta ishlash uchun yo‘l topa olmaydi. Bu kamchiliklarni albatta bartaraf etish lozim. Shuning uchun asosiy komponent usuli bilan bilan birgalikda ishlash tavsiya etiladi. Yuzning geometrik xarakteristikalari asosidagi usul;Bu usul hammasidan birinchi bo‘lib qo‘llanilgan. Bu usul birinchi kriminal sohada qo‘llanilgan va u yerda qayta ishlangan. Keyin uning kompyuter dasturlari ishlab chiqilgan. Birinchi yuzning kalit nuqtalari topilgan va belgilar to‘plami tuzilgan. Xar bir belgi kalit nuqtalar orasidagi masofani ifodalagan. Empirik aniqlash usuli
Rasmlarda yuzni aniqlashda inson miyasi bilan solishtirish juda muvaffaqqiyatli yo‘l hisoblanadi. Shuningdek bu usul oldin qo‘llanilgan va ayrim masalalarni hal qilgan.
1- Barmoq iziga asoslangan autentifikatsiya usuli va uning xususiyatlari
Barmoqizlari yordamida biometrik autentifikatsiyalash. Biometriktizimlarning aksariyati identifikatsiyalash parametrik sifatida barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaningdaktiloskopik tizimi). Bu tizimlar XX asrning 60- yillarida kirib kelgan bo’lib, jinoyat ishlari bilan shug’ullanuvchi organlar foydalangan.
Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo’yicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli davlat va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi ro’yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida skanerlashning bir necha variant amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir– biridan biroz farqlanadi va qandaydir umumlashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.

  • Hozirgi kunda 3xil barmoq izlarini olish texnologiyasi mavjud:

  •  optik nurlar orqali barmoq izini olish(FTIR ya’ni optik qurilmalar);

  •  yarim o’tkazgichlar orqali(termoskanerlar);

  •  ultratovushlar.

Bularning barchasi bir xil prinsipda ishlaydi ya’ni bir xil matematik algoritmlar va olingan natijalarni bir biri bilan solishtirish. Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi(1.4-rasm). Ammo, daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko’pchiligi integral sxema asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendentsiya barmoq izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo’llashning yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining sig’im qarshiligini o’lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik qurilmasi yarimo’tkazgichli datchik yordamida sig’im qarshiligini aniqlash orqali axborotni yig’adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha Ushbu asbobga qo’yilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini o’taydi.Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig’im datchiklari barmoq sirti do’ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o’zgarishini o’lchaydi. Natijada do’ngliklar va pastliklargacha bo’lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri olinadi. Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTeckompaniyasida ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi. Bu usul bo’yicha asosiy skaner sifatida Identix kompaniyasining TouchSafe II skanerlarini keltirish mumkin. Bu skaner kontrolleri kompyuterga ISA shinasi orqali ulanadi.
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta– kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar.
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o’lchamlari va yuqori bo’lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. Ularni kalitlar uchun breloklarga o’rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to kirish yo’li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega bo’ladi

Yüklə 102,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin