Iqtisodiyot nazariyasi fanini, uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning o’zi nima, uning vazifasi nimalardan iborat, degan savolga javob berish lozimdir. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko’’ qirrali va g’oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko’’ayib, rivojlanib hamda ularning o’zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo’lgan narsaga o’xshab ko’rinadi.Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug’ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Buning uchun esa oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va turli xizmatlardan iborat hayotiy vositalar zarur. Har bir kishi, o’zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro’zg’or buyumlariga ega bo’lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan ‘ul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga to’ish kerak degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni echish va o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo’nalishlarda, sohalarda faoliyat ko’rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol to’ishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishdan iborat bo’lgan iqtisodiy faoliyatdir.
Iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish sohalari turli tuman bo’lganligi uchun iqtisodiy faoliyat ham turlichadir, ularning turi va soni juda ko’’dir.
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol to’ishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi.
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo’jaligi doirasida ro’y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, ‘laton, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot - uy xo’jaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik ma’nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Masalan, Quroni Karimda shunday oyat bor: «Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar».1 Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot keng ma’noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo’jalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot - yirik xususiy xo’jalik, jamoa xo’jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat xo’jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo’jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, kor’orastiyalar, konsternlar, qo’shma korxonalar, davlatlar o’rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o’ta murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish zarurdir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, inson yashamog’i uchun, eng avvalo, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, uy-ro’zg’or buyumlari, trans’ort hamda isitish va yoritish vositalari zarurdir. Bundan tashqari, inson kamol to’mog’i uchun o’qib, bilim olishi, kasb o’rganishi, malaka egallashi va davolanishi, dam olishi, turli xizmatlardan foydalanishi va boshqa juda ko’’ hayotiy narsalarga ehtiyoj sezadi. Insonning yashashi va kamol to’ishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyati iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga foydali bo’lgan moddiy ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga bo’lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’’lab hayotiy ‘redmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-u’a, engil avtomobil va h.k.) o’z ichiga oladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat buyumi, dabdaba bo’lib hisoblangan narsa endi eng oddiy hayotiy zarur ‘redmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ehtiyojlarini qondiradi.
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini ham o’z ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo’llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi.Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lish, har xil xizmatlardan bahramand bo’lish kabi ko’’lab ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obe’ktlar xususiyatiga bog’liq. Shunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish binolari, kasalxonalardan, dam olish joylaridan bahramand bo’lish, s’ort o’yinlari va ko’ngilochar tomoshalarni birgalikda ko’rish kabilar shular jumlasidandir.Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bular quyidagilar:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo’lsa, aksincha, iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarda uning doirasi keng va xilma-xil bo’ladi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum. Agar jamiyatdagi tuzum bozor iqtisodiyoti yoki ka’italistik tartiblar asosida qurilgan bo’lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag’allar, mulkdor va mulksizlarga bo’linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o’rtasida katta farq mavjud bo’ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag’allarning ehtiyojlari o’z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;
v) tabiiy—geografik sharoitlar. Ular ham ehtiyojlarning miqdori va turiga ta’sir qiluvchi omillardir. Nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog’ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim—kechak, uy va trans’ort vositalariga ko’’roq ehtiyoj bo’ladi;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar ham ehtiyojlarga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar, Navro’z bayrami, ro’za va hayitlar o’ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi.
d) aholi sonining o’sishi, uning tarkibidagi o’zgarishlar ham ehtiyojlarga ta’sir etuvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o’rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o’rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlash yangi ehtiyojlarning keng tarqalishiga olib keladi.
Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog’liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq qilib, engil hazm bo’ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko’’roq ehtiyoj sezadilar. Ko’’ bolali oilalarda bolalar kiyimi, o’yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo’lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo’lmaydi. Alohida kishilar ehtiyojlariga kuchli ta’sir qiluvchi omillar shundan iboratki, murakkab, og’ir va engil mehnat turlari bilan shug’ullanuvchi kishilar ehtiyojlari bir-biridan tubdan farq qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to’liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko’’lab qondirilmagan ehtiyojlar bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan yangi buyumlarning ‘aydo bo’lishi, keng reklamaning ta’siri va savdoning rag’batlantirishi natijasida ehtiyojlar o’zgaradi va ko’’ayib boradi. Shunday ekan, jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi shaxslar, muassasa va korxonalar ehtiyojlarining cheksizligi, ularning to’xtovsiz yangilanib va o’sib borishi tabiiydir. Bu ehtiyojlarning to’xtovsiz o’sib borishi iqtisodiy qonunda o’z ifodasini to’adi. Bunday qonun nafaqat ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishini, balki ularning tarkiban yangilanib turishini, eskilarining o’rniga yangilarining kelishini bildiradi. Ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o’rtasidagi uzviy, to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o’rtasidagi bog’liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda ‘aydo bo’lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro xususiyatga ega bo’ladi. Masalan, kom’yuter bir mamlakatda ‘aydo bo’lib, tez orada unga ehtiyoj dunyo miqyosida tarqaldi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj to’ib boradi.
Ehtiyojlarning o’zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o’z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kom’yuter texnikasiga ehtiyojning ‘aydo bo’lishi, o’z navbatida uni ishlatishni o’rganish, unga xizmat ko’rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o’sib borishi bir tekis, uzluksiz bo’lmaydi. Uning o’sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo’ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong’in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o’sib borishiga qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o’sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o’sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning ‘aydo bo’lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o’zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo’ladi. Ehtiyojlarning o’sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o’zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo’ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo’ladi. Iqtisodiy resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’’lanib, ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga etkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, qo’r-qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, er osti boyliklari), ishchi kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-qutlari, ‘ul mablag’lari va boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va ‘ul resurslari ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol buyumlarini, trans’ort vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko’zga ko’ringan davlat arbobi, sahna yoki s’ort yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni ham cheklab qo’yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o’z imkoniyatlarini hisobga olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma turini birdaniga emas, uning shu davr uchun eng kerakli bo’lgan sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O’zbekiston endi mustaqillikka erishgan dastlabki ‘aytda res’ublikamizning energiya mustaqilligini ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko’’roq mablag’ ajratishga majbur bo’ldi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud ‘ul va valyuta zahiralarini chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, investistiya tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunda ayrim sohalarga e’tibor va mablag’ sarflash kuchaytirilgan sharoitda boshqa sohalarga ajratiladigan mablag’larni ob’ektiv ravishda nisbatan kamaytirishga to’g’ri keladi.
Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa resurslar manbalarini to’ib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, erning chuqur qatlamlaridagi boyliklarni to’ish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin: Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning o’timal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko’’roq ishlab chiqarishga jalb qilish.
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xom-ashyo turlari, ularning manbalarini to’ib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishni taqozo qiladi.Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu yo’ldagi faoliyatning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bo’lib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bo’lgan tomonga yo’naltirishga ijobiy ta’sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko’zga ko’ringan olimlari Ksenofont, ‘laton, Aristotel asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur’oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek asarlarini o’qir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo’lamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo’lib tovarning ikki xil xususiyatini – iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo’shimcha mehnat hamda zaruriy va qo’shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya’ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta’kidlangan.2 Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g’oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo’lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o’zining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e’tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan to’ish, to’’lash va foydalanish zarurligini ta’kidlaydi.3 Shunisi muhimki, ular hech bir inson o’zi uchun zarur bo’lgan iste’mol buyumlarning barchasini o’zi yarata olmasligini, shuning uchun bir-biri bilan iqtisodiy aloqada, munosabatda bo’lishlari ob’ektiv zaruriyat ekanligini ham qayd qilganlar.Bundan tashqari, ularning asarlarida doimo xo’jaliklarning barcha turlarida (uy, shahar, davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e’tibor berish lozimligi, ‘ulning mazmuni va uning kelib chiqish sabablari yoritilgan.Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O’rta Osiyoning ko’’gina olimlari iqtisodiyotni izchil o’rganish asosida uning ko’’gina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo’lsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi. Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko’’gina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda “siyosiy iqtisod” nomi bilan shakllana boshladi.Siyosiy iqtisod grekcha so’zdan olingan bo’lib “‘olitiko” - ijtimoiy, “oykos” - uy, uy xo’jaligi, “nomos” - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo’jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan franstuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda “Siyosiy iqtisod traktati” nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma’noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to’g’risidagi fandir, deb yozgan edilar. Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g’oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko’’ayadi, degan savollarga javob to’ishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi ‘uldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda - muomala jarayonida ‘aydo bo’ladi, ko’’ayadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya’ni savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko’’aymasligi ma’lum bo’lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya’ni teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta’kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya’ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o’z ‘anohiga olishi zarur deb hisoblaydi. Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli o’laroq, boylik qishloq xo’jaligida yaratiladi va ko’’ayadi, degan g’oyani olg’a surdilar. Ularning vakili bo’lgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta’limotini ilgari surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro’y beradi, tovarlarning qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo’ladi. F.Kenening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o’rin egallaydi. Uning fikricha, yal’i ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. Uning ta’limotida sof mahsulot bilan qo’shimcha qiymatni chalkashtirish, ya’ni ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. U qo’shimcha qiymat dehqonlarning qo’shimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi deb tushuntiradi.4 Bu erda u o’zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo, Dyu’on de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan. Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari bo’lmish A.Smit, U.’etti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, trans’ort, qurilish va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi er, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “ko’rinmas qo’l” ‘rinsti’i hozirgi kunda juda ko’’ tilga olinmoqda. U o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag’bat shaxsiy manfaatdir deb ko’rsatadi. Inson o’z shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya’ni foyda olishga intilib mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, o’z ka’italini ko’’aytiradi va shu intilishda o’zi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadi deb tushuntiradi. U ka’ital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin harakatini ta’minlash ‘rinsti’ini ilgari suradi. Ushbu maktabning «klassik» deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo’ldi. Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo’lladilar. Aynan ana shu usullar yordamida ular merkantilistlarning boylikning manbasi savdo degan g’oyasini asossiz ekanligini isbotlashdi. Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g’risidagi barcha yig’ilgan bilimlarni klassik maktab namoyondalari ma’lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bo’lib iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi. Uchinchidan, ingliz klassiklari xo’jalik hodisalarining ko’zga ko’ringan tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning mohiyatini, ular o’rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek ka’italistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi bordir. U ka’italistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo’lida sostial mexanizmni takomillashtirishga qaratilagn fan bo’lmog’i lozim deb ko’rsatadi. Ka’italizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko’ra ‘rogressiv bo’lgan jamiyat qurish g’oyasi Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen kabi sostial uto’istlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar. Iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy neʼmatlarni i.ch., taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol muno-sabatlarini boshqarib turuvchi obʼyektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va i.ch. munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. I.q. i.ch. munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bogʻlanishlarni ifodalaydi. I.q. doimo bir-biri bilan bogʻliq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, maʼlum shartsharoitlar yoʻqolgach, I.q. ham oʻz kuchini yoʻkrtadi. I.q.ning taʼsir doirasi va harakteri jamiyat taraqqiyotining obʼyektiv shartsharoitlariga, i.ch. vositalariga nisbatan boʻlgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bogʻlik. I.q. obʼyektiv harakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab I.q. 3 guruhga ajratiladi:Umumiy I. q. — kishilikjamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Mac, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning oʻsib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va b. Xususiy I. q.— insoniyat jamiyati taraqqiyotining maʼlum bosqichlarida, muayyan ijtimoiyiqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Mas, talab qrnuni, taklif qonuni, qiymat qonuni — tovarpul munosabatlari mavjud boʻlgan davrlarda amal qiladi. Maxsus I. q. — alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladigan qonunlar. Mac, qoʻshimcha qiymat qonuni.I. q. tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, I.q. esa ijtimoiy hayot qonunlari boʻlib, tarixiydir va oʻzgaruvchandir, chunki I.q. kishilarning oʻz ehtiyojlari va manfaatlari yoʻlidagi faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, kishilik jamiyati mavjud boʻlganda paydo boʻladi va amal qiladi. I.q.ni ilmiy asosda bilish, ulardan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi I.q.ni bilish va uning mazmunini ochib berish hisoblanadi.