Modulli o‘qitish - o‘qitishning istiqbolli tizimlaridan biri
hisoblanadi, chunki u ta’lim oluvchilarning bilim imkoniyatlarini va
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimiga eng yaxshi moslashgandir.
An’anaviy ta’limda o‘quv maqsadlari
pedagog faoliyati orqali
ifodalangan ya’ni bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, modulli
o‘qitishda ta’lim oluvchilar faoliyati orqali ifodalanib, kasbiy faoliyatga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Modulli o‘qitishda o‘quv dasturlarini to‘la
qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali bosqichma-bosqich
o‘qitish imkoniyati yaratiladi. Ya’ni o‘qitishni individuallashtirish
mumkin bo‘ladi. Modulli o‘qitishga o‘tishda
quyidagi maqsadlar
ko‘zlanadi:
o‘qitishning uzluksizligini ta’minlash;
o‘qitishni individuallashtirish;
o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun yetarli sharoit
yaratish;
o‘qitishni
jadallashtirish;
fanni samarali o‘zlashtirishga erishish.
Modulli o‘qitish texnologiyasining an’anaviy o‘qitishdan
farqli xususiyatlarini quyidagi jadvalda keltirdik:
An’anaviy o‘qitish
texnologiyasiga asoslangan
Modulli o‘qitish texnologiyasiga
asoslangan
Bir tomonga yo‘naltirilgan axbo-
rot.
Bir tomonlama muloqot (dars-lik→
o‘qituvchi→talabalar)
Axborot olish
Xotirada saqlash Ma’nosini
tushunmagan holda mexanik tarzda
yodlash.
Fikrlash va
amaliy faoliyat orqali
tahsil olishda faol ishtirok etishni
rag‘batlantirish.
Ikki tomonlama muloqot
Tahlil qilish orqali ma’lumotni
eslab
qolish
Bilim va ko‘nikmalarni namoyish
etish
Mazmunni tushunish va hayotga
bog‘lash
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik taraqqiyot o‘zining
yuksak cho‘qqilariga erishdi. Ilmiy texnik taraqqiyotining (ITT) hozirgi
darajasi shundayki fan texnika va texnologiya
rivojining erishilgan
sur’atlarini mamlakat qay darajada rivojlangan bo‘lmasin alohida
olingan mamlakatda uni ta’minlab bo‘lmaydi. ITT keyingi rivoji faqat
turli mamlakatlardagi olim va mutaxassislarning
hamkorligi ilmiy-
tadqiqot ishlarning integratsiyasi natijasida amalga oshirilishi mumkin.
Fan texnika va texnologiyaning taraqqiyoti ta’lim taraqqiyoti darajasi
bilan chambarchas bog‘liqligini e’tiborga oladigan bo‘lsak ta’lim
sohasidagi xalqaro integratsiyaning ustuvorligi yaqqol muammoga
aylanib qoladi.
Bu kredit texnologiyani yaratilishini va qo‘llanishining
dolzarbligini
belgilaydi. Chunki ta’lim sohasidagi xalqaro integrallashuvi eng avvalo
o‘quv jarayonini kredit texnologiyasi asosida tashkil etishiga tayanadi.
Dostları ilə paylaş: