Demultipleksor
Тranskoder
RAO’
π/4-kvadraturali nisbiy fazaviy modulyatsiyalash. Surilishli kvadraturali FM-4 va FM-4larda radiosignal oniy fazasining maksimal o‘zgarishlari mos ravishda 180° va 90° larga teng bo‘ladi. Hozirgi vaqtda π/4-kvadraturali nisbiy fazaviy modulyatsiyalash etarlicha keng ishlatiladi, bunda fazaning maksimal sakrashi 135°ga teng, radisignal oniy fazasining barcha boshqa qiymatlari esa π/4 qiymatga karrali bo‘ladi. Bu modulyatsiyalash usuli uchun hech bir fzaviy o‘tishlar traektoriyalari koordinatalar boshidan o‘tmaydi. Natijadan radiosignal og‘masi kvadraturali fazaviy modulyatsiyalashga qaraganda kam botiqliklarga ega bo‘ladi. Bunday radiosignalni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi 1.41- rasmda keltirilgan.
1.41- rasm. π/4-kvadraturali nisbiy fazaviy modulyatsiyalangan radiosignalni shakllantirish qurilmasining funksional sxemasi
{ai, i = 1, 2, …} axborot bitlari ketma-ketligi ikkita toq
{a2i-1, i = 1, 2, …} va juft (a2i, i = 1, 2, …} nim ketma-ketliklarga
bo‘linadi, ulardan bitlar juftlab tanlanadi. Har bir yangi bitlar juftligi tashuvchi tebranishning fazasini 1.3-jadval qiymatlariga muvofiq Δφi qiymatga ortishini aniqlaydi.
Agar oldingi intervaldagi modulyatsiyalanmagan tashuvchi tebranishning fazasidan radiosignal fazasining og‘ishi uchun φi-1 belgilash kiritilsa, u holda bu signal fazasining og‘ishi va joriy intervaldagi kompleks amplitudaning yangi qiymatlari quyidagi tengliklar orqali aniqlanadi:
i i1 i ,
A j
Ae ji .
1.3- jadval.
Tashuvchi tebranishlar fazalarining o‘zgarishlari
Dostları ilə paylaş: |