Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti dinshunoslik



Yüklə 19,27 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü19,27 Kb.
#176811
1   2   3   4   5   6   7
B8aYdiEdX9c7WAx5FlOTrVyRjphdCWNdECmnq233


Islom ta’limotini o‘rganishda eng ko‘p qo‘llangan atama «aqida» (ko‘p. aqoid) bo‘lib, bu nom boshqalaridan keyinroq, X (hijriy IV) asrda paydo bo‘lgan. «Aqida» so‘zi bir narsani ikkinchisiga «mahkam bog‘lash» ma’nosini beradi.
Islom aqidasi musulmon kishini muayyan tushunchalar bilan mustahkam bog‘lab turadigan aqidalar yig‘indisi hisoblanadi. Ya’ni, biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hech qanday shubha qoldirmaydigan darajada juda yaxshi bilish kerak.
Aqida ilmi to‘g‘ri, sog‘lom va sof e’tiqodda bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan. Dindagi ayrim shar’iy hukmlar makon va zamon taqozosiga ko‘ra, muayyan darajada o‘zgarishga uchrashi mumkin. Ammo musulmon olimlar o‘z asarlarida sof va mustahkam e’tiqod hech qachon o‘zgarishga uchramasligini ta’kidlab o‘tganlar.


Aqida masalasiga juda muhim deb qaralganidan yer yuzidagi eng birinchi payg‘ambardan boshlab, oxirgi Muhammad payg‘ambar (alayhis-salom)gacha Alloh taoloning O‘zi kerakli ko‘rsatmalarni bergan.
    • Shuning uchun aqidaviy qarashlarning asosi Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda keltirilgan va muayyan tartibga solingan.

Islom dinimizda aqidaviy ixtiloflar to‘rtinchi xulafoi roshidin Alining qo‘shinidan ajrab chiqqan, aqida masalasida bir necha shubhali savollarni o‘rtaga tashlagan xorijiylar tufayli boshlandi.
    • Ular Hazrati Ali va Abdulloh ibn Abbos (r.a.) bilan aqida masalasida ixtilofga borishdi.

ISLOM DINIDA AQIDAVIY IXTILOFLAR

KALOM ILMIGA ASOS SOLINISHI


Qur’on oyatlari va Hadislarni ba’zi vaqtlarda o‘zlarining islomdan oldingi ta’limotlari andozasiga solish holatlari uchraydi. Islom diniga yot bo‘lgan turli guruh va jamoalarning uni buzib talqin qilishlari natijasida ularga raddiya sifatida olimlar kalom, ya’ni aqida ilmiga asos soldilar. Shu tariqa bu ilm turi musulmonlar uchun zarur sohaga aylandi.
Sa’duddin Taftazoniy «Maqosid at-tolibin» asarida: «Kalom ilmi diniy aqoid usullarini ishonchli dalillar asosida anglashni o‘rgatadigan ilmdir. Shu ilm tufayli shar’iy, nazariy, aqidaviy masalalar hal qilinadi. Uning natijasi imonga komil ishonch bilan ziynat berish, foydasi esa bu dunyoda tartibli hayot kechirish va oxiratda azob-uqubatdan xalos bo‘lishdir. Shunday ekan, kalom ilmi eng sharafli ilmdir», deb keltiradi.

Yüklə 19,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin